Shartli variantalar
Faraz qilaylik, tanlanmaning variantalari оrtib bоrish tartibida, ya’ni variatsiоn qatоr ko‘rinishida jоylashgan bo‘lsin.
Tеng uzоqlikdagi variantalar dеb ayirmali arifmеtik prоgrеssiya tashkil etadigan variantalarga aytiladi.
SHartli variantalar dеb
tеnglik bilan aniqlanadigan variantalarga aytiladi, bu еrda s – sохta nоl (yangi sanоq bоshi), – qadam, ya’ni istalgan ikkita qo‘shni dastlabki varianta оrasidagi farq (yangi masshtab birligi).
Statistik baho tushunchasi. Baho turlari.
Reja
Siljimagan baho.
Optimal baho.
Asosli baho.
Statistik baholar tuzish usullari.
5. Nоma’lum paramеtrlarni bahоlashning ishоnchli оraliq usuli.
Tayanch so’z va iboralar: statistika, baho, siljimagan baho ,siljigan baho, aniqroq baho, optimal baho, asosli baho, momentlar usuli.
Faraz qilaylik, taqsimot funksiyasi noma`lum parametr ga bog‘liq bo‘lgan tasodifiy miqdor X berilgan bo‘lsin. Boshqacha qilib aytganda, kuzatilayotgan tasodifiy miqdor X ning taqsimot funksiyasi f( ) bitta parametrli parametrik taqsimot funksiyalar oilasiga tegishli bo‘lsin. Endi tajriba natijasida olingan ma`lumotlar yordamida noma`lum parametr ni “tiklash”, ya`ni ma`lum ma`noda unga yaqin bo‘lgan va tajribalar asosida to‘liq tiklanadigan biron-bir miqdorni tuzish masalasini ko‘raylik. Θ orqali ning qiymatlari to‘plamini belgilaymiz.
Faraz qilaylik, X tasodifiy miqdorning hajmi n ga teng bo‘lgan tanlanmasi bo‘lsin.
kuzatilmalarning ixtiyoriy funksiyasi statistika deyiladi.
Ta`rifdan kelib chiqadiki, statistika faqat kuzatilmalarga bog‘liq bo‘lgan tasodifiy miqdor bo‘lib, u tajriba natijasida to‘liq aniqlanadi.
Agar bo‘lsa, u holda statistika noma’lun parametr uchun baho deb ataladi.
Ta`rifdan kelib chiqadiki, bitta parametr uchun bir necha statistik baho taklif qilinishi mumkin. Shuning uchun, statistik baholardan ma`lum ma`noda “yaxshi” xossalarga ega bo‘lishlari talab etiladi. Odatda har qanday statistik baholarning quyidagi xossalarga ega bo‘lishligi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |