Matematika o'qitish jarayonida matematik tafakkurni rivojlantirish shakllari va usullari



Yüklə 188,8 Kb.
səhifə2/4
tarix15.06.2023
ölçüsü188,8 Kb.
#130712
1   2   3   4
Matematika o\'qitish jarayonida matematik tafakkurni rivojlantirish shakllari va usullari

Katta guruh


6 yoshli bolalarda o‘z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo bo‘ladi; erkin xotira, diqqat rivojlanadi. Shu yoshda topshiriqni bajarishga, o‘z ishiga ijobiy baho olishga intiladilar. Ular o‘quv topshiriqlari (vazifasi)ga katta qiziqish bilan qaraydilar.
B olalar katta guruhda birinchi o‘nlik sonlarini yaxshi o‘zlashtirishlari kerak. Har xil buyumlar to‘plamini sanash, ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash jarayonida sonlar mohiyatini o‘zlashtirish amalga oshiriladi. Bolalar bilan bajariladigan hamma ishlar ular oldingi bosqichlarda olgan bilimlar va ularni hisobga olish asosida tashkil qilinadi. O‘rganishni o‘tilganlarni takrorlashdan boshlash kerak. Har qaysi yangi bilim oldin o‘zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur.

Mashqlar miqdori yetarli bo‘lgandagina tarbiyalanuvchilarda puxta malaka va ko‘nikmalar shakllanishi mumkin. Bolalarni buyumlar, o‘yinchoqlar, geometrik shakllar, kartochkalar va rasmlardagi tasvirlarni sanash (qayta sanash, qo‘shib sanash, ajratib sanash) ga, obyektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq qildirish kerak.



Mazkur guruhda haftada 1 tadan mashg‘ulot o‘tkaziladi.
Maktabga tayyorlov guruhi.
7 yoshga qadar bola son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida nisbatan ko‘proq bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi, fazoda (2 va 3 o‘lchovli) va vaqt bo‘yicha mo‘ljal ola bilishi kerak.
Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustivor (turg‘un) qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat qilishi kerak. Shu yoshda bolalarda mustaqil fikrlashni, fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniqsa, muhim.
“Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish dasturi” bolalarning oldingi bosqichlarda olgan bilimlarini sistemalashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Mazkur guruhda haftasiga 2 tadan (bir yilda 72 ta) mashg‘ulot o‘tkaziladi. Matematikadan har qanday mashg‘ulotni tuzishda bolalar tarbiyachining stoli yonida ishlashlari bilan bir qatorda o‘z o‘rinlarida tarqatma materiallar bilan mustaqil ishlashlari ham nazarda tutilishi zarur.

Yüklə 188,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin