Matematika O‘Qitish metodikasidan mustaqil ta`lim uchun tavsiyalar


Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining



Yüklə 216 Kb.
səhifə2/22
tarix14.12.2022
ölçüsü216 Kb.
#74600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Mustaqil ta`lim

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining
metodik tayyorgarligi

Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar „Тa’lim to‘g‘risida“gi qonunda hamda „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da ko‘rsatib o‘tilganidek, har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ol­diga muhim vazifa qo‘ymoqda.


Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining metodik-matematik tay­­­­­yor­garligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matema­tika o‘qitish metodikasi bo‘yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog‘lanishda tayyorlanishni tu­shunamiz.
Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang‘ich sinflar o‘qi­tuvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, unga ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatdan ajralgan holda qarash mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish bi­rinchi bosqichdir, ya’ni bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini o‘zlashtirishga tayyorlash bosqichidir yoki matematikadan tayyorligidir. Matematikadan boshlang‘ich ta’limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang‘ich ta’limning tarkibiy qismi va matematik tayyorgarligi) o‘qitish metodikasida o‘zining munosib aksini topishi lozim.
Boshlang‘ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang‘ich bilimlar yagona majmuasini yaratadi, ikkinchi tomondan, zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
6—10 yoshli davr bolalarining muhim fikrlash qobiliyatlari va tasavvurlarini shakllanishida eng mas’ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu bolalikda shakllantirilmagan bilimlar poydevorini keyinchalik to‘ldirish juda qiyin. Shu sababli, bosh­lang‘ich ta’lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlan­g‘ich ta’lim metodikasining asosiy vazifalaridan biri — o‘qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlash, bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat.
Matematikadan boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaviy vazifalar nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etilishi mumkin. Bu bilimlar ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematika va ularning xususiyatini o‘z ichiga oluvchi metodologik o‘qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o‘z ichiga oladi. Biroq, birgina nazariy bilimlarning o‘zi har qanday boshqa faoliyatga tayyorlanishdagi kabi yetarli emas. O‘qitishning ma’lum mazmuni va o‘quvchi­larning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o‘quv mavzui uchun eng samarali usullarini qo‘llashni bi­lish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarurdir.
Ayni shu boshlang‘ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi uchun o‘quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bi­lish va hisobga olish ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida matematika o‘qitish metodikasida bajariladigan topshiriqlar orqali egallanadi.
Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanishda va mashg‘ulotlarning o‘zida o‘qitish amaliyotida yuzaga keladigan va nazariy bilimlardan foydalanilishni talab etadigan turli-tuman metodik masalalar yuzaga keladi.
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda, ular bir qiymatli yechimga ega emas. Darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o‘quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimini o‘qituvchi tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi. Shu sababli, mazkur qo‘llanmada keltirilgan metodik masalalar va shular jumlasidan darsda bevosita yuzaga keladiganlari ham iloji boricha turli usullar bilan hal etilishi lozim. O‘quvchilarning xato javoblari munosabati bilan yuzaga keladigan metodik masalalarga alohida e’tibor berilishi lozim. Xatoliklar mohiyatini aniqlash va tushun­tirish muhim ta’limiy vazifani bajaradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yinlar muhim ahamiyatga ega: o‘yin orqali o‘qitish jiddiy tarbiya shaklidir. Mavjud didaktik o‘yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtayi nazaridan mazmunan o‘rganilgan materialni mustahkamlash vositasi sifatida ishlatiladi.
Bolalarni 6—7 yoshdan o‘qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Sanoqni o‘rganish, qo‘shish va ayirishni birinchi bosqichda o‘rgatish (yuz ichida) — boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Biroq, bu yagona vazifa bo‘lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o‘rganishga yanada kengroq va har tomonlama sanoqqa tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. U ikkita asosiy yo‘l bilan belgilanadi: pedagogik yo‘l, ya’ni bolalar fikrlashini qo‘llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash va matematika yo‘li — ya’ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni, eng avvalo, natu­ral son va geometrik shakl tushunchalarini o‘rganishga tayyorlash orqali.
Bolalarni matematikani o‘rganishga tayyorlashda ishni nimadan boshlash yangicha yechimni taqozo etadi. Matematikani „jiddiy“ o‘rganish uchun bolalarni partaga o‘tqizishdan oldin balki ular bilan „matematik o‘yin“ o‘tkazish lozimdir.
Matematik tayyorgarlikda didaktik o‘yinlardan foydalaniladi, biroq bu o‘yinlar, birinchidan, mantiqiy va matematik mazmun bilan boyitilgan bo‘lmog‘i, ikkinchidan, ular mashg‘ulotning o‘zida emas, balki undan oldin yoki keyin o‘tkazilishi lozim.
1-mavzu. I sinf matematika kursining nazariy-to‘plam asosi.



Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin