Ilmiylik prinsipi matematika o’qitish mazmunining ilmiy bo’lishi, matematikaning
xozirgi axvoli va uning rivojlanishini obyektiv aks ettirishni ifodalaydi. Moxiyati o’qitish
mazmuni va o’qitish usullari xozirgi paytdagi matematika fani saviyasi va talablariga mos
kelishini ta’minlashdan iborat. Masalan, matematik tushuncha va xukmlarni ifodalashda
ilmiy ravishda to’gri yondashish xam bunga kiradi. Bundan tashkari, xar bir matematik
xukmga tankidiy o’qitish, u asoslangan bo’lsa xam isbot deb karamaslik, ta’rif va
teoremalarni bir-biridan ajrata olish kabi uslubiy jixatlarga e’tibor berish talab etiladi.
Masalan, birorta tenglamaning kaysi to’plamda o’rinli ekanligini aniqlashda xakikiy sonlar
to’plamidan xam kengrok to’plam kompleks sonlar to’plami xam mavjudligini ta’kidlab
o’tish mumkin. Yoki nolinchi daraja, logarifm ta’riflarini tenglik ko’rinishda yozilishi ta’rif
ekanligi va ular isbotlanmasligi aytib o’tish mumkin. Ko’pincha masalalar yechimlarini
tavsiflashda ularning real amaliy xayotga mos kelish yoki kelmasligini tekshirish xam
matematika qo’llanilishi moxiyatini tushunishga imkon beradi.