Matritsa materiali sifatida metall va uning qotishmalari; organik va noorganik polimerlar; keramika, uglerod va boshqa materiallar ishlatiladi. Matritsa materiali xossalari kompozitsion materialni olish texnologik jarayonini ifodalaydi. Uning zichligini, mustaxkamligini, ishlash haroratini, charchab buzilishga qarshiligini, tashqi agressiv muxitga qarshiligini ifodalaydi.
Sinchlovchi yoki puxtalovchilar matritsa bo’ylab bir tekisda joylashadi. Bular yuqori puxtalikka, qattiqlikka, elastiklik moduliga ega. Bu ko’rsatkichlar matritsa ko’rsatkichlarinikidan ancha yuqori.
“To’ldirgichlar”puxtalikni oshirib qolmay, kompozitsion materialning boshqa xossalariga xam ta’sir qiladi.
To’ldirgichlarning geometriyasiga qarab, ularni matritsada joylashishiga qarab, kompozitsion materiallar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi.
To’ldirgichlarning geometriyasiga qarab:
1.No’l-ulchamli to’ldirgichli: bularning o’lchamlari uch tomonlama o’lchashda bir xil o’lcham ko’rsatgichiga ega;
2. Bir-o’lchamli to’ldirgichli: o’lchamlardan birining o’lchamlari qolgan ikkitasinikidan juda katta;
3.Ikki-o’lchamli: ikki o’lchami qolgan bittasidan juda katta.
To’ldirgichlarning joylashish sxemasiga qarab kompozitsion materiallar uch guruxga bo’ linadi:
1.To’ldirgichlarni bir o’qda-chizig’iy joylashishi bilan to’ldirgichlar tola, ip, intevid shaklidagi kristallar formasida bo’lib, matritsada bir- biriga parallel bo’ladi;
2.Ikki o’qli-yuzali: bularda sinchlovli tuldirgichlar tola formasida, intevid kristallarning matollari formasida, matritsada falga formasida parallel tekisliklarda bo’ladi;
3.Uch o’qli-xajmiy: bunda sinchlovchi to’ldirgich xajm bo’yicha joylashgan; afzal yo’nalishi yuk.
Komponentlarning tabiatiga qarab kompozitsion materiallar quyidagi to’rt guruxga bo’linadi:
1.Tarkibida metall yoki metall qotishmasi bor;
2.Tarkibida oksidlar, karbidlar, nitridlarning noorganik birlashmalari borlari;
3.Tarkibida metall emas elemantli, uglerodli, borli va x.kli komponent borli;
4.Komponentlari organik moddalar birlashmasidan (epoksidli, poliefirli, fenolli va x.k. smolalar) tashkil topgan/