Jihozlar: cho‘tlar, abak, arifmetik quti, raqamli xonalar va sinflar jadvali.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar: rejaning 1-bandiga kitob bo‘yicha og‘zaki javob tayyorlang, topshiriqni bajaring.
Тopshiriqlar
1. „Ko‘p xonali sonlarni nomerlash“ mavzusining yangi tushunchalarini jadvalga yozing:
2. 1000 ichida sonlarni nomerlashni takrorlashga oid topshiriqlar turlarini yozib oling .
3. 1000 ichida sonlarni nomerlashni takrorlash darslarini yangi mashqlar bilan to‘ldiring.
4. „Ko‘p xonali sonlarni nomerlash“ mavzusining yangi tushunchalarini mustahkamlovchi topshiriqlarni ajrating.
5. Bu mavzuda og‘zaki hisob uchun mashqlarni ajrating.
6. Ko‘p xonali sonlarni nomerlashni ismli sonlarni almashtirish bilan bog‘lanishini ko‘rsating.
7. O‘quv qo‘llanmasi bo‘yicha „Ko‘p xonali sonlarni nomerlash“ mavzusiga oid darsni, ushbu savollarga javob berib, tahlil eting: a) darsda qancha topshiriqni bajarish mo‘ljallangan? Тopshiriqlarning qaysi qismi dars mavzusini ochib beradi? Bular yetarlimi? b) darsda qanday ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish taklif etilmoqda? Siz nimani taklif etgan bo‘lar edingiz? d) darsda matematikani atrof-borliq bilan bog‘laydigan masalalar qo‘llanilmoqdami? Bunday masalalarni o‘ylab toping; e) darsda yangi sanoq birliklari ajratilmoqdami? Natural sonlar qatorining tuzilish tamoyillarini; sonda raqamlarning o‘rni bo‘yicha qiymati tamoyilini aniqlashtiruvchi topshiriqlar bormi? f) dars turini aniqlang.
8. „Ko‘p xonali sonlarni nomerlash“ mavzusiga doir dars parchasini yozing.
9. Bunday uchta tekshiruv topshirig‘ini tuzing: ulardan birini o‘quvchilar darslarda, ko‘p xonali sonlarni nomerlash bilan dastlabki tanishuv vaqtida bajargan bo‘lsinlar, ikkinchisi bolalar uchun yangi, lekin ularning kuchlari yetadigan bo‘lsin, uchinchisi esa, nostandart, bolalarni bilimlarni yangi notanish holatlarga ko‘chirishga majbur etadigan bo‘lsin. Har bir topshiriqqa to‘rtta javob tanlang, ulardan faqat bittasi to‘g‘ri bo‘lsin va o‘quvchilarga to‘g‘ri javobni doiracha bilan o‘rashni taklif eting. Ikkinchi topshiriqqa misol: „120477218 soni yozuvida nol nimani bildiradi?“
Javoblar: 1) yettinchi xonaning yo‘qligini; 2) yettinchi xona birliklari yo‘qligini; 3) 0 – millionlar birligi; 4) 0 – millionlar sinfiga tegishli.
Hosil bo‘lgan testni IV sinf o‘quvchisida sinab ko‘ring. O‘quvchi javobini va o‘z testingizni ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil eting.
12- mavzu. „O‘nlik“ konsentrida arifmetik amallarni o‘rganish.
Mashg‘ulot maqsadi: „O‘nlik“ mavzusi ustida ishlashda foydalana bilish lozim bo‘lgan asosiy hisoblash usullarini aniqlash; mavzuni mantiqiy-didaktik tahlil etish uquv va malakalarini takomillashtirishni davom ettirish.
Reja
1. 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish metodikasi.
2. Birga qo‘shish va birni ayirish usullarini tushuntirish uchun nomerlash tamoyillaridan foydalanish.
3. Bo‘laklab (bittalab yoki guruhlab) qo‘shish va ayirish usullaridan foydalanish.
4. Ikki sonli qo‘shiluvchilarning o‘rinlarini almashtirib qo‘shish usullaridan foydalanish.
5. Ayirishning qo‘shish va ayirish orasidagi bog‘liqlikka asoslangan usullari.
Jihozlar: I sinf uchun jadvallar, o‘quvchilarning individual ko‘rgazmali qo‘llanmalari, katakli taxtacha.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar: rejaning 1- bandiga kitobdan foydalanib, og‘zaki javob tayyorlang, topshiriqlarni bajaring.
Тopshiriqlar
1. Berilgan sonning bevosita orqasidan keladigan sonning hosil bo‘lishini qaysi arifmetik amal bilan bog‘laydilar? Berilgan sondan bevosita oldin keladigan sonni hosil qilishni qaysi amal bilan bog‘laydilar? „O‘nlik“ mavzusida bu nomerlash tamoyillari bilan bog‘langan barcha mashqlarni yozib oling va ularni kitobdagi rasmlardan farqli rasmlar bilan namoyish eting. Natijalarni jadvalga kiriting:
2. Natural sonlar qatori kesmasi 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 bilan birni qo‘shish va birni ayirishga doir didaktik o‘yinni o‘ylab toping.
3. Тangalar bilan didaktik o‘yinni o‘ylab toping.
4. Birni qo‘shish va birni ayirish amallarini tushuntirish uchun qulay bo‘lgan masshtabli chizg‘ich tayyorlang.
5. „1 ni qo‘shish va 1 ni ayirish“ mavzusiga oid dars parchasini tuzing.
6. Darslik materiali bo‘yicha o‘qituvchi o‘tkazadigan dars turini aniqlang.
7. Darslikda birinchi o‘nlik sonlarining tarkibini namoyish etuvchi topshiriqlarni ajrating va javobni tuzing:
8. a 2 ko‘rinishidagi qo‘shish va ayirish usullarini ko‘rsating. Darslikning qaysi sahifalarida 2 sonini qo‘shish va 2 sonini ayirish amallari mustahkamlanadi?
9. Darslik materiali bo‘yicha o‘qituvchining o‘tkazadigan darsi turini aniqlang.
10. a 3, a 4 ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish yo‘llarini tushuntiring.
11. Тopshiriqlar metodikasini tayyorlangan masshtabli chizg‘ichdan foydalanib tushuntiring.
12. 2 a = 4, a = 7 + 3, 7 d = 5, 6 + 3 = d ko‘rinishdagi top-shiriqlarning vazifasini tushuntiring.
13. „Qo‘shiluvchilarning o‘rnini almashtirish“ mavzusiga oid darsga „Zinapoya“ didaktik o‘yinini o‘ylab toping.
14. Yig‘indi qo‘shiluvchilarning o‘rinlarini almashtirish bilan topiladigan misollarni ko‘chirib oling.
15. Noma’lum qo‘shiluvchini topish bo‘yicha yangi materialni tushuntirishda o‘z usulingizni o‘ylab toping.
16. 5 + 2 = 7, 7 = 5 + 2 ko‘rinishdagi topshiriqlarning vazifasini tushuntiring. Bu topshiriqlarning nazariy asosini nima tashkil etadi?
17. Qo‘shish va ayirish orasidagi bog‘lanishga asosan ayirish usulini tushuntiring.
18. Darslikdagi topshiriqlar bilan ishlash metodikasini ishlab chiqing. Jadvallarning har biri bo‘yicha xulosa chiqaring.
19. Masala shartining rasm (sxema) ko‘rinishida qisqa yozuvini bajaring.
20. Nol bilan amallar berilgan barcha misollarni yozib oling. Bunday misollar bilan ishlash metodikasini tushuntiring.
13- mavzu. „Yuzlik“ konsentrida arifmetik amallarni o‘rganish (birinchi mashg‘ulot).
1. 100 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish metodikasi.
Dostları ilə paylaş: |