Mashinasozlik materiallari


Tolali mustaxkamlangan kompozitlar va ularning ishlatilishi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə10/11
tarix20.10.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#158204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Engineering materials - lecture 10 (3)

Tolali mustaxkamlangan kompozitlar va ularning ishlatilishi.
Simlar-eng arzon xammabop sinchlovchi material. Po’latdan va berilliydan olingan detallar uchun ishlatiladi. Volfram va molibdendan yasalgan simlar o’rta va yuqori haroratda.
Uglerodli tolalar. Bular poliakripnitrilli gidrotsellyulozali toladan yoki neftli smola asosida olingan tolalardan olingan. Uglerodli tolalarni olish texnologiyasi organik dastlabki tolalarni issiq ta’sirida parchalanishiga asoslangan. Qizdirish boshqariladigan atmosferada olib boriladi.
Uglerodli tolalarni ishlab chiqarish quyidagi operatsiyalardan iborat:
1. Oksidlash;
2.Karbonizatsiyalash;
3. Grafitlash.
Tolalar 200-3000C da olib boriladi. Karbonizatsiya 9000C dan yuqorida vodorod muxitida o’tadi. Unga o’tga turg’unlik xossasi beriladi 25000C dan yuqorida uglerod tolasi xosil bo’ladi.
Metall asosidagi tolalar bilan sinchlangan kompozion materiallarni olish. Xar xil matritsa materiallari va turli tolalar bilan sinchlangan kompozitlarni olish usulini tanlash quyidagi faktorlarga bog’liq:
1.Matritsa va puxtalovchilarning dastlabki materiallari o’lchamlari, profili va tabiati;
2.Matritsa-puxtalovchi chegarasida mustaxkam boglanish xosil qilish imkoniyati;
3.Tolalarni matritsada bir tekisda taqsimlanishini olish;
4.Kompozitsion materialni olish va undan detal yasash jarayonlarini bir vaqt ichida olib borish (“sovmeshat”);
5. Jarayonni iqtisodiy tejamkorligi.
Dispersli tizimlarni klassifikatsiyasi. Xozirda dispersli tizimlarni o‘rganishda va ishlab chiqarishda ko‘p terminlar ishlatiladi: nanomaterial, nanokristall, nanozarracha, nanokompozitlar, klasterlar, mikroklasterlar, kolloid zarrachalar, ultrayupka paroshoklar, gel, aerozol va x.k.
Matritsa dispers faza ko‘pchilik kompozitsion materiallar ikki fazadan tashkil topgan. Ulardan biri matritsa deb nomlanadi, ikkinchisi dispers faza. Kompozitlarni xossalari ularni tashkil etuvchi komponetlar xossalariga, ularning nisbiy miqdoriga va dispers fazaning geometriyasiga bog‘liq. “Dispers fazaning geometriyasi” deganda zarralar shakli, o‘lchami, hajmdagi taqsimlanishi va fazodagi orientatsiyasi nazarda tutiladi. Ayrim dispers fazalar geometriyasining variantlari 10.6-rasmda keltirilgan.

10.6-rasm. Turli faktorlarni sxematik ko‘rsatish – kompozitning xossalariga ta’sir etuvchi dispers faza zarrachalarining geometriyasi va fazoviy joylashishi: a -konsentratsiyasi; b –o‘lchamlari; d –shakli; e – orientatsiyasi.
Dispersiyalash - mayda(juda mayda) zarrachalarga ajratish-bo‘lish.
Dispersli tizim-ikki yoki ko‘p sonli fazalardan xosil bo‘lgan tizim,bunda fazalar orasidagi ajralish yuzasi kuchli rivojlangan.
Dispersli tizimda jilla qursa bitta faza mayda zarrachalar shaklida boshqa uzluksiz-yaxlit fazada taqsimlanadi. Dispersli tizimni maydalangan (parchalangan, uzluqli) qismiga dispersli faza dispersion muxit deyiladi.
Klassifikatsiyalash mezonlari-belgilari ko‘p: dispersli faza va dispersion muxit agregat xolatiga qarab, dispersli faza o‘lchamiga qarab, dispersli faza zarrachasi o‘lchamiga qarab.
Dispersli tizimlarini dispersli fazalari va dispersion muxitlari agregat xolatiga qarab klassifikatsiyasi quyidagi 10.1-jadvalda berilgan.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin