DARSNING BORIShI -Assalomu alaykum!
-Vaalaykum assalom.
-Hamma quvnoq-sog‘lommi?
Darsimizga tayyormi?
O'quvchilar: Bizlar quvnoq-sog‘lommiz,
Darsingizga tayyormiz
«5» bahoni olamiz,
Sumkamizga solamiz.
-Barakalla, bolajonlar! Bugungi darsimizda barchangiz sog‘-salomat, a’lo kayfiyatda qatnashayotganliklaringizdan juda ham hursandman.
Maqsadimiz: O’qib o’rganamiz, ijod qilamiz.
Shu ozod Vatanni obod qilamiz
Shiorimiz: Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo’lamiz ogoh!
Qani, endi aytinglarchi biz hozir qanday dars o‘tamiz?
O'quvchilar: Darsimiz matematika,
Hisob-kitob qilamiz.
Katta, kichik, tenglikni
Puxta bilib olamiz.
Darsimiz davomida har bir javobingizni rag‘bat kartochkalar orqali rag‘batlantirib boraman, rag‘bat olgan o‘quvchi «Sumkasi»ga rag‘batlarni solib boradi. Darsimiz so‘ngida rag‘batlar soniga qarab, g‘olib guruhni aniqlaymiz. Shuning uchun dars davomida barchangiz faol ishtirok etib, rag‘batlarni qo‘lga kiritasiz degan umiddaman.
-Har bir mustaqil davlat o‘zining ramzlariga ega bo‘ladi.
-Rahmat bolajonlar!
II. O’tgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimi aniqlash: -Rahmat, juda ham chirоyli she`rlar aytdinglar.
-Aziz o’quvchilar uy vazifasini tekshirib olish uchun «O’yin ichida o‘yin» o‘tkazamiz . Masalani o’quvchilar doskada bellashuv tarzida bajaradilar. O’qutuvchi nazorat qilib boradi. Avval bajargan o’quvchilar javoblari tekshirilib rag’batlantiriladi.
III. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. Maxraji 10, 100, 1000 va hokazo sonlardan iborat bo‘lgan kasrlar o‘nli kasrlar deb ataladi.
Maxraji 10, 100, 1000 va hokazo bo‘lgan sonlarni (maxrajsiz) o‘nli kasr
ko‘rinishida quyidagicha yozishga kelishib olingan:
· oldin sonning butun qismi yoziladi;
· so‘ng kasr qismining surati yoziladi va ular bir-biridan vergul bilan ajratiladi.
Agar o‘nli kasrning o‘ng tomonida turgan nol olib tashlansa yoki kasrning o‘ng tomoniga nollar yozilsa, berilgan kasrga teng kasr hosil bo‘ladi.
Misollar
O‘nli kasrlarni qo‘shish (ayirish) uchun
• oldin ularning verguldan keyingi raqamlari soni nollar qo‘yib tenglashtiriladi;
• so‘ng ular “ustun” qilib, vergul vergulning tagiga tushadigan qilib yoziladi;
• vergulga e’tibor bermasdan qo‘shish (ayirish) bajariladi;
• hosil bo‘lgan songa tepadagi o‘nli kasrlar vergullari tagiga tushadigan qilib vergul qo‘yiladi.
Misollar