Matematika O‘Qitish metodikasidan mustaqil ta`lim uchun tavsiyalar



Yüklə 216 Kb.
səhifə7/22
tarix14.12.2022
ölçüsü216 Kb.
#74600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Mustaqil ta`lim

Mashg‘ulot maqsadi: „Yuzlik“ mavzusida algebra elementla­rining bayoni bilan tanishish; matematik ifodalarni o‘rganishning metodik xususiyatlarini aniqlash; dars konspektini tuzish malakasini egallash.
Reja
1. Yuzlik mavzusida algebra elementlari.
2. Sonli ifodalar bilan ishlash metodikasi.
3. O‘zgaruvchini o‘z ichiga olgan ifodalar bilan ishlash metodikasi.
4. Masalalarni yechishda matematik ifodalar tuzish.
Mashg‘ulotga tayyorlanish bo‘yicha ko‘r­sat­ma­lar: rejaning 1-bandiga kitob bo‘yicha og‘zaki javob tay­yorlang, topshiriqlarni bajaring.
Тopshiriqlar
1. II sinf o‘quvchilariga mos bo‘lgan turli sonli ifodalarni yozing. Ulardan eng muhimlarini tushuntiring. Тuzilgan ifodalar­ning har birini o‘qing. Eng murakkab ifodalarda amallar tartibini ayting.
2. „Matematik ifodalarga oid“ dars parchasini tuzing.
3. 7 + 4 va 11 – 5 matematik ifodalar bo‘yicha turli masalalar tuzing.
4. Darslikdan bolalar o‘zgaruvchini o‘z ichiga olgan ifodalar ustida ishlagan jadvalga misol keltiring. Bu ifodalar nechta o‘zgaruvchini o‘z ichiga oladi? O‘zgaruvchi nima? Nima uchun u matematik tilda qo‘llaniladi?
5. „O‘zgaruvchili matematik ifodalar“ mavzusiga oid dars konspekti parchasini tuzing. Sonli ifoda va o‘zgaruvchili ifoda orasidagi farqni bolalarga qanday tushuntirasiz?
6. „Ikki o‘zgaruvchili qiziqarli matematik ifodalar“ o‘yini uchun rasmlar tayyorlang (mashg‘ulotda dars parchasini o‘tkazish uchun bu tuzilgan rasmlardan foydalaning).
7. Bittadan ko‘p amalni o‘z ichiga oladigan matematik ifodalarga misollar keltiring. Yozilgan ifodalarning har birini o‘qing.
8. Masala ustida ishlash metodikasini tavsiflang.
9. (12 – x) + 10 = 18 va 50 + (x – 12) = 56 tenglamalarning yechilishini tushuntiring.
10. Ifodalar tuzing va tahlil eting.

9- mavzu. II sinfda geometrik materialni o‘rganish metodikasi.


Mashg‘ulot maqsadi: „Yuzlik“ konsentrida geometrik material ustida ishlash xususiyatlarini ko‘rsatish; arifmetik va geometrik materialning o‘zaro aloqadorligini aniqlash, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat va aylananing ba’zi xossalarini isbotlash usullarini aniq­lash.
Reja
1. „Yuzlik“ mavzusi bo‘yicha geometrik material.
2. „II sinfda geometrik material“ bo‘limini mantiqiy-didaktik tahlil qilish.
3. Arifmetik-geometrik material bilan ishlash.
4. Тo‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat va aylananing xossalarini tavsif­lovchi ba’zi matematik jumlalarning isbotini o‘qitish xususiyatlari.
Jihozlar: geometrik shakllar modellari, II sinf uchun jadvallar, II sinfda matematika darslariga oid geometrik material.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsat­ma­lar: rejaning 1-bandiga kitob bo‘yicha javob tayyorlang, topshiriqlarni bajaring.
Тopshiriqlar
1. Darslikning geometrik materialni empirik materialdan mate­matik materialga o‘tish yoki empirik materialni matematik tavsif­lash (EMM) nuqtayi nazaridan tahlil qiling. Тahlil natijalarini jadvalga yozing:
2. Тa’riflanadigan geometrik tushunchalarni ajrating va ta’rif turini aniqlang. Natijalarni jadvalga yozing:
3. Algebraik materialni o‘rganishda geometrik materialning qo‘llanishini va aksinchasini mashqlar misolida tahlil qiling. Bu qo‘llanish qanday nazariy asosga ega?
4. Arifmetik materialni o‘rganishda geometrik materiallarni qo‘llanilishini tahlil eting.
5. II sinf matematika kursida yasashga doir masalalar tasnifini amalga oshiring.
6. Matematikada quyidagi tushunchalar juftliklari farq qilinadi: kesma — kesma uzunligi, siniq chiziq — siniq chiziq uzunligi, ko‘pburchak — ko‘pburchak yuzi. Siz bolalarga bu farqni qanday tushuntirasiz? „Kesma“, „Siniq chiziq“, „Ko‘pburchak“ geometrik obrazlaridan foydalaniladigan mashqlarga misollar keltiring.
7. „Kesma uzunligi“, „perimetr“ tushunchalari qo‘llaniladigan topshiriqlar bilan ishlash metodikasini tasniflang.
8. Darslikda o‘quvchilarni „ko‘pburchakning yuzi“ tushunchasi bilan tanishishga tayyorlovchi topshiriqlarni ajrating.
9. II sinfda o‘lchov uzunliklarini kiritish ketma-ketligini aniq­lash uchun ushbu jadvalni tuzing:
10. „Perimetr“ mavzusiga oid amaliy ishni tavsiflang. Bolalar amaliy ish vaqtida perimetrlarini hisoblashga doir ko‘pburchaklar modellarini tayyorlang.
11. Тo‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat va aylana xossalarini tavsif­
laydigan jumlalarni ifodalang.
12. Тa’riflangan jumlalardan har birining „isbotini“ keltiring.
13. Mashqda isbotlanadigan jumlalarni ajrating. Isbotlash usulini aniqlang.
14. Chizmada berilgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini topish usullarining har birini (o‘quvchilar nuqtayi nazaridan) „isbotlang“. Isbotlash usulini aniqlang.
10- mavzu. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o‘rganish metodikasi („yuzlik“ va „minglik“ konsentrlari).

Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin