Matematika O‘Qitish metodikasidan mustaqil ta`lim uchun tavsiyalar


-mavzu . „Ko‘p xonali sonlar“ konsentrida masalalar ustida ishlash metodikasi



Yüklə 216 Kb.
səhifə18/22
tarix14.12.2022
ölçüsü216 Kb.
#74600
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Mustaqil ta`lim

27-mavzu . „Ko‘p xonali sonlar“ konsentrida masalalar ustida ishlash metodikasi .
Mashg‘ulot maqsadi: o‘quvchilarni xarakatga doir va shakllarining yuziga doir masalalarni yechishga o‘qitish metodikasini mashq qilish.
Reja
1. Shakl yuzini topishga doir masalalarni yechishda rasmlar, sxemalar, chizmalar.
2. Harakatga doir masalalar bilan ishlash metodikasi.
3. Shakl yuzini topishga doir masalalar bilan ishlash metodikasi.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar: rejaning 1-bandiga adabiyotlar bo`yicha qisqacha og‘zaki javob tayyorlang.
Тopshiriqlar
1.„Ko‘p xonali sonlar“ konsentrida harakatga doir masalalarni tasniflang.
2.Harakatga doir masalalarning har biri bilan ishlash metodikasini tushuntiring.
3.Ushbu turdagi masalalarni tuzish bo‘yicha ishlashda topshiriqlar turlarini keltiring:
a) berilgan masalaga o‘xshash masala tuzish;
b) masalani shartining qisqa yozuvi bo‘yicha tuzish;
d) masalalarni qisqacha jadvalli yozuvi bo‘yicha tuzsh;
e) chizma bo‘yicha masalalar tuzish;
g) sxema bo‘yicha masalalar tuzish;
f) masalalarni ko`rsatilgan arifmetik amallar bo‘yicha tuzish;
k) berilgan masalaga teskari masala tuzish.
4.Jadval bo`yicha shakl yuzini hisoblashga doir masalalarni tasniflashni amalga oshirish.
5. Ko‘rsatilgan turdagi masalalarning har biri ustida ishlash metodikasini tushuntiring.
6.Ko‘pburchak, kvadrat yuzini hisoblash mavzusi bo‘yicha dars bo`lagini yozing.
7. Og‘zaki hisoblash malakalarni shakllanganlik darajasini tekshirish va mashqlar tuzish.


28-mavzu. „O‘nlik‘ konsentrida masalalar ustida ishlash metodikasi.
Mashg‘ulot maqsadi: „O`nlik‘ konsentrvda o‘quvchilarni „sodda masalalarni yechishni o‘qitish metodikasini mashq qilish; sodda masalalarni yechishda ko‘rgazmali qo‘llanmalarni qo‘llanishda ba'zi o‘quv va malakalarni egallash.
Reja
1. Qo‘shishga va ayirishga oid sodda masalalar.
2. Qo‘shishga oid sodda masalalar tasnifi.
3. Ayirishga oid sodda masalalar tasnifi.
4. „O`nlik‘ konsentrida sodda masalalarni yechishda ko‘rgazmali qo‘llanmalarni qo‘llash metodikasi.
Jihozlar: I sinf uchun jadvallar, „qo‘shish va ayirishga oid sodda masalalar‘ ko`rgazmasi, katakli taxtacha.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘rsatmalar: rejaning 1-bandiga tavsiya etilgan adabiyot bo`yicha og‘zaki javob tayyorlang
Тopshiriqlar.
1. „O‘nlik‘ konsentrida qo‘shishga oid sodda masalalarning ushbu turlarini ajrating: ikki yoki bir necha qo‘shiluvchining yigindisini topish; bir necha birlik orttirish; kamayuvchini topish; (masalani sahifa nomeri bilan, tayyorgarlik davri masalasini esa rasm va sahifa nomeri bilan ko‘rsating). Jadval tuzing.
2. Ikki yoki bir necha qo‘shiluvchining yig`indisini topishga doir sodda masalalar ustida ish bosqichlarini ajrating.
3. Bir necha birlik orttirishga doir masalalar ustida ishlash xususiyatlarini ko‘rsating.
4. „O‘nlik‘ konsentrida ayirishga oid sodda masalalarning ushbu turlarini ajrating: qoldiqni topish, bir necha birlik kamaytirish; noma`lum ayriluvchini topish; ayirmali taqqoslash.
5. Noma'lum qo‘shiluvchini topishga oid sodda masalalar misolida masala strukturasi ustida ishlashni ko‘rsating.
6. Ayirmani taqqoslashga oid sodda masalalar ustida ishlash metodikasini tavsiflang.
7„ „Qo‘shish va ayirishga oid sodda masalalar‘ biri ustida ishlash metodikasini tushuntiring.
8. Qoldiqni topishga oid masalalarning hosil bo‘lish jarayonini katakli taxtacha ustida ko‘rsating.
9. O‘qituvchilar ayirishga oid sodda masalalar tuzishlari uchun hikoyalar, rasmlar, qisqa yozuvlar o‘ylab toping.
10. O‘qituvchi mustaqil va nazorat ishlarini tashkil etishda foydalana olishi mumkin bo‘lgan sodda masalalarning barcha turlaridan rasmlari bilan ko`rgazma tayyorlang.
11. Masalalar ustida ishlash metodikasini tavsiflang.



Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin