Matematika O‘Qitish metodikasidan mustaqil ta`lim uchun tavsiyalar



Yüklə 216 Kb.
səhifə21/22
tarix14.12.2022
ölçüsü216 Kb.
#74600
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Mustaqil ta`lim

Mashg‘ulot maqsadi: „Kasrlar‘ (4-sinf) va „Hajm‘ (4-sinf) mavzulari ustida ishlash xususiyatlari bilan tanishish; mavzular­dagi asosiy tushunchalarni (ob’ektlar va ular orasidagi munosabatlar) ajratish; sonning kasrini va ulushiga ko‘ra sonni topishga doir masalalarni yechishning o‘qitish metodikasi masalalarini qarash.
Reja
1. „Halm‘ va „Kasrlar‘ mavzulari.
2. „Kasrlar‘ mavzusining mantiqiy-didaktik tahlili.
3. 4-sinfda kasrlar bilan tanishtirishda amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi.
4. „Kasrlar ‘ va „Hajmlar‘ mavzularida masalalar yechimini izlashning o‘qitish metodikasi.
Jihozlar: „Hajm va Kasrlar‘ga doir ko‘rgazmalar.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko’rsatmalar. Rejaning 1-bandiga kitoblar bo‘yicha og‘zaki javob tayyorlang.


Тopshiriqlar
1. „ Hajmlar ‘ va „Kasrlar‘ mavzularida yangi tushunchalarni ajrating.
2. „ Hajmlar ‘ va „Kasrlar‘ mavzulari orasidagi bog‘lanish munosabatlarni ajrating.
3. „ Hajmlar “, „Kasrlar“ tushunchalari va „teng“, „katta“, „kichik“ munosabatlarini shakllantirishning didaktik asoslarini ajrating.
4. 4 sinfda hajmlar bilan tanishishda individual foydalanish uchun geometrik shakllar to‘plamini tayyorlang.
5. Mashqlarni bajarayotgan o‘quvchilarning yo‘l qo‘yishlari mumkin bo‘lgan xatoliklarining oldini olish bo‘yicha ish olib borish uchun ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlang.
6. Hajmlar belgilashga o‘tishda o‘qituvchi yaratadigan muam­moli vaziyatni topshiriqlar misolida tavsiflang.
7. Darslikdan ulushlarning hosil bo‘lish jarayonini va yozi­lishini mustahkamlaydigan topshiriqlarni aytib bering (shu ishni darslik uchun ham bajaring).
8. Hajmlar, kasrlar bilan tanishish jarayonidagi amaliy ishlarning vazifasini psixologiya, mantiq, pedagogika, matematika nuqtayi nazaridan baholang.
9. Тoshpiriqni o‘quvchilarni „kasr‘ va hajmlar tushunchasiga olib keladigan amaliy ishlar ketma-ketligi bilan almashtiring.
10. hajmlar va kasrlar bilan tanishishda foydalaniladigan ko‘rgazmali qo‘llanmalar turlari bilan tanishing.
11. IV sinf matematika darslarida „ hajmlar i. Kasrlar‘ o‘rnini belgilang.
12. 4- sinf uchun jadvallarga oid savollar ketma-ketligini yo­zing. Ular orasida muammoli ruhdagi savollarning tagiga chizing.
13. O‘quvchilarni sonning ulushini va ulushiga ko‘ra sonning o‘zini, sonning kasrini topishga doir masalalarni yechishga tay­yorlaydigan kasrlarini ajrating.
14. Тopshiriqlarga oid rasmlarda kasrlarning qaysi xossasi tav­siflanadi? Kasrlarning bu xossasidan foydalaniladigan topshiriqlarni aytib bering. U III sinfda nima uchun ko‘rgazmali asosdagina qa­raladi?
15. O‘quvchilarni sonning ulushini topishga tayyorlaydigan topshiriqlarni aytib bering.
16. Darslikdan „ hajmlar‘ bo‘yicha mashqlar tahlil etiladigan masalalarni ajrating.
17. Masala shartining qisqa yozuvini rasm ko‘rinishida yozing. Bu masalaning yechimini izlashchda rasmning ahamiyatini ko‘rsating.
18. Hajmlarni hisoblash bo‘yicha topishga oid masalalarni yechishga o‘quvchilarni tayyorlaydigan topshiriqlarni ko‘rsating.
19 Тopshiriqlarning yechimini izlashni faollashtiruvchi usul­larni tavsiflang.
34-mavzu. Shaklning yuzi. Hajmlarni hisoblash.
Mashg‘ulot maqsadi: shakllar yuzlarini va hajmlarni hisoblashning turli usullari bilan tanishish; to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat yuzlarini hisoblash qoidalarini asoslash; masalalarni yechishda shakllar yuzlarini hisoblash qoidalarining qo‘llanishini ko‘rsatish.
Reja
1. „Ko‘pburchak yuzi“ bo‘limini o‘rganish metodikasi.
2. „Shaklning yuzi“, „Kvadrat santimetr“ mavzusi ustida ishlash metodikasi.
3. „Yuzni hisoblash“, „Kvadrat detsimetr“ mavzusi ustida ishlash metodikasi.
4. „Yuzni hisoblash“, „Kvadrat metr“ mavzusi ustida ishlash metodikasi.
5. „Hajimlarni hisoblash‘ mavzusi ustida ishlash metodikasi.
Jihozlar: mayda va yirik turli paletkalar, tekis geometrik modellar, 3- sinf uchun jadvallar, „Тo‘g‘ri turtburchak uning pe­rimetri va yuzi“, „4-sinfda geometrik materiallar“, „Kattaliklarni o‘lchash“, O‘lchovlar jadvali.
Mashg‘ulotga tayyorlanish uchun ko‘r-satmalar: rejaning 1-bandiga kitob bo‘yicha javob tayyorlang.
Тopshiriqlar
1. Darslikdan o‘quvchilarni „shaklning yuzi‘ tushunchasini o‘zlashtirishga tayyorlaydigan topshiriqlarni tanlang.
2. Darslikda keltirilganlardan farqli shakllar modellarini yasang. Ularga „shaklning yuzi‘, „hajm‘ tushunchasini aniqlashtiradigan savollar qo‘ying.
3. O‘quvchilarni yuzning yagona birligini kiritish zarurligiga mayda va yirik turli paletka yordamida qanday qilib olib kelishni aniqlang.
4. „Kvadrat santimetr“ tushunchasining mazmunini tahlil qi-ling.
5. O‘quvchilarni to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash qoidasiga olib keladigan topshiriqlar tizimini tuzing. Тo‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblab chiqarishni taqqoslang.
6. Тo‘g‘ri to‘rtbuchak yuzini aniqlash bo‘yicha amaliy ish uchun to‘g‘ri to‘rtburchaklarning individual foydalaniladigan turli mo­dellarini tayyorlang.
7. Masalalar bilai ishlashning turli usullarini ko‘rsatang.
8. „Kvadrat ditsimetr“ tushunchasini kiritishda o‘qituvchi o‘tkazadigan amaliyotini tavsiflang.
9. Masala bilan ishlash metodikasini tavsiflang. Ismli sonlarni almashtirishni 100 ichida sonlarni nomerlash bilan bog‘lang.
10. Masala yechilishining bir necha usullarini ko‘rib chiqing.
11. O‘lchovlar jadvalining tuzilish metodikasini tavsiflang:
1 kv m = 100 kv dm; 1 kv m = 10000 kv sm; 1 kv dm = = 100 kv sm.
12. Darslikda keltirilganlardan to‘g‘ri burchakli paralellepipedning hajmi, tezlik, narx (baho) formulalari tushunchasini aninqlashtiradigan savollar qo‘ying.
13. Hajmi, tezlik, narx (baho) mavzusiga oid topshiriqlarni bir tizimga keltiring. (4- sinf darsligi asosida).

Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin