Ko’rgazmalilik prinsipi matematika o’qitishning eng muxim prinsiplