Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Birinchidan, bola oldin egallagan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi muhimdir. Ikkinchidan



Yüklə 226,62 Kb.
səhifə8/10
tarix07.01.2024
ölçüsü226,62 Kb.
#204233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiya

Birinchidan, bola oldin egallagan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi muhimdir.
Ikkinchidan, matematik tushunchalarning mazmuni ketma-ketlikda bo’lishi shartdir.
Uchinchidan, bola matematik tushunchalarni o’zlashtirish jarayonini o’rganib, kelib chiqadigan xulosalarni bilishi shart.
Ushbu vazifalarning bajarilishi bolaning bilim hajmi va aqlining rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Shuning uchun birinchi bosqichda pedagog (tarbiyachi)ga aqliy kuch va tirishqoqlikni ko’p talab qilmaydigan masalalarni taklif etish kerak.
Bunda bola sodda matematik tushunchani o’zlashtirishi, keyin esa bora-bora bolaning o’zi mustaqil ishlash ko’nikmasini hosil qilgunicha matematik tushunchalarni rivojlantirib, murakkablashtirish kerak. Matematik tushunchani o’zlashtirish jarayonidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi shu tushunchaning mazmuniga ham bog’liq. Har bir tushunchadagi ma’lumotlar matematik tushunchalar va g’oyalarning mantiqiy tugallangan doirasidir,bu esa tarbiyachi tomonidan faol o’zlashtirilgan, qaytadan ishlab chiqilib oxirigacha o’ylangan bo’lishi kerak.
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda ta’limning didaktik tamoyillarini hisobga olish kerak.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli ta’limiy o‘yinli faoliyatdir. Dastur vazifalarining ko‘pchilik qismi ta’limiy oyinli faoliyatlarda hal qilinadi. Bolalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Ta’limiy oyinli faoliyatlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yin-mashqlardan keng foydlaniladi. Ta’limiy oyinli faoliyatlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. ta’limiy oyinli faoliyatlarda bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan quyidagi interfaol usullardan foydalaniladi: Qisqa hikoya, tushuntirish, to‘rsatish, kichik guruhlarda ishlash, juftlikda ishlash,galereyaga sayr va hakozo
Matematik tushunchalarni rivojlantirish va uni murakkablashtirish dialektikaning asosiy qonunlaridan biri bo’lgan inkorni-inkor qonuni asosida qurilgan bo’lishi kerak. Bu qonunga ko’ra, bir muammoni boshqa bir muammoga almashtirish ular orasidagi aniq bog’lanishga asoslangan bo’lishi kerak.
Keyingi va oldingi masalalar orasidagi qonuniy bog’lanish ularning ichki sifati birligidan kelib chiqadi. Bu sifatiy birlik har bir to’plam masalalarning qanday maqsad uchun tuzilish strukturasidan kelib chiqadi.
Masalalar yechishda uddaburonlik bilan xulosalar chiqara olishi, paydo bo’lgan muammolarni yechishning yo’llarini topa bilishi ham zarur. Masalalar yechishda pedagog (tarbiyachi)larda shakllangan bilimdan to’liq foydalanishga imkoniyat beradigan eng qulay va sodda masalalarni yechishdan ishni boshlash kutilgan natijalarga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, bunday ishlarni amalga oshirish tanlangan masalalarning mazmuniga, ularning turli-tumanligiga, yechish usullariga, qolaversa, faoliyatning tashkil qilinishiga ham bog’liq bo’ladi.
Maktabgacha ta’limda har bir faoliyat tugallanadigan maqsadni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Faoliyat yetarli darajada qoniqarli va muvaffaqiyatli o’tishligi uchun tarbiyachi faoliyatning umumiy ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifasini, uni amalga oshirish usullarini aniq tushungan va egallagan bo’lishi kerak. Faoliyatda masalalar yechish jarayonida har bir bola uning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga imkon beradigan matematik bilimlar tizimiga, maxsus va umumiy o’quv ko’nikma hamda malakalariga, rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasiga erishgan bo’lishi kerak.
Faoliyatning har bir maqsadi aniq bo’lib, bilimda aniq bir sifat o’zgarishni ko’zda tutgan bo’lishi kerak. Bolada masalalar yechish uchun tegishli ko’nikma va malakalari, mantiqiy hamda ijodiy fikrlash faoliyati, qolaversa, unda axloqiy tarbiyasi ham to’la shakllangan bo’lishi kerak.
Tarbiyachi savol yordami bilan bolani rag’batlantirishi, faoliyatlarda uni, muammoli jarayonlar yaratish, erkin ijodiy faoliyatlar tashkil qilishi kerak. Bu ishlarni amalga oshirishda quyidagi qator shartlarga rioya qilishi kerak va zarur:
-tasodifiy “bo’shliqqa” yo’l qo’ymaydigan faoliyatning borish tezligini saqlab turmoq;
-ishning boshlanishiga qadar barcha tushuntirishlar, buyruq va ko’rsatmalar aniq qilingan bo’lishi zarur;
-pedagog (tarbiyachi) o’z tushuntirishlarida, bolalarning individual javoblari vaqtida bolalarning fikrlash faoliyatini doimiy ravishda faollashtirib borishi kerak;
-bolalarning barchasi ishlayotgan paytda ularni ortiqcha gaplar bilan chalg’itmaslik, xonada aylanib yurmaslik va ayrim guruh bolalariga beriladigan tanbehlar yuqori ovozda aytilmasligi kerak;
- ishning shakli va ko’rinishi har xil bo’lishi;
-muhokama qilinayotgan materialni tahlil qilishda har xil strategik usullarni tashkil qilshdan foydalanish;
- maktabga tayyorlov guruhida ish tajribasi shuni tasdiqlaydiki, bir masalani turli usullar bilan og’zaki yechish bolalarning mantiqiy fikrlashini, uddaburonligini, tezda tiklay olishini, paydo bo’lgan bar xil muammolarni og’zaki bajarishning to’g’ri yo’lini topa bilishlik qobiliyatini yanada rivojlantiradi va shakllantiradi.
Bu esa guruhda bolalarni shartli ravishda ayrim guruhlarga bo’lish imkoniyatini beradi:
1. Masalani yechish uchun aniq ko’rsatmalarga muhtoj bo’lgan bolalar guruhi;
2. Masalani yechish uchun umumiy ko’rsatmalarga (mavzu, bo’lim, yechish usuli) muhtoj bo’lgan bolalar guruhi;
3. Masalani yechish uchun ko’rsatmalarga muhtoj bo’lmagan bolalar guruhi.
Bunday turkum masalalarni asta-sekin murakkablashtirib borib, pedagog (tarbiyachi)larda qator natijalarni tezroq olish qobiliyatini ishlab chiqish mumkin. Bunday mazmundagi ishlar tarbiyalanuvchilarda matematikaga bo’lgan qiziqishni uyg’otadi, kasb-hunarga qiziqtiradi, ularda qiziqish javobgarliginita’minlaydi va hokazo.

Yüklə 226,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin