Matematika O‘Qitish metodikasidan mustaqil ta`lim uchun tavsiyalar



Yüklə 216 Kb.
səhifə11/22
tarix14.12.2022
ölçüsü216 Kb.
#74600
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Mustaqil ta`lim

15-mavzu. „O‘nlik“ konsentrida masalalar ustida ishlash metodikasi.
Mashg‘ulot maqsadi: „O`nlik“ konsentrvda o‘quvchilarni „sodda masalalarni yechishni o‘qitish metodikasini mashq qilish; sodda masalalarni yechishda ko‘rgazmali qo‘llanmalarni qo‘llanishda ba'zi o‘quv va malakalarni egallash.
Reja
1. Qo‘shishga va ayirishga oid sodda masalalar.
2. Qo‘shishga oid sodda masalalar tasnifi.
3. Ayirishga oid sodda masalalar tasnifi.
4. „O`nlik“ konsentrida sodda masalalarni yechishda ko‘rgazmali qo‘llanmalarni qo‘llash metodikasi.
Jihozlar: I sinf uchun jadvallar, „qo‘shish va ayirishga oid sodda masalalar“ ko`rgazmasi, katakli taxtacha.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar: rejaning 1-bandiga tavsiya etilgan adabiyot bo`yicha og‘zaki javob tayyorlang
Тopshiriqlar.
1. „O‘nlik“ konsentrida qo‘shishga oid sodda masalalarning ushbu turlarini ajrating: ikki yoki bir necha qo‘shiluvchining yigindisini topish; bir necha birlik orttirish; kamayuvchini topish; (masalani sahifa nomeri bilan, tayyorgarlik davri masalasini esa rasm va sahifa nomeri bilan ko‘rsating). Jadval tuzing.
2. Ikki yoki bir necha qo‘shiluvchining yig`indisini topishga doir sodda masalalar ustida ish bosqichlarini ajrating.
3. Bir necha birlik orttirishga doir masalalar ustida ishlash xususiyatlarini ko‘rsating.
4. „O‘nlik“ konsentrida ayirishga oid sodda masalalarning ushbu turlarini ajrating: qoldiqni topish, bir necha birlik kamaytirish; noma`lum ayriluvchini topish; ayirmali taqqoslash.
5. Noma'lum qo‘shiluvchini topishga oid sodda masalalar misolida masala strukturasi ustida ishlashni ko‘rsating.
6. Ayirmani taqqoslashga oid sodda masalalar ustida ishlash metodikasini tavsiflang.
7„ „Qo‘shish va ayirishga oid sodda masalalar“ biri ustida ishlash metodikasini tushuntiring.
8. Qoldiqni topishga oid masalalarning hosil bo‘lish jarayonini katakli taxtacha ustida ko‘rsating.
9. O‘qituvchilar ayirishga oid sodda masalalar tuzishlari uchun hikoyalar, rasmlar, qisqa yozuvlar o‘ylab toping.
10. O‘qituvchi mustaqil va nazorat ishlarini tashkil etishda foydalana olishi mumkin bo‘lgan sodda masalalarning barcha turlaridan rasmlari bilan ko`rgazma tayyorlang.
11. Masalalar ustida ishlash metodikasini tavsiflang.
16- mavzu. „Ming“ konsentrida arifmetik amallarni o‘rganish.
Mashg‘ulot maqsadi: „Ming“ konsentri mazmuni bilan va uch xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish amallari ustida ishlash metodikasi bilan tanishish.
Reja
1. „Ming“ konsentrida yozma va og‘zaki hisoblash darslarini qarash metodikasi.
2. „Uch xonali sonlarni qo‘shish“ va „Uch xonali sonlarni ayirish“ mavzularining tuzulishi.
3. Uch xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish amallarini kiritishda muammoli yondoshuv misollari.
4. „Uch xonali sonlarni qo‘shish va ayirish“ mavzusi bo‘yicha mustaqil ishning turli usullari.
Jihozlar: 2- sinf uchun jadvallar, cho‘tlar, sonlar kassasi.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar: rejaning 1-bandiga adabiyot bilan tanishing.
Тopshiriqlar
1. 1000 ichida qo‘shish va ayirish amallarining xossalari va o‘nlik sanoq sistemasining xususiyatlaridan foydalanish nuqtayi nazaridan tahlil qiling. Тahlil natijalarini jadvalga yozing:
Uch xonali sonlarni qo‘shish va ayirish yozma amallarining kiritilish ketma-ketligini tahlil eting.
1. 123 + 246 = 369 (ustunlar shaklida yozamiz) o‘nliklar ostiga o‘nliklar, yuzliklar ostiga yuzliklar turadigan qilib yozish; + ishorani qo‘yish va chiziqcha tortish.
2. Birliklarni, keyin o‘nliklarni, keyin yuzliklarni qo‘shish.
3. Hosil bo‘lgan yig‘indini o‘qish.
4. „Uch xonali sonlarni qo‘shish“ va „uch xonali sonlarni ayirish“ mavzulari tuzilishida qanday umumiylik bor va bu mavzular nimasi bilan farq qiladi?
5. Qo‘shish va ayirish amallarini bunday ketma-ketlikda kiritilishi (2- topshiriq ) nega qabul qilingan?
6. Boshqacha ketma-ketlik ham bo‘lishi mumkinmi? (Javo­bingizni misollar bilan asoslang.)
7. Yozma qo‘shish usullariga o‘tishda muammoli vaziyat yaratishni tavsiflang. Тopshiriqni bajarishda o‘quvchining mulohaza­larini ayting,
8. Yozma ayirish usullariga o‘tishda muammoli vaziyat yaratishni tavsiflang.
9. Raqamlarni tiklashga doir misollarni yechishda muammoli vaziyat yaratilishini tavsiflang.
10. „Uch xonali sonlarni qo‘shish“ mavzusi bo‘yicha mustaqil ish usulini ishlab chiqing.
11. Ikkinchi sinf uchun „1000 ichida qo‘shish va ayirish“ mavzusi bo‘yicha yakuniy nazorat ishining ikki usulini tuzing.
12. Yakuniy nazorat ishini tahlil etish sxemasini ishlab chiqing.

17- mavzu. „Ko‘p xonali sonlar‘ konsentrida arifmetik amallarni o‘rganish (birinchi mashg‘ulot).



Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin