www.pedagoglar.uz 40-son 1–to’plam yanvar 2023
Sahifa: 222
kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an'anavi ta'limda
o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, boshlang'ich
ta'limda zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib
topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari
keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi,
shakllanishi, bil im olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Matematika fani
o'qituvchisining kasbiy salohiyati va ma'lumot darajasi, bolalar psixologiyasi,
hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim metodikasini bilishi hamda o'qituvchi tinmay o'z
ustida mustaqil ishlashi fandagi barcha yangiliklardan xabardor bo'lishi ilg'or
metodikalarga ega bo'lgan tajribali metodist-o'qituvchilar bilan o'z tajribalari
to'g'risida o'rtoqlasha olishi, samarali o'qitish metodikalarini namoyish eta olishi
lozim. Barcha umumta'lim maktablarining boshlang'ich ta'lim sifat va
samaradorligini oshirish zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, ilg'or ish
tajribalarini ommalashtirishni taqozo etadi. Masalan:"Tanishuv" "Muzyorar"
mashqlaridan foydalanib, o'quv jamoasi ishtirokchilarini bir-birilari bilan
tanishtirish. Do'stona, samimiy munosabatni va ijodiy muhitni vujudga keltirish.
Trening
qatnashchilarining
ishtirokini
jadallashtirish,
ularning
ijodiy
imkoniyatlarini va shaxsiy sifatlarini ochish. Jamoa bo'lib ishlash uchun qulay
sharoit yaratish. Jamoada do'stona muhitni yuzaga keltirish. Guruh dinamikasini
jadallashtirish. Yakka, guruhda, jamoada ishlashni talab etadi. Matematika fanidan
masalalar yechish usullari, interfaol usullardan foydalanib darslarni o'tish
metodikasi haqida fikr-mulohazalar ko'p xonali sonlarda nechtadan birliklar
borligini topishda qiynalgan. Pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda interfaol
usullar asosida tashkil etiladi. darslarni ko'rgazmali qurollardan foydalangan holda,
ya'ni noan'anaviy darslarni tashkil etgan holda olib borish;
olingan nazariy bilimlarini amaliyotga joriy etgan holda darslarni tashkil etish;
zamonaviy interfaol metod va usullardan hamda pedagogik texnologiyalardan
samarali foydalangan holda darslarni tashkil etish;