Matematika darslarida har bir mavzudagi dars topshiriqlari uchun alohida harakatli ko'rgazmalardan, didaktik o'yinlardan, guruhlararo musobaqa tashkil qilib dars o'tish ko'p balli reyting tizimida juda qulay usul hisoblanadi
MAVZU: O’nli KASRLAR. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning og’zaki va yozma hisoblash malakasini oshirish. O’quvchilarga kasrlar va o’nli kasr haqida tushunchalar berish va tushuntirish;
FK1: kasr va ulushdan mustaqil foydalana olish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. O'quvchilarga misol va masalalarni hayotga moslashtirib, hayotimizdan misollar keltirish orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, do‘stlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, dars o‘tish jarayonida hanjihatlik, birodarlik, tuyg‘ularini singdirish;
TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;
FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish
Rivojlantiruvchi maqsad:O'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish va matematik bilimlarini rivojlantirish, matematik nutq, xotirani rivojlantirish.
TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Dars turi: Yangi tushuncha berish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash.
Metodi: savol – javob, aqliy hujum.
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar.