Mashinasozlik



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.07.2020
ölçüsü1,11 Mb.
#32286
1   2   3   4   5   6
gm-gms-global ishlab chiqarish tizimi prinsplarini ozavtosanoat korxonalari


      Nuqsonni                                          Ishlab chiqarmayman

                                                                Jo„natmayman! 

 

Takt Time = 

Aniqlangan vaqtdagi ish vaqti 

Ushbu vaqtda istemolchi talab etgan maxsulot miqdori 


 

 

 



bet. 

27 


 

27 


 

       Nuqson -  qo‗yilgan talabga nomuvofiqlik !  

       Nuqson  –  standartda  o‗rnatilgan  sifat  talablariga  muvofiq  bo‗lmagan  alohida 

ajratilgan mahsulot.  

       Mahsulot  sifatni  past    bo‗lishi  -  sotuv,  xavfsizlik  va  atrof-muhitlardagi  

yo‗qotishlarga olib keladi! 

Biriktirilgan sifat elementlari; 

       1. Sifat menejmenti tizimi  

       2.  Mahsulot sifati bo‗yicha standartlar. 

       3.  Ishlab chiqarish jarayonlarini tasdiqlash. 

       4.  Jarayonlar  monitoringi va o‗lchashlar. 

       5.  Sifatni qayta va oldin  ga aloqalarni ta‘minlash. 

1. Sifat menejmenti tizimi 

       Sifat  menejmenti  tizimi  -  tashkiliy  struktura,  umumiy  hujjatlar,  metodlar, 

standartlar va ularni qo‗llab-quvvatlovchi resurslarni o‗z ichiga oladi. 

       Ko‗zlangan  sifatga  erishishda  jarayonlarni    aniqlash,  baholash  mezonlari  va 

metodlarini  o‗rnatish,  hamda  ularni  resurslar  bilan  ta‘minlash  va  doimiy 

takomillashtirish lozim. 

       - korxonada barcha jarayonlarni sifatli bajarishni qo‗llab quvvatlash; 

       -  barcha  jarayonlarni  sifatli  bajarish  uchun  maqsad  va  standartlar  bilan 

ta‘minlash; 

       - shiorini keng joriy etish: o‗z iste‘molchimni qanoatlantiraman! muammolarni 

o‗zaro birgalikda  hal qilaman! ; 

        -  guruh  a‘zolarini  qullab-quvvatlash  maqsadda  standartlar  va  sifat  bo‗yicha 

strukturani  joriy etish. 

     Resurslarni sifatli taqsimlash 

     Ishlab  chiqarish,  sifat  va  menejment  tizimi  jarayonlarini  o‗zaro 

bog‗liqligini ta‘minlashda resurslarini sifatli taqsimlash lozim. Chunki har qanday 

faoliyat  turi  va  mahsulot  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish    zarur  resurslar  talab 

qiladi. Va shuningdek har bir jarayonlarni doimiy takomillashtirishni boshqarishda 

RDSA modelidan foydalanishni talab etiladi. 



 

 

 



bet. 

28 


 

28 


 

2. Mahsulot sifati bo‗yicha standartlar 

       Standart - mahsulot tavsifiga aniq talablar o‗rnatish, mahsulot sifati bilan ichki 

hamda  tashqi  iste‘molchilar  talab  va  ehtiyojlarini  qanoatlantirishni  kafolatlaydi. 

Mahsulotga baholash  mezonlarini o‗rnatish bilan, barcha funksiyasi orqali o‗zaro 

bog‗liq guruhlarni muvofiqligini ta‘minlash. 

         Sifat bo‗yicha standartlar (JES, SOS, KSt) nimaga kerak? 

       - iste‘molchining qanoatlantiradigan ko‗rsatgichlarini ko‗rsata olish; 

       - ish jarayonlarini  aniq, sodda va o‗lchamliligini ta‘minlash; 

       - jarayonlarni ketma-ket bosqichlarini aniqlash va joriy etish

       - xavfsizlik va texnik xizmat ko‗rsatishni ta‘minlash; 

       - ishni bajarish qadamlari va nazoratini ta‘minlash; 

       - jarayonlarga qo‗llashni  qulay bo‗lishini ta‘minlash. 

Mahsulot sifati bo‗yicha standartlar qanday foyda keltiradi?  

       -  yetkazuvchilarga  avtokomponent  va  material  bo‗yicha  aniq  talablarni 

yetkazish; 

       -  standartlashtirilgan  talablar  asosida  barcha  xodimlarni  ishlashini  ta‘minlash 

va talablarni takomillashtirish; 

        - komanda a‘zolariga mahsulotga quyilgan aniq sifat talablarini yetkazish;  

        - iste‘molchilarga nuqsonli mahsulotlarni yetkazmaslikni kafolatlash; 

        - GMSning boshqa prinsiplari yoki jarayon prinsiplarini qullab quvvatlash. 

3. Ishlab chiqarish jarayonlarini tasdiqlash (validatsiyalash) 

       Tasdiqlash  (validatsiyalash)  -  mahsulotni  ommaviy  ishlab  chiqarishni  

boshlashdan  avval,    texnologiya  jarayonlarni  tayyorlash,  tekshirish  va  tasdiqdan 

o‗tkazish.  Texnologiya (ishlab chiqarish) jarayonlarini tasdiqlash orqali mahsulot 

sifatini  standartlar talablariga muvofiqligini kafolatlash: 

       - avvalgi tajriba va xatolarni hisobga olish; 

       - ishlab chiqarish jarayonlari oqimini tasdiqlash; 

       - ish standartlarni tasdiqlash; 

       - yordamchi va asosiy jihozlarni tayyorlash va o‗rnatish; 

       - hodimlarni tayyorlash; 


 

 

 



bet. 

29 


 

29 


 

       - namunani tayyorlash; 

       - o‗zgarishlarni tasdiqlash.. 

Tasdiqlangan jarayonlardan foydalanish 

       Ichki mahsulot ishlab chiqarish va jarayonlar sifatini loyihalash: 

       -  mahsulot  ishlab  chiqarishda  (fizik)  nuqsonsiz  ishlab  chiqarish  imkoniyatiga 

intilish;  

       - jarayonni boshqarishda  xatoni oldini oluvchi va aniqlovchi yoki tuhtatuvchi 

faoliyatdan  foydalanish.  

       Jarayonni tasdiqlash: 

       - ishlab chiqarish muhitini aniqlash va tasdiqlash;  

       -  muammolarni  bartaraf  etish  tajribalarini  to‗plash  asosida  to‗g‗ri  qaror 

chiqarishga sharoit yaratish.   

       - tezkor tayyorgarlik – «jarayon komanda a‘zosi uchun tayyor, komanda a‘zosi 

jarayon uchun tayyor»ligini ta‘minlash. 

       Shunday  jarayonlar  faoliyatini  tashkil  etingki,  u  ishlab  chiqarishni  boshidan 

boshlab barcha chiqishlarda, iste‘molchini qanoatlantirsin yoki qoyil qoldirsin. 

4. Jarayonlar  monitoringi va o‗lchashlar 

(Ichki nazorat va tekshirish jarayoni) 

       Chetga  chiqishlarni  oldini  olish,  aniqlash  va  ushlab  qolish  asosida,  barcha 

joylardagi sifatni ta‘minlash jarayonlar  monitoringi va o‗lchashlar 

tizimidan keng foydalanish. Har bir uchastkada barcha mahsulotni sifatli bo‗lishini 

ta‘minlash  uchun  jarayonlardagi  o‗zgarishlarni  oldini  olish.  Nuqsonni  hosil 

bo‗lishi bilan bog‗liq bo‗lgan yo‗qotishlarni (harajatlarni) kamaytirish. 

       Nazoratga  yondashuvni  o‗zgartishish:  odatiy  yondashuv,  ya‘ni  tayyor 

mahsulotni  tekshirib  uni  sifatli  yoki  sifatsizga  ajratishdan,  GMS  -yondashuvi 

asosida  jarayonlarga  statistik  nazoratni  o‗rnatib,  nuqson  bo‗lishini  oldini  olish, 

tayyor mahsulotni esa doimiy monitoringini olib borish.      

       - muammoni tub sabablar aniqlash va ularni bartaraf qilish. 

       - ta‘mirlash va qayta ishlovlarni kamaytirish 

       - OK rate (birinchisidayoq o‗tish) ni oshirish 


 

 

 



bet. 

30 


 

30 


 

Iste‘molchini qanoatlantirish jarayoni 

       - iste‘molchini hohish va orzusini bilish; 

       - iste‘molchini doimo haq deb bilish; 

       - o‗z mahsuloti bilan fahrlanish. 

       


Quydagi  uch  elementga  e‘tibor  qaratilganda  iste‘molchini  qanoatlantirish-ga 

erishiladi: 

       - Oldini olish: standart talabidan chiqmaslik yoki nuqsonga yo‗l qo‗ymaslik; 

       - topish:  nuqson yoki nomuvofiq mahsulot aniqlanganda ajratish

       - to‗htatish: nuqson yoki nomuvofiq mahsulot o‗tib ketmasligini ta‘minlash. 

5 Sifatni orqaga va oldinga aloqalar bilan ta‘minlash 

       Standartlashtirilgan  aloqalar  o‗rnatish  bilan  iste‘molchi  va  yetkazuvchilar 

o‗rtasidagi  kutilayotgan sifat talabi va natijalarga erishish. Sifatga tegishli bo‗lgan 

ma‘lumotlarni, unga aloqador bo‗lganlarga tez yetkazishni kafolatlash. 

       - iste‘molchi va yetkazuvchini va ularga nima kerakligini aniqlash;   

       - iste‘molchilarga  ma‘lumotlarni tez va aniq berish; 

       - yetkazuvchilarga  o‗z vaqtida va  aniq ma‘lumotlarni yetkazish; 

       -  ishni  muammoni  echishdan  boshlash:  topish,  tub  sababini  aniqlash  va 

bartaraf etish.  

Ma‘lumotlarni zarur joylarga yetkazish 

       Joriy:  

       Andon tizimi (ishlab chiqarish yoki sifat stansiyasi); 

       Nazorat kartasi (sifat stansiyasi); 

       Signalli chaqiruvchi jarayon (tasdiqlash stansiyasi); 

       Chaqiruv ustivorligi ( hozir javoblik). 

       Kunlik: 

       Audit natijalari (Jarayon va Maxsulot auditlari);        

       Dastlabki sifatni ta‘minlash (Birinchisidayoq talabni to‗g‗ri bajarish) 

       Ishdagi yo‗qotishlar (Ta‘mirlash). 

       Xaftalik: 

       Xafta ko‗rsatkichlari bo‗yicha Pareto diagrammasi (audit natijalari). 


 

 

 



bet. 

31 


 

31 


 

       Oylik: 

       Tashqi auditlar  (Muammolar bo‗yicha qarorlar) Qayta aloqalar

       Iste‘molchi bilan qayta aloqalar (e‘tirozlar, kafolot). 

Muammolarda xabar berish va javob olish 

       Ishlab  chiqarish  davrida  ketma-ket  uch  dona  mahsulot  nuqson  bo‗lsa,  ishchi 

ishni  tuhtatib  brigadirga  xabar  beradi,  brigadir  10  minut  ichida  muammoni  echa 

olmasa sex boshlig‗iga xabar beradi, sex boshlig‗i ham 10 minut ichida muammoni 

echa  olmasa  bosh  rahbarga  habar  beradi.  Demak  30  minut  ichida  muammodan 

barcha  habardor  bo‗ladi.  Yechilish  darajasiga  qarab  habar  va  javob  yuqoriga  va 

pastga harakatlanadi. 

Qayta va oldinga aloqalarni ustunligi 



       Iste‘molchi va Yetkazuvchi munosabatlarida 

       - kutilayotgan natijalarni aniq tushunish;  

       - to‗g‗ri, aniq ma‘lumotlarni o‗z vaqtida olish; 

       - muammolar yechimini tezlashtirish.    



       Ma‘lumotlar jamlash 

       - iste‘molchi bilan qayta aloqalar asosida to‗g‗ri yo‗nalishni topish; 

       - olingan ma‘lumotlardan kelib chiqib muammoni yechish. 

       Takomillashgan javob olish muddati 

       - yechimi topilmagan muammolar yuqoriga olib chiqish;  

       - nuqsonlarni oldini olish uchun o‗z vaqtida choralar  amalga oshirish. 

1.2.4.Qisqa vaqtda yetkazish prinspi 

Qisqa vaqtda yetkazish- bu iste‘molchiga mahsulotni tez yetkazish va sarf  

harajatlarni kamaytirish, hamda sifat kafolotini ta‘minlash!  

      

Qisqa vaqtda yetkazish prinsipi elementlari: 

       1. Tejamkor texnologik zanjir.  

       2. Oz partiyalarda yetkazish. 

       3. Yetkazishni rejali tizimi.  

       4. Tashqi yetkazishni nazorat qilish.  

       5. Grafik bo‗yicha jo‗natish va qabul qilish.  


 

 

 



bet. 

32 


 

32 


 

       6. Materiallarni vaqtincha saqlash.  

       7. Ichki yetkazishni ta‘minlash.  

       8. Bir maromli mashina buyurtmalar grafigi.  

       9. Yetkazish tizimini boshqarish.  

Qisqa vaqtda yetkazish prinsipini joriy etish qanday ustunlik beradi? 



       - iste‘molchi buyurtmasini qisqa vaqtda bajarishni ta‘minlash; 

       - buyurtmani qisqa vaqtda yetkazish orqali ishlab chiqarishdagi yo‗qotishlarni 

kamaytirish; 

      -  xom-ashyo  va  mahsulotni  qabul  qilish  va  chiqarishda    dastlabkini  kiritish-

dastlabkini chiqarish prinsipidan foydalanish; 

       - ish joylariga oz miqdordagi partiyalarda yetkazishni rejalashtirish; 

       - buyurtma bo‗yicha ta‘minlash bilan materiallarni boshqarish;   

       - materiallarni tejamli yetkazish orqali natijaviylikka erishish.  

      Buyurtma yetkazilishiga qadar qilinadigan ishlar: 

      - o‗z vaqtida aniq buyurtmani olish;  

      - aniq ishlab chiqarish grafik-rejasini tuzish;  

      - ishlab chiqirish grafik- rejasiga muvofiqlikni ta‘minlash; 

      - nuqsonsiz va qayta ishlovsiz yuqori sifatni ta‘minlash; 

      - iste‘molchiga tez yetkazishni ta‘minlash; 

      - to‗lovni olish. 

Buyurtmani o‗z vaqtida yetkazish nima uchun ahamiyatli? 

      Ideal mijoz: qancha kerak bo‗lsa, shuncha kutishga tayyor! 

      Real mijoz:  kutishni hohlamaydi, u boshqani o‗ylab qolishi mumkin? 

      Yetkazuvchi  va  iste‘molchini  material  yoki  ma‘lumotlar  bilan:          -  kerakli 

miqdorda; - o‗z vaqtda;  - kerakli joyda; - muvofiq jihozda; - qisqa vaqtda;            - 

sifat talabida,  minimal sarf-harajatda ta‘minlash.  

1. Tejamkor texnologik zanjir elementi. 



        Tejamkor  texnologik  zanjir  jarayoni    qulay    va  ketma-ket  oqimda  material, 

avtokomponent va ma‘lumotlarni bir maromda yetkazib berishni o‗z ichiga oladi.     



 

 

 



bet. 

33 


 

33 


 

        Dastlabkini kiritish-dastlabkini chiqarish prinsipini qo‗llash asosida yetkazish 

jarayonlarni  ishlab  chiqish  va  joriy  etish,  monitoring  olib  borish,  vizual 

boshqarishni  qo‗llash,  ishlov  berish  vaqtini  kamaytirish,  tez  muammoni  topish, 

sarf-harajatni  muvofiqlashtirish,  ombor  zahirasini  va  tugallanmagan  ishlab 

chiqarish hajmini kamaytirish. 

       Kerakli detal, zarur joyda, o‗z vaqtida, doimo tayyor ! shioriga amal qilish. 

       DKDCh ni joriy etish ustunligi: 

       - sifat bo‗yicha ma‘lumot tez aniqlanadi; 

       - ishlov berish  vaqt  qisqaradi. 

2.  Oz partiyalarda yetkazish. 

       Oz partiyalarda yetkazish nimalarni o‗z ichiga oladi: 

       - komponentlarni maxsus taralarga joylash; 

       - yig‗ish liniyasi talab etilgan joy  yaqiniga joylash;  

       - kompaniyaga tashish usulini aniqlash;  

       - kompaniya ichida bir hil tashish usulini qo‗llash. 

       Komponentlarni joylashtirish: 

       - ish joyi yonida bo‗lishi; 

       - ishchi qo‗liga yetarli bo‗lishi; 

       - 1,5 metrdan yuqori bo‗lmasligi; 

       - standart me‘yordan kamroq  joylash; 

       - tartibli joylashganlik; 

       - ishlash qulayligi

       - keraksiz yurishni kamayishi;  

       - detalni oson olish; 

       - «Minomi» usulidan foydalanish - ichida faqat bir hil detal bo‗lishi; 

       - detalni ortiqcha taralarsiz olib kirish; 

       - yong‗oqni po`choqsiz faqat mang‗izini olib kirish! 

       - Eng yaxshi sifat tarasiz detal yetkazishni ta‘minlashdadir! 

3. Yetkazishni rejali tizimi. 

       - kompaniya va yetkazuvchilarni yaqin rejalarini aniqlash 


 

 

 



bet. 

34 


 

34 


 

       - avtomobil ishlab chiqarishni kunlik, xaftalik va oylik rejasi asosida ishlash; 

       -  buyurtma  xajmi  kompaniyaning  mezonlari  bilan  muvofiqlashtirish,  undan 

hamkor yetkazuvchilar va transport korxonalariga xabar berish 

       - ishlab chiqarish xaftalar yakunida aniqlanuvchi, 2 xaftali ta‘minlangan zahira 

asosida ishlash. 

       - joriy xaftada keyin ikki xafta uchun ishlab chiqarish hajmi va vaqti aniqlash. 

4. Tashqi yetkazishni nazorat qilish. 

       «O‗z vaqtida» yetkazishni ta‘minlash 

       Yetkazish  usullarini  tanlash:  Yig‗ib  yetkazish;  To‗g‗ridan-to‗g‗ri  yetkazish; 

Markazli yetkazish. 

       Yetkazish usulini tanlash quyidagilarga bog‗liq: 

       - yuk hajmi (maksimal yuk bo‗lishi); 

       - yetkazuvchining joylashgan joyi; 

       - yetkazish doimiyligi. 

5. Grafik bo‗yicha jo‗natish va qabul qilish. 

- materiallarni faqat kirish nazoratidan o‗tkazish uchun qabul qilish 

joyi ajratish;  

       - saqlashga yo‗l qo‗ymaslik; 

       - vaqtinchalik jadval asosida yetkazish va yuklash;       

       - bir maromda yuklash rejasi; 

       - ko‗rgazmali boshkaruv, yetkazishda reja –faktni solishtirish; 

       - xatolik bo‗lganida xabardor qilish. 

6. Materiallarni vaqtincha saqlash. 

       -  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  yetkazuvchidan  yig‗uv  liniyasiga  tushmaydigan,  qabul 

qilish joyiga tushuvchi,vaqtincha saqlanuvchi butlovchi qism va materiallar.  

       -  vaqtincha  saqlash  omborini  imkon  qadar  minimal  zahirada  ishlatish 

maqsadida tashkil etish.   

       - Dastlabkini kiritish- dastlabkini chikarish prinsipidan foydalanish. 

       - yetkazishni so‗ralgan buyurtma bo‗yicha ta‘minlash yo‗nalishida bajarish.  

       - zahirani eng kam va eng ko‗p darajasini ko‗rsatish. 


 

 

 



bet. 

35 


 

35 


 

7. Ichki yetkazishni ta‘minlash. 

       -  har  qanday  mahsulotni  jo‗natish  yoki  xizmat  ko‗rsatish  buyurtma  asosida 

bo‗lishini ta‘minlash. 

       - o‗z  xaridoriga ortiqcha mahsulot yetkazmaslik. 

       - ortiqcha mahsulot yoki so‗rov buyurtmasidan holilik. 

       -  yig‗uv  liniyasi  yonida  zahirani  kamaytirish  uchun    material  yoki  qismlarni 

sarfi bo‗yicha so‗rash. 

       - buyurtma sarf asosida bo‗lishini ta‘minlash. 

Buyurtmasiz hech narsani harakatga keltirmang ! 

       Bo‗sh taralar asosida buyurtma tizimi (misol)  

       Materiallarni  yo‗nalish    grafik  bo‗yicha  ta‘minotchi  jamoa  a‘zosi,  ishlab 

chiqarish  jamoasi  a‘zo  tomonidan  buyurtma    signalini  ko‗rishi  bilan  materiallarni 

tezlik bilan yetkazishi lozim. 

       Bo‗sh taralar bo‗yicha yetkazish jarayoni taralar bo‗shashi bilan  xabar berib, 

to‗ldirishga  asoslangan.  Ushbu  usuldan  asosan  qadoqsiz  va  uyumli  detallar, 

yo‗nalishi  standartlashtirilgan  va  yo‗nalish  grafigi  aniqlangan  holatlarda 

foydalaniladi.  

8. Bir maromli mashina buyurtmalar grafigi. 

      - ishlab chiqarish  rejasi uchun  dastlabki ma‘lumotlar olish. 

      - kunlik ishlab chiqarish quvvati aniqlash va vaqt bo‗yicha taqsimlash. 

      - rejani butlovchi qismlar va model opsiyalari bo‗yicha taqsimlash. 

      -  butlovchi  qismlar  va  materiallar  bo‗yicha  yetkazuvchilar  imkoniyat 

chegarasini aniqlash. 

       - har bir opsiyalar bo‗yicha nazoratni ta‘minlash. 

9. Yetkazish tizimini boshqarish. 

       - yetkazuvchiga hamkor sifatida qarash;  

       -  yetkazuvchini    doimiy  takomillashtirishga  yo`naltirish  va  monitoring  qilib 

borish; 


       - yetkazuvchi kerakli miqdorda ishlab chiqarishi, talab etilgan sifat darajasida 

va muddatda yetkazishi lozimligini bilsin.  



 

 

 



bet. 

36 


 

36 


 

       -  yetkazuvchi  e‘tirozlarga  tez  javob  berishi  va  muammoni  yechishda  ishtirok 

etishi lozimligini bilsin.  

       -  transportga  yuklash  joyi  va  umumiy  yetkazuvchilar  sonini  minimalga 

keltirish.  

       - iloji boricha korxonaga maksimal yaqin yetkazuvchilarni tanlash.  

       -  umumiy  ishlab  chiqarish  qiymatidan  kelib  chiqish  asosida  yetkazish  tizimi 

bo‗yicha qaror qabul qilish.  



Qisqa vaqtda etkazish prinsipi nima beradi? 

       Qiska  vaqtda  etkazish  -  Short  Lead  Time  prinsipi              nafaqat  detal  va 

materiallarni boshqarish  bo‗lmay, balki butun ishlab  chiqarish tizimini o‗z ichiga 

oladi.  


       Buyurtma asosida etkazish, donali ishlov va minimal zaxira ta‘minlaydi.  

       Takomillashtirish uchun dastlab butun jarayonni urganish talab etiladi.  

etkazish  tizimini    sarf  asosida    tulatish    yiguv  liniyasidagi  yukotishlarni 

kamaytirishga olib keladi.  

       Materiallarni tejamli boshqarish, ya‘ni oz ombor zahirasi/minimum joy, sodda, 

qimmat bo‗lmagan tizim, minimal jihoz va ishlov, ishchi xizmatidagi qo‗laylik; 

       Barcha jarayonlardagi mujassamlangan sifatni qo‗llab quvvatlaydi. 

