Matematika O‘Qitish metodikasidan mustaqil ta`lim uchun tavsiyalar



Yüklə 216 Kb.
səhifə13/22
tarix14.12.2022
ölçüsü216 Kb.
#74600
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Mustaqil ta`lim

Jihozlar: „Kattalik ulushi‘, „Kasrlar‘ga doir ko‘rgazmalar.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko’rsatmalar. Rejaning 1-bandiga kitoblar bo‘yicha og‘zaki javob tayyorlang.
Тopshiriqlar
1. „Ulushlar‘ va „Kasrlar‘ mavzularida yangi tushunchalarni ajrating.
2. „Ulushlar‘ va „Kasrlar‘ mavzulari orasidagi bog‘lanish munosabatlarni ajrating.
3. „Ulushlar“, „Kasrlar“ tushunchalari va „teng“, „katta“, „kichik“ munosabatlarini shakllantirishning didaktik asoslarini ajrating.
4. II sinfda ulushlar bilan tanishishda individual foydalanish uchun geometrik shakllar to‘plamini tayyorlang.
5. Mashqlarni bajarayotgan o‘quvchilarning yo‘l qo‘yishlari mumkin bo‘lgan xatoliklarining oldini olish bo‘yicha ish olib borish uchun ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlang.
6. Ulushlarni belgilashga o‘tishda o‘qituvchi yaratadigan muam­moli vaziyatni topshiriqlar misolida tavsiflang.
7. Darslikdan ulushlarning hosil bo‘lish jarayonini va yozi­lishini mustahkamlaydigan topshiriqlarni aytib bering (shu ishni darslik uchun ham bajaring).
8. Ulushlar, kasrlar bilan tanishish jarayonidagi amaliy ishlarning vazifasini psixologiya, mantiq, pedagogika, matematika nuqtayi nazaridan baholang.
9. Тoshpiriqni o‘quvchilarni „kasr‘ tushunchasiga olib keladigan amaliy ishlar ketma-ketligi bilan almashtiring.
10. Ulushlar va kasrlar bilan tanishishda foydalaniladigan ko‘rgazmali qo‘llanmalar turlari bilan tanishing.
11. III va IV sinf matematika darslarida „Kattalikning ulushi. Kasrlar‘ o‘rnini belgilang.
12. III sinf uchun jadvallarga oid savollar ketma-ketligini yo­zing. Ular orasida muammoli ruhdagi savollarning tagiga chizing.
13. O‘quvchilarni sonning ulushini va ulushiga ko‘ra sonning o‘zini, sonning kasrini topishga doir masalalarni yechishga tay­yorlaydigan kasrlarini ajrating.
14. Тopshiriqlarga oid rasmlarda kasrlarning qaysi xossasi tav­siflanadi? Kasrlarning bu xossasidan foydalaniladigan topshiriqlarni aytib bering. U III sinfda nima uchun ko‘rgazmali asosdagina qa­raladi?
15. O‘quvchilarni sonning ulushini topishga tayyorlaydigan topshiriqlarni aytib bering.
16. Darslikdan „Sonning ulushini topish‘ bo‘yicha tahlil etiladigan masalalarni ajrating.
17. Masala shartining qisqa yozuvini rasm ko‘rinishida yozing. Bu masalaning yechimini izlashchda rasmning ahamiyatini ko‘rsating.
18. Sonni uning ulushi bo‘yicha topishga oid masalalarni yechishga o‘quvchilarni tayyorlaydigan topshiriqlarni ko‘rsating.
19 Тopshiriqlarning yechimini izlashni faollashtiruvchi usul­larni tavsiflang.
20- mavzu. 4-sinfda geometrik materialni o‘rganish.


Mashg‘ulot maqsadi. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarida geo­metrik shakl, 4-sinfda hajm tushunchasi va ularning xossalari va munosabatlari haqidagi tasavvurlarni yanada takomillashtirishga, eng sodda geometrik shakllarni yasash malakalarining ishlab chiqilishiga yordam beradigan usullar bilan tanishish.
Reja
1. „Ko‘p xonali sonlar‘ mavzusida geometriya elementlari.
2. Yasashga doir masalalar bilan ishlash xususiyatlari.
3. 4- sinfda masalalarni yechishda grafik tasvirlardan foydala-nish.
4. Shakl bo‘laklarga bo‘linadigan va barcha hosil bo‘lgan shakllarni sanash masalasi qo‘yiladigan masalalarni yechishning turli usullarini tahlil etish.
5. 4-sinf matematika darsida hajmlarni hisoblashga doir topshiriqlarni tahlil eting.
Jihozlar: 4- sinf uchun jadvallar, 3- sinfda geometriya elementlari.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar: rejaning 1-bandiga kitob bo‘yicha javob tayyorlang.
Тopshiriqlar
1. Тopshiriq bo‘yicha toza qog‘ozda to‘g‘ri to‘rtburchakni yasash algoritmini tavsiflang.
2. Masalani yechishda yasashga doir masalalarni yechish to‘rt bosqichi: tahlil, yasash, isbotlash va tekshirishni ajrating. Har bir bosqichlar bo‘yicha o‘qituvchi sinfga murojaat etadigan savollarni ta’riflang.
3. Тopshiriq bo‘yicha toza qog‘ozda to‘g‘ri burchakli uchburchakni yasash algoritmini ta’riflang.
4. Darslikda toza qog‘ozda geometrik shakllarni yasashga oid masalalarni ajrating.
5. III—IV sinfda yasashga doir masalalar tizimini tuzing va uni o‘z masalalar to‘plamingizga kiriting.
6. Masalalar shartining grafik tasvirini yasang. Bu masalalar yechilishini tahlil eting va tahlil sxemasini chizing.
7. Masalaning quyida keltirilgan yechilishi bo‘yicha uni ta’riflang va chizma chizing:
I usul: (500 + 300) · 400 = 320 000 (kv. m).
II usul: 500 · 400 + 300 · 400 = 320 000 (kv. m)
8. Darslikdan sharti grafik yozilishi mumkin bo‘lgan masalalarni ajrating va ularni yozing.
9. Masalani tenglama tuzish usuli bilan yechilishida o‘quvchilarga bu tenglamani tuzishga yordam beradigan chizmani chizing.
10. Darslikdan shakl bo‘laklarga bo‘linadigan va hosil bo‘lgan barcha bo‘laklarni sanash talab etiladigan masalalar nomerlarini yozib oling.
11. Masala va uning yechilishining to‘g‘riligini tekshirishni amalga oshiruvchi metodlar tasnifi.
12. Masala yechimining to‘g‘riligini tekshirish uchun A nuqta uchlaridan biri bo‘ladigan rangli ko‘pburchaklar modellarini tay­yorlang. Bu modellar bilan ishlash metodikasini tushuntiring.
13. O‘qituvchi topshiriqni bajarishda nega koordinatalar usulidan foydalanishini tushuntiring. Bu topshiriq bilan ishlash metodikasini tushuntiring. Koordinatalar usulini boshlang‘ich sinflar o‘quvchilariga tushunarli tilda qanday tavsiflash mumkin?

21- mavzu.Asosiy kattaliklarni o‘rganish metodikasi.


Mashg‘ulot maqsadi: boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan kattaliklarni har bir sinfdagi asosiy kattaliklarni ajratish bilan tasnif­lash; asosiy kattaliklarni o‘rganish metodikasi; „son“, „sonlar ustida amallar“ tushunchalarining shakllanish jarayonida kattalik va uning xossalari haqidagi tasavvurlardan foydalanish xususiyatlarini tahlil etish
Reja

Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin