Matematika O‘Qitish metodikasidan mustaqil ta`lim uchun tavsiyalar


- mavzu . „Yuzlik:“ konsentrida masalalar ustida ishlash metodikasi



Yüklə 216 Kb.
səhifə17/22
tarix14.12.2022
ölçüsü216 Kb.
#74600
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Mustaqil ta`lim

24- mavzu . „Yuzlik:“ konsentrida masalalar ustida ishlash metodikasi .
Mashg‘ulot maqsadi: O‘quvchilarni „Yuzlik“. Konsentrida murakkab masalalarni yechishga o‘rgatish metodikasi.
Reja
1., „Yuzlik“ konsentrida murakkab masalalar ustida ishlash, 1 va 2 sinflarda „Yuzlik“ konsentrida ikki amalli murakkab masalalar tasnifi.
2, Murakkab masalalarni yechishda analiz va sintez metodlari.
3.Murakkab masalalarning yechilishi (yozuv) shakllari.
Jihozlar: jadvallar, „Murakkab masalalar“ ga doir ko‘rgazmalar.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar: rejaniig 1-bandiga adabiyot bo`yicha og‘zaki javob tayyorlang.
Тopshiriqlar
1.„11-20 sonlari“ mavzusida o‘quvchilarni ikki amalli masalalarga olib keladigan masalalarni tanlang.
2.„“Ikki amalli’ masalalar“ „mavzusiga oil „dars“ parchasini yozing.
3.„Yuzlik“ konsentrida qo‘shish va ayirishga oid ikki amalli masalalarni, ulardagi sonli ma`lumotlar va har bir amaldagi ishoralar bo`yicha tasniflang. Jadval tuzing:
II sinfda „Yuzlik“ mavzusida barcha arifmetik amallarga oid ikki amalli tarkibli masalalarni tasniflang.
4.2-sinfda. „Yuzlik“, mavzusida ikki amalli masalalarni ajrating. Bu masalalar bilan ishlash metodikasini tushuntiring.
5.„Yuzlik“ mavzusida uch amal bilan yechiladigan misollarni keltiring.
6.Masalani analiz va sintez qiling.
7.Masala yechilishini ayrim amallarni (tushuntirish bilan ham, savollar bilan ham) yozish bilan, ifoda tuzish bilan, tenglama tuzish bilan bajaring.
8.Masalalar shartini qisqa yozuvining turli shakllarini ifodalang va ularni ishlash metodikasini tushuntiring.

25 - mavzu. „Ming“ konsentrida masalalar ustida ishlash metodikasi.


Mashg`ulot maqsadi „Ming“ konsentrida o‘quvchilarni murakkab masalalarni yechishga o‘rgatish
Reja
Masalalarni yechishni o‘qitish metodikasi xususiyatlari.
1. Proporsional bo‘lishga doir masalalar bilan ishlash metodikasi.
2.Harakatga doir masalalar bilan ishlash metodikasi.
3.Sonning ulushini va ulushiga ko‘ra sonning o‘zini topishga doir masalalar bilan ishlash metrdikasi.
4. Noma`lumni topishga doir masaladar.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko`rsatmalar: rejaning’ 1-bandiga ko‘rsatilran adabiyot bo‘yicha og‘zaki javob tayyorlang.
Тopshiriqlar
1.„Ming“ konsentriga doir masalalarga misollar keltiring.
2. Rejaga oid masalalarni yechishning ikki usulini tushuntiring.
3. Masala yechilish usulini analiz va sintez qiling
4.Berilgan masalaga uchta teskari masala tuzing.
5. Harakatga doir masalalarni tasniflashda ushbu jadvalni tuzing.
6. Masalaning yechilishini ayrim amallarni yozish, ifoda, tenglama tuzish bilan bajaring. So‘nggi yechish turiga to‘g‘ri yechimni izlashga yo`naltiradigan savollar qo‘ying.
7.„Ming“ konsentrida sonning ulushini va ulushiga ko‘ra sonning o‘zini topishga doir masalalarni tanlang.
8.Masala shartining qisqa yozuvini chizma shaklda ifodalang.
9. Masalani analiz va sintez qiling.
10. Masala ustida ishlash metodikasini tushuntiring.
11. Ayirma bo`yicha sonlarni topishga oid turtta masala tuzing.
12. Ko`paytma va ayirma bo`yicha masalalar ustida ishlash metodikasini tasniflang.

26- mavzu. „Ko‘p xonali sonlar“ konsentrida masalalar ustida ishlash metodikasi .


Mashg‘ulot maqsadi: „Ko‘p xonali sonlar“ konsentrida o‘quvchilarni murakkab masalalarni yechishga o‘qitish metodikasi
Reja
1. „Ko‘p xonali sonlar“ mavzusida barcha amallarga oid matnli masalalar.
2. Ko‘p xonali sonlar“ mavzusida murakkab masalalarning tasnifi.
3.Noma`lumni topishga oid masalalar bilan ishlash metodikasi.
4. Proporsional bo‘lishga oid masalalar bilan ishlash metodikasi.
5. „Ko‘p xonali sonlar“ mavzusidagi ba`zi masalalarni algebraik yechish usuli.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar: rejaning 1-bandiga ko‘rsatilgan adabiyot bo‘yicha og‘zaki javob tayyorlang.
Тopshiriqlar
1. „Ko‘p xonali sonlar“ mavzusiga oid masalalarni ajrating. Nechta tipga ajratiladi? Bular qanday tiplar? Har bir tipdagi masalaga misol keltiring.
2. „Ko‘p xonali sonlar“ mavzusida masalalarning turli vazifalalarini tahlil eting.
3. Yechilgan masala ustidagi ish algoritmini (o‘qituvchi uchun) tuzing.
4. Darslikdan noma`lumni topishga doir masalalar nomerlarini sanab o‘ting.
5.“Ming“ konsentrida o‘quvchilarni noma`lumni topishga doir masalalarni yechishga tayyorlash uchun, Siz qanday tayyorgarlik ishini rejalashtirgan bo`lasiz?
6. Masala yechishning analiz va sintez sxemasini tuzing.
7. Masalaning tarbiyaviy, o‘quv va amaliy ahamiyatini aniqlang.
8.Darslikdan proporsional bo`lishga doir masalalar nomerlarini sanang.
9. Proporsional bo`lishga doir masalalar shartini qisqa yozuviga misollar keltiring.
10. Bahoni a, qancha turishini b, miqdorini k orqali belgilang. Qancha turishini, bahosi va miqdori bo`yicha ifodalang. Miqdori o‘zgarmas bo‘lganda qancha turishi bahoga qanday bog‘liq? Bahosi o‘zgarmas bo‘lganda qancha turishi miqdorga qanday bog‘liq?
11. Masalaning qisqa sharti bo`yicha yechish metodikasini tavsiflang.
115 so`m__________Bir xil
615 so`m_____|_____Bir xil_____|______? so`m
12. Masala turini aniqlang va uning ustida ishlash metodikasini tavsiflang.
13. „Ko‘p xonali sonlar“ mavzusida uchraydigan masalalarni algebraik usulga yechiladiganlarini ajrating.
14. Masalaga oid analiz va sintez sxemasini tuzing.
15. Masalani arifmetik va algebraik usullar bilan yeching, Ulardan har birining afzallik tomonlarini tahlil eting.
16. Murakkab masalalar ustida ishlash metodikasini tushuntaring.
17. „Ko‘p xonali sonlar“ mavzusi bo`yicha algebraik usulda yechish mumkin bo‘lgan masalalar tuzing.



Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin