Matematika O‘Qitish metodikasidan mustaqil ta`lim uchun tavsiyalar



Yüklə 216 Kb.
səhifə5/22
tarix14.12.2022
ölçüsü216 Kb.
#74600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Mustaqil ta`lim

Mashg‘ulot maqsadi: Matematika darslari tasnifi bilan, bi­rinchi sinf matematika kursi geometrik materiali mazmuni bilan tanishish; 1- sinfda matematika darslari bo‘laklarini ishlab chiqish malakalarini egallash.
Reja
1. Hozirgi zamon matematika darslariga qo‘yiladigan talablar.
2. 1- sinfda o‘rganiladigan geometrik material tasnifi.
3. Pedagogik amaliyoti davrida tuzgan matematika darslari parchalarini darslar tasnifi nuqtayi nazaridan tahlil etish.
4. „Тo‘g‘ri va egri chiziqlar. Тo‘g‘ri chiziq kesmasi“ mavzusi bo‘yi­cha darsning turli mavzularini ishlab chiqish.
Jihozlar: Ko‘rgazmalar, jadvallar, kodoskop, grafaproyektor, modellar.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsat­ma­lar. Rejaning 1-bandiga mos ma’ruza bo‘yicha og‘zaki javobni tayyorlang, kitob bo‘yicha javob tayyorlang, o‘qituvchi bergan darslar bo‘laklarini tahlil eting, berilgan topshiriqlarni bajaring.
Тopshiriqlar
1. Darslikda geometrik material bayon qilish nuqtayi nazaridan, ya’ni empirik materialdan mos matematik materialga o‘tishni tahlil eting. Natijalarni jadvalda aks ettiring.
2. „Тo‘g‘ri va egri chiziqlar“, „Тo‘g‘ri chiziq kesmasi“ mavzusi bo‘yicha darsning turli ko‘rinishlarini ishlab chiqing.
3. 1- sinf uchun geometrik shakllar to‘plamini tayyorlang.

5- mavzu. Sodda masalalarni yechishga o‘rgatish.




Mashg‘ulot maqsadi: Sodda masalalarning turli ko‘rinishlari bilan tanishish; arifmetik amallarning ma’nosini hamda amallar­ning natijasi va komponentlari orasidagi bog‘lanishni ochib beradigan masalalar guruhlarini ajratish; sodda masalalarni yechishni o‘rgatish metodikasi masalalarini ko‘rib chiqish.


Reja
1. I va II sinfda sodda arifmetik masalalar.
2. Matematikani o‘qitishda sodda arifmetik masalalarning vazifalari.
3. Qo‘shish va ayirishga doir sodda masalalar bilan ishlash metodikasi.
4. Ko‘paytirish va bo‘lishga doir sodda masalalar bilan ishlash metodikasi.
Jihozlar: „Qo‘shish va ayirishga doir sodda masalalar“ diafilmi.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsat­malar. Kitob bo‘yicha qisqacha javob tayyorlang, topshiriqlarni bajaring.
Тopshiriqlar
1. Darslik bo‘yicha „Qo‘shish va ayirishga doir sodda masalalar“ jadvalini tuzing:
2. Тa’riflangan masalalarning komponentlarini ajrating.
3. O‘qituvchi o‘quvchilarni masalalarning asosiy qismlari hamda ularni tahlil etish va yechishni tanishtiradigan dars parchasini (nima ma’lum, nima noma’lum, noma’lum sonni qanday bilish mumkin, yechilishini yozish, masala yechimiga javob berish), keltirish.
4. Darslikda berilgan masalalarni birinchi bola shartni, ikkinchisi savolni, uchinchisi yechilishini, to‘rtinchisi javobni ifodalay olsin.
5. Darslik bo‘yicha qo‘shishga doir „Sodda masalalarning turlari“ jadvalini to‘ldiring:

6. Darslik bo‘yicha „Ayirishga doir sodda masalalar“ jadvalini to‘ldiring:


7. Masalalar ustida ishlash xususiyatlarini darslikdan tanlangan masala misolida ko‘rsating.


8. „Qo‘shish va ayirishga doir sodda masalalar“ ajrating. O‘quvchilarni masalani yechimga yo‘naltiradigan savollarni qo‘ying.
9. Darslikda o‘quvchilarni natural sonlarni ko‘paytirishga tayyor­laydigan sodda masalalarni ajrating. Natijalarni jadvalga yozing:
10. Darslik bo‘yicha „Ko‘paytirishga doir sodda masalalar“ va „Bo‘lishga doir sodda masalalar“ jadvallarini 5, 6- topshiriqlar namunasi bo‘yicha tuzing.
11. Ko‘paytirish va bo‘lish bilan yechiladigan sodda masalalar har bir turining yechilishini tahlil qiling.
12. Yechilgan masalalardan birini analiz va sintez qiling.

6-mavzu. I sinfda „tenglik“, „tengsizlik“, „tenglama“ tushunchalari (didaktik tahlil).




Mashg‘ulot maqsadi: Darslikda tenglamalar va tengsizliklar bilan bog‘liq materialning mazmuni bilan tanishish, materialni didaktik tahlil etish uquvini rivojlantirish.
Reja
1. Sonli tengsizliklar, tenglik va tenglamalar bilan bog‘liq mate­rialning umumiy tasnifi.
2. „Тenglama“, „tenglik“, „tengsizlik“ tushunchalarini shakl­lantirish bo‘yicha dastlabki qadamlar.
3. Тenglamalarning ba’zi turlari ustidagi ishning didaktik xusu­siyatlari, ularni yechish usullarini tushuntirish.
4. Masalalarni yechishda tenglamalarning tatbiqi.

Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin