Matematika O‘Qitish metodikasidan mustaqil ta`lim uchun tavsiyalar



Yüklə 216 Kb.
səhifə8/22
tarix14.12.2022
ölçüsü216 Kb.
#74600
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Mustaqil ta`lim

Mashg‘ulot maqsadi: „Yuzlik“ va „Minglik“ konsentrlari sonlarini nomerlash metodikasi bilan tanishish; darsliklar materialini mantiqiy-didaktik tahlilini o‘tkazishning uquv va malakalarini shakllantirish.


Reja
1. „Yuzlik“ va „Minglik“ konsentrlari sonlarini nomerlashni o‘rganish metodikasi.
2. „Yuzlik“ va „Minglik“ konsentrlarida o‘nlik sanoq sistemasi bilan tanishish amalga oshiriladigan materialning mantiqiy-didaktik tahlili.
3. 1000 ichida sonlar ustida og‘zaki mashqlarning didaktik xususiyatlari.
4. Dars parchasini tuzish.
Jihozlar: cho‘tlar, abak, ikki xonali sonlarning xona jadvali.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsat­malar: rejaning 1- bandiga kitob bo‘yicha og‘zaki javob tayyorlang. Тopshiriqni baja­ring.
Тopshiriqlar

1. „Yuzlik“ konsentri uchun empirik material bo‘lib 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlar qatori, birinchi o‘nlik sonlari nomlari xizmat qiladi. 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19 sonlari nomlarini kiritishda empirik materialning matematikalashtirilishini tavsiflang.


2. Darslikdan „11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar“ tushunchala­rini shakllantiruvchi topshiriqlar tuzing.
3. Bu davrning ko‘rgazmali o‘qitish vositalarini tasniflang.
4. „11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar“ tushunchalarining shakllanishiga yordam beradigan o‘zingizning topshirig‘ingizni tuzing. Darslikda keltirilgan ko‘rgazmali qo‘llanmalardan farqli qo‘llan­malar ishlab chiqing.
5. „Yuzlik“ konsentrining empirik materialini sanab bering. 20 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni kiritish jarayonida empirik materialni matematikalashtirishni tavsiflang. Bu konsentrning sanoq birliklarini aytib bering.
6. Darslikdan o‘quvchilarni 21 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar bilan tanishtiradigan topshiriqlar tizimini yozib oling. Har bir topshiriqning metodik yo‘nalganligini aniqlang.
7. Yozib olingan topshiriqlarni ushbu alomatlar bo‘yicha tasniflang: a) o‘quvchilarni yangi sanoq birligi bilan tanishtiradigan topshiriqlar; b) natural sonlar qatorining tuzilish tamoyillarini aniqlashtiradigan topshiriqlar; d) ikki xonali sonlarning xona tarkibini mustahkamlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar; e) abstrakt va ismli sonlarni bog‘lovchi topshiriqlar.
8. „Ming“ konsentrining empirik materialini ayting. 1000 ichi­da sonlarni kiritish jarayonida EMM ni tavsiflang: a) „Ming“ konsentrining sanoq birliklarini ko‘rsating; b) yuzliklarni sanashni tavsiflang; d) yuzliklar va birliklar sanog‘ini tasniflang; e) yuzliklar va o‘nliklar sanog‘ini tasniflang; f) yuzliklar, o‘nliklar va birliklar sanog‘ini tasniflang.
9. „Ming“ mavzusining ko‘rgazmali qo‘llanmalarini sanab be­ring. Ularni darslikda keltirilgan qo‘llanmalardan farqli yangilari bilan to‘ldiring.
10. „Ming“ mavzusidan o‘quvchilar uchun eng ko‘p qiyinchilik tug‘diradigan topshiriqlarni tanlang. Bu topshiriqlar bilan ishlash metodikasini o‘ylab toping.
11. Тopshiriqlarni 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni nomerlash bilan bog‘lanishini aniqlang. O‘quvchilarning mulohazalarini keltiring. Bu mulohazalar asosida nimalar yotadi?
12. „21 dan 100 gacha sonlari“ mavzusida 100 ichida raqanlashga tayanib yechiladigan qo‘shish va ayirishga doir og‘zaki mashqlarni ajrating.
13. Тopshiriqlar nimasi bilan umumiy va nimasi bilan farq qiladi? Qo‘shish va ayirishning bolalar uchun eng qiyin hollarini ajrating.
14. „Ming“ mavzusida sonlarning xona tarkibiga tayanadigan qo‘shish va ayirishga doir og‘zaki mashqlarni ajrating.
15. Mashqlarning yechilishini tushuntiring.
16. „1000 ichida yozma nomerlash“ mavzusiga oid o‘quvchilarni uch xonali sonlarning xona tarkibi bilan tanishtiruvchi dars parchasini tuzing.

11- mavzu. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o‘rganish metodikasi („Ko‘p xonali sonlar“ konsentri).




Mashg‘ulot maqsadi: „Ko‘p xonali sonlar“ konsentrida nomerlash haqidagi bilimlarni bir tizimga keltirish yo‘llari bilan ta­nishish; o‘quvchilarni ko‘p xonali sonlarni o‘qish va yozishga o‘rgatish metodikasini mashq qilish; mantiqiy-didaktik tahlil malakalarini yanada rivojlantirishni davom ettirish.
Reja
1. „Ko‘p xonali sonlar“ni nomerlashni o‘rgatish metodikasi.
2. „Ko‘p xonali sonlar“ mavzusi o‘quv materiali mazmunining tasnifi.
3. „Ko‘p xonali sonlarni nomerlash“ mavzusiga oid dars bo‘lagini millionlar sinfi xonalari bilan tanishish metodik yo‘llarini aniqlash maqsadida tahlil etish.
3. O‘quv materialining o‘zlashtirilish darajasini aniqlash uchun test topshiriqlar.

Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin