Matematika O‘Qitish metodikasidan mustaqil ta`lim uchun tavsiyalar



Yüklə 216 Kb.
səhifə4/22
tarix14.12.2022
ölçüsü216 Kb.
#74600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Mustaqil ta`lim

Jihozlar: jadvallar, tarqatma didaktik material.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsat­malar. Rejaning 1- bandiga ko‘rsatilgan adabiyot bo‘yicha og‘zaki javob tayyorlang, o‘quv materiali tavsifini tayyorlang.
Тopshiriqlar
1. Darslikning betlari bo‘yicha ushbu jadvalni to‘ldiring:
2. Amaliy mashg‘ulotlar uchun daftarda 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 sonlari mavzusiga oid darsga o‘zingiz ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlang.
3. O‘zingiz chizgan ko‘rgazmali qo‘llanmalar bo‘yicha sinfga beriladigan savollarni ta’riflang va yozing. Savollarni qo‘yishda ushbu darsning maqsadini xotirada tuting. Bolalarni 6,7 sonlarning hosil bo‘lishi bilan tekshirish, sonlarni taqqoslash, 1—7 ichida sanoq va tartib sonlardan foydalanishni mashq qildirish, 6 va 7 raqamlari bilan tanishtirish, 6 raqami yozilishini mashq qildirish. Birinchi o‘nlik sonlar tarkibini bilishni mashq qildirish.
4. Darslikning sahifalaridan bolalarning o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi topshiriqlarni ajrating. Bu topshiriqlarni daftarga ko‘chirib oling va ular bo‘yicha sinfga beriladigan savollarni tu­zing.
5. „0 soni“ mavzusiga oid darsga doir yakka ko‘rgazmali topshiriqlarni tuzing hamda ular bilan o‘qituvchi va o‘quvchilarning ishlarini bayon eting.
6. „0 soni“ mavzusiga oid yangi materialni tushuntirish bo‘yicha dars rejasi bo‘lagini tuzing. 0 sonining kiritilishini boshqa sonlarning kiritilishi bilan taqqoslang.
7. Birinchi o‘nlik sonlari tarkibi ustida ishlashda o‘quvchilarning fikrlash ishlarini faollashtiruvchi amaliy topshiriqlar o‘ylab to­ping.
8. Kitob bo‘yicha darslarga oid mustaqil ish uchun topshiriqlarni o‘z daftaringizda bajaring.
Qaysi topshiriqlarni bajarishda o‘qituvchi o‘qish jarayonida o‘quvchilarga yakka va tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshi­rish mumkin? Bu topshiriqlarni bajarishda bolalar oldida qanday qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin?

3-mavzu. 10 ichida nomerlash jarayonida qo‘shish va ayirish amallari bilan tanishish va didaktik jarayonlarni amalga oshirish.


Mashg‘ulot maqsadi: 10 ichida qo‘shish va ayirish amallari bilan tanishish jarayonida didaktik tamoyillarni amalga oshirish xususiyatlari.
Reja
1. 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish metodikasi.
2. O‘quvchilarni 10 ichida qo‘shish va ayirish amallari bilan tanishtirishda ko‘rgazmalilik.
3. 10 ichida qo‘shish va ayirish amallari bilan tanishishda o‘quvchilar bilimlarining puxtaligini ta’minlash vositalari.
4. O‘quvchilarning faolligiga erishish vositalari.
5. „O‘nlik“ mavzusi bo‘yicha mustaqil ishni tashkil etish.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsat­malar. Rejaning 1- bandiga kitob bo‘yicha qisqacha og‘zaki javob tayyorlang, 2-bandga o‘quv materialning tavsifini darslikning betlari bo‘yicha tuzing, topshiriqlarni bajaring.
Тopshiriqlar:
1. Amaliy mashg‘ulotlar uchun daftarga birinchi sinf o‘quv­chilari yoza oladigan qo‘shish va ayirish jadvallarini yozing. Nima uchun ikkala jadval bir vaqtda yod olingan?
2. Ikki sonini, 3 sonini, 4 sonini qo‘shish va ayirish usullarini tushuntiradigan topshiriqlarni yozib oling. Qo‘llanilayotgan ko‘rgazmalilik turini ayting.
3. Darslik bo‘yicha dars bo‘lagini ishlab chiqing, unda kitobda betlar keltirilgan metodik ko‘rsatmalardan foydalaning.
4. Birinchi sinf matematika kursida qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasining vazifasi nimadan iborat? U qayerda birinchi marta qaraladi? Bu xossani namoyish etuvchi topshiriqlar „qo‘shiluvchilar o‘rnini almashtirish“ darsidan oldin beriladimi, asoslang.
5. Darslikda qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi o‘rga­nilayotgan materialni qo‘llaniladigan topshiriqlarni yozib oling.
6. Ilgari o‘quvchilarning fikrlashlarini faollashtiribgina qolmasdan, balki ularni „yig‘indi va qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanish“ mavzusini o‘rganishning tayyorlagan topshiriqlar turlarini yozib oling.
7. „Yig‘indi va qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanish“, „qo‘­shishning hadlari“, „Ayirishning hadlari“ mavzularini tushuntirishda o‘quvchilarning aqliy faoliyatlarini faollashtiruvchi yo‘llarni o‘ylab toping.
8. Darslik bo‘yicha dars bo‘lagini tuzing. Darsning mavzusi va maqsadini kitobdan aniqlang.
9. „O‘nlik“ mavzusini o‘rganish natijalari nimalardan iborat?
10. „Тenglama“ mavzusiga oid darsga mustaqil ish uchun material tanlang.
11. Darslikdan o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun mashq­lar tanlang.
4- mavzu. Geometrik material bilan tanishishga ba­g‘ishlangan dars uchun turli mavzularni tuzish (1-sinf).



Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin