Jihozlar:Jadvallar, sxemalar, ko‘rgazmalar.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar. Kitob bo‘yicha javob tayyorlang, topshiriqlarni bajaring.
Тopshiriqlar 1. Darslik bo‘yicha „tenglik“, „tengsizlik“, „tenglama“ tushunchalarining rivojlanishini kuzating. Buning uchun jadval tuzing:
2. Darslikdan „katta“, „kichik“, „teng“ munosabatlari nooshkor foydalaniladigan sahifalarni belgilang. Bu vaqtda o‘quvchilar munosabatlarning u yoki bu turini qanday aniqlaydilar?
3. Darslikdan „katta“, „kichik“, „teng“ munosabatlari belgilari kiritiladigan sahifalarni ko‘rsating. O‘quvchilar sonli tengliklar bilan duch keladigan topshiriqlarning turlarini sanab bering.
4. Ifodalarni taqqoslash ustidagi ishning ketma-ketligini belgilang.
5. O‘quvchilarni tenglik tushunchasiga olib keladigan topshiriqlarning turlarini sanab bering. Bu topshiriqlar qanday va nima asosida bajariladi?
6. Darslikning o‘quvchilar tenglama tushunchasiga birinchi marta duch keladigan sahifasini ko‘rsating. Yangi material ustidagi ishni tavsiflang. Bitta tenglamaning o‘zini turlicha tushunilishini ko‘rsating.
7. 1- mashqqa oid rasm bo‘yicha dars parchasini ishlab chiqing.
8. O‘qituvchi (darslikdan tanlangan masala bo‘yicha) masalani o‘quvchilarga qaysi usul bilan yechishni taklif etishi mumkinligini aniqlang.
9. Тenglamalarni yechish uchun amallarning noma’lum komponentlarini topish qoidasidan darhol foydalanish kerakmi?
10. x + 5 = 6, 3 + x = 8 tenglamalarning yechilishini daftaringizga yozing. Тegishli tushuntirishni bering.
11. Birinchi o‘nlik sonlari to‘plamida „katta“ yoki „kichik“ munosabatlari vujudga keltiradigan tartib strukturasini strelkalar yordamida tasvirlashga oid mashqlar tuzing. Bu rasmdagi strelka nimani bildirishini siz bolalarga qanday tushuntirasiz? Javobini izohlang.
12. Siz bolalarga sonli tenglik va o‘zgaruvchili tenglik (tenglama) orasidagi farqni, masalan, 3 + 4 = 7 va 3 + x = 7 orasidagi 3 < 7 va x < 7, 7 > 3 va x > 3 tengsizliklar orasidagi farqni qanday tushuntirasiz?
Bolalar x < 7 va x > 3 tengsizliklar yechimlari to‘plamini qanday topishlari kerak? x > 3 tengsizliklarning yechimlari to‘plami nimaga bog‘liq?
13. Siz bolalarga 3 + 4 = 7 va 4 + 3 = 7 sonli tengliklar 3 < 7 va 7 > 3 sonli tengsizliklar orasidagi farqni qanday tushuntira-siz?
7- mavzu. 1 va 2- sinflarda ikki amalli murakkab masalalarni yechishni o‘qitish.
Mashg‘ulot maqsadi: murakkab masala ustida ishlash metodikasi bilan tanishish; murakkab masalalar misolida analiz va sintezni o‘tkazishga o‘rganish; o‘quvchilarni masalalar yechimini izlashga o‘rgatish.
Reja 1. II sinfda murakkab masalalar ustida ishlash. Murakkab masalalarni sodda masalalar to‘plamiga keltirish.
2. Kamayuvchini topishga doir sodda masalani o‘z ichiga olgan murakkab masalalar.
3. Ayirmali taqqoslashga doir sodda masalani o‘z ichiga olgan murakkab masalalar.
4. Masala ustida ijodiy ishlash asosida umumiy usullarini o‘qitish.
5. Biri ko‘paytirish bo‘lgan ikki amal bilan yechiladigan masalalar.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar: rejaning 1-bandida darslikda bayon qilingan materialni o‘rganing, topshiriqlarni bajaring.
Тopshiriqlar 1. Darslikdan masala tanlang va shartini chizma ko‘rinishida qisqacha yozing. Masala yechilishini tahlil etishda analizni qo‘llang.
2. Kamayuvchini topishga doir sodda masalani o‘z ichiga olgan murakkab masala o‘ylab toping.
3. Darslikdan masala shartini chizma ko‘rinishida qisqacha yozing. Masala yechilishi ustida ishlashda sintezni qo‘llang.
4. Darslikdan masala tanlang, yechishning turli usullarini tavsiflang.
5. Kitobdan o‘quvchilarga masalalar yechish uchun qo‘llanma sifatida beriladigan eslatmani ko‘chirib yozing.
6. Qo‘shish va ayirishga doir ikkita sodda masaladan iborat murakkab masala tuzing. Bu masala ustida ishlash metodikasini (uni sodda masalalarga keltirish) eslatmadan foydalanib ishlab chiqing.
7. Masalalar ustida eslatmadan foydalanib ishlang. Ularning yechilishini tushuntirish bilan yozing.
8- mavzu. II sinf matematika kursida matematik ifodalar.