1.2.5.Doimiy takomillashtirish prinspi 

        Doimiy takomillashtirish prinsipi elementlari: 

        1.  Biznes - rejani yoyish  

        2.  Muammoni yechish 

        3.  Andon konsepsiyasi 

        4.  Bino, jihoz va o‗lchash vositalarini takomillashtirish 

        5.  Loyxalashtirish va ishlab chiqarishni  muvofiqlashtirish  

        6.  Umumiy texnik xizmat ko‗rsatish tizimi  samaradorligi 

        7.  Doimiy takomillashtirish jarayoni.  

Doimiy takomillashtirish prinsipini maqsadi: 

       - atrof muhitni o‗rganish; 



 

 

 



bet. 

37 


 

37 


 

       -  asosiy  muammoni  ajratish,  muhokama  o‗tkazish,  tub  sababni  topish,  to‗g‗ri 

qaror chiqarish va tez bartaraf qilish uchun chora tadbirlar ishlab chiqish; 

       - darajalardagi munosabatlar o‗rtasidagi tusiqlarni olib tashlash; 

       - muammo darajasini aniqlashda kaskad usulidan foydalanish; 

       -  yo‗qotishni  kamaytirishda  ishlab  chiqarish  madaniyati  tizimi  (5S)    rivojla-

nishini  qullab quvvatlash;  

       - yetakchilik bilan namuna bulish. 

1. Biznes rejani yoyish 

       Butun  kompaniya  bo‗yicha  maqsadlarni  o‗rnatish,  rejalarni  birlashtirish  va 

qo‗yilgan  barcha  maqsadlarga  erishilganlikni  va  o‗zgarishlarni  boshqarish 

jarayonini ta‘minlash. Choralar ko‗rishda va ishlab chiqarish madaniyatini doimiy 

takomillashtirishda butun xodimlarni birlashtirish va  jalb etish.  

       - kompaniya rahbari barchani kompaniya maqsadidan xabardor etishi; 

       - barcha  Biznes rejani yoyishga  mas‘ulligi;  

       Maqsadlarni o‗rnatish 

       «Biznes rejani yoyish» dan asosiy maqsad kompaniyaning barcha xodimlarini 

qo‗yilgan  maqsadlarga  erishishga  jalb  etish.  Boshqacha  qilib  aytganda  har  bir 

qo‗yilgan maqsadlar asosida umumiy maqsadga erishish. Maqsadlarni har bir joyni 

xaqiqiy imkoniyatidan kelib chiqib o‗rnatish.  

       Misol: Kompaniya maqsadi: 

       Iste‘molchi qanoatlanishini oshirish (tan-narxini kamaytirish orqali).    

       Maqsad: materiallar sarfini 10% ga tushurish.   

       Metod:  har  bir  joyda  materiallar  sarfini  ularni  haqiqiy  imkoniyatidan  kelib 

chiqib taqsimlash va nazoratini olib borish. 

OLTI ASOSIY MAQSAD 

       XAVFSIZLIK  (ish  joylarida)  –

 

hodim,  hamkorlar  va  mehmonlar  uchun 



xavfsiz, toza va sog‗lom ish muhit yaratish. 

       HODIMLAR  (Kompaniyani  rivojlantirish)  -  har  bir  hodimning  rivojlanishi, 

ishtiroki va tashabbuskorligiga alohida e‘tiborni qaratish. 


 

 

 



bet. 

38 


 

38 


 

       SIFAT  (Maftunkor  mahsulot)  mahsulot  yoki  xizmatni  yuqori  sifatli  bo‗lishi 

bilan har qanday  xaridorni maftun etish. 

        O‗Z  VAQTDA  (Son,  hajm,  tezlik)  -  har  qanday  xaridorni  mahsulot  yoki 

xizmatni faqat yuqori sifatli bo‗lishigina emas,  balki uni tez bajarish va yetkazish 

bilan ham maftun etish. 

         NARX  (Mutanosib  narh)  -

 

ortiqcha  harajat  va  nazoratni  kamaytirish  orqali 



xaridor hohlagan mahsulotni mutanosib narxda berish. 

        ATROF-MUHIT(ekologik muvofiqlik) -



Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin