1. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining asosiy kattaliklar va ularni o‘lchashni o‘rganish metodikasi.
2. Bolalarda massa va sig‘im haqidagi tasavvurlarni shakllantirish metodikasi.
3. „Vaqt o‘lchovlari“ bo‘limini mantiqiy-didaktik tahlili.
4. Uzunlik o‘lchovlarini kiritish metodikasi va uzunlik o‘lchovlari jadvali.
Jihozlar: uzunlik, massa, vaqt o‘lchovlari jadvali, soat, o‘lchov chizg‘ichlari, o‘lchov tarozisi.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar: rejaning 1-bandiga kitob bo‘yicha og‘zaki javob tayyorlang
Тopshiriqlar
1. „Kilogramm“ mavzusiga oid dars parchasini tuzing.
2. Darslikda kilogramm, massa, o‘lchov birliklari qo‘llanilgan masalalarni yozing. Ulardan nechtasi sodda, nechtasi murakkab masala ekanligini aniqlang.
3. „Litr‘ mavzusiga oid dars parchasini tuzing.
4. Darslikda „litr“ o‘lchoviga oid masalalar necha marta uchraydi?
5. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilari massa o‘lchov birliklari bilan ishlashda qanday tarozi turlari bilan tanishadilar?
6. Darslikda keltirilgan rasm bo‘yicha ishlashda sinfga beriladigan savollarni ta’riflang.
7. Masalaga savollarni o‘quvchilar tenglamani to‘g‘ri tuzishlariga yordam beradigan qilib tuzing.
8. „Massa o‘lchovlari“ mavzusidan massa o‘lchovlari jadvalini mustahkamlashini ko‘zda tutuvchi topshiriqlarni tanlang. Mashqlarni bajarayotganlarida o‘quvchilar qanday mulohaza yuritishlari kerak?
9. Ismli sonlar ustidagi amallarni tushuntiring:
18 t, 13 t 680 kg, 4 kg 286 g 3, 13 t 2, 8 t , 5 s.
10. Darslikdan o‘quvchilar vaqt o‘lchovlari bilan bog‘liq masalalarni tanlang. Ular orasidan bilvosita shakldagi masalalarni ajrating.
11. II va IV sinflar o‘quvchilari vaqt o‘lchovlarini o‘rganayotganlarida tanishadigan tushunchalarni ajrating.
12. O‘qituvchi vaqt o‘lchovlarini kiritishda qaysi metodik usullardan foydalanadi?
Dostları ilə paylaş: |