Mashg‘ulot maqsadi: I sinf matematika kursida natural sonlarni kiritishda nazariy to‘plam tushunchalari bilan tanishish, natural sonlar ustida qo‘shish va ayirish amallarini namoyish etish uchun to‘plamlar ustida amallardan foydalanishda, sodda masalalarni yechish, matematik faoliyatning turli jihatlarini o‘quvchilarga o‘qitish imkoniyati bilan tanishish.
Reja Nomerlash va arifmetik amallarni o‘rganishga tayyorlanishda empirik materialning ahamiyati.
1. Asosiy nazariy to‘plam tushunchalari („to‘plam“, „to‘plam elementi“) va munosabatlaridan (elementning to‘plamga „tegishliligi“ yoki „tegishli emasligi“) foydalaniladigan o‘quv materialining mazmuni.
2. Birinchi o‘nlik sonlarini nomerlashni o‘rganishning metodik xususiyatlari. 10 ichida nomerlash metodikasi.
3. 10 ichida qo‘shish va ayirish amallari bilan tanishishda algebra elementlari yordamida o‘qitishga oid misollar.
4. „Katta“, „kichik“, „teng“ munosabatlarini o‘qitish ьуещвшлфыш.
5. Sodda masalalarni yechishni o‘rgatishda EMMdan foydalanish.
Тopshiriqlar 1. Quyida keltirilgan „to‘plam“, „to‘plam elementlari“ atamalarining sinonim so‘zlari ro‘yxati jadvalini kitob bo‘yicha to‘ldiring:
2. „Тo‘plam“ atamasining darslikda mavjud sinonimlaridan farqli sinonimlar ishlatiladigan uchta topshiriq tuzing.
3. Daftarda beshta elementli to‘plamni tasvirlaydigan turli rasmlar chizing.
4. Siz chizgan rasmlar bilan ishlayotganda o‘quvchilar berishi mumkin bo‘lgan savollarni yozing.
Savollar:
a) sanoq elementning to‘plamga tegishli yoki tegishli emasligini;
b) to‘plamga kirgan elementlar sanog‘ini ko‘rsatish lozim;
d) sanoq matematika nuqtayi nazaridan nimani bildiradi?
5. O‘qitish uchun qo‘llaniladigan empirik materialni darsliklar bo‘yicha tahlil eting (empirik material deb quyidagilarni hisoblash mumkin: a) atrof-muhitdagi ma’lum xossalarga ega bo‘lgan va ma’lum munosabatlarda bo‘lgan narsalar; b) o‘qitish uchun maxsus tayyorlangan didaktik material; d) matematik ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan matematik material).
6. Birni qo‘shish va birni ayirish amallarini tushuntirish bo‘yicha dars parchasini tuzing. Natural qatorning tuzilishida birni qo‘shish funksiyasi (f(a) = a + 1) qanday ahamiyatga ega?
7. „1 va 2 sonlari“ mavzusida o‘quvchilarni >, <, = belgilari bilan tanishtiruvchi dars parchasini tuzing . Darsga „bitta“ va „ko‘p“, „ikkita“ va „ko‘p“ tushunchalarini qarshi qo‘yadigan topshiriqlarni va shuningdek, bitta va ikkita elementli to‘plamlar elementlari orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatish bilan bog‘liq topshiriqlarni o‘ylab toping.
8. Ushbu topshiriqlar bo‘yicha o‘qituvchining sinfga beradigan savollarini o‘ylab toping va yozing:
8 – 1 = ˜, 4 ˜ 8, 8 ˜ 9, 9 – 1 = ˜, 3 ˜ 3, 6 ˜ 5.
9. Darsliklar sahifasidan joy olgan masalalar uchun nima empirik material bo‘ladi? O‘quvchilar rasmlar bo‘yicha qanday masalalar tuzishlari mumkin?
10. Darslikda keltirilgan rasmlar bo‘yicha masalalar tuzing. Bu masalalarning yechilishlarini yozing. Siz empirik tildan matematik tilga o‘tishni amalga oshirdingiz.
11. Тeskari topshiriqlarni, ya’ni matematik tildan empirik tilga o‘tkazadigan topshiriqlarni o‘ylab toping.
12. Amaliy mashg‘ulotlar uchun daftarda 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlarini yozish bo‘yicha mashq qiling.
2- mavzu. Birinchi o‘nlik sonlari bilan tanishishda didaktik tamoyillardan foydalanish. Mashg‘ulot maqsadi: Birinchi o‘nlik sonlarini kiritishning metodik xususiyatlarini, „o‘nlik“ bo‘limida didaktik tamoyillarning amalga oshirilishi xususiyatlarini, tarqatma didaktik material bilan ishlashni ko‘rib chiqish.
Reja 1. Matematikani o‘qitishda ko‘rgazmalilik tamoyilining ahamiyati, o‘qitishning boshqa tamoyillarini amalga oshirishda ko‘rgazmalilik tamoyilining ahamiyati.
2. „Birinchi o‘nlik sonlari“ mavzusi bo‘yicha o‘quv materiali mazmunining tasnifi.
3. Birinchi o‘nlik sonlarini nomerlashni o‘rganishda onglilik va puxtalikka erishish vositalari.
4. Natural son tushunchasining shakllanishida o‘quvchilar o‘quv faoliyatini faollashtirish yo‘llari.
5. O‘quvchilarni raqamlarni yozishga o‘rgatishda ularga individual va tabaqalashtirib yondashuv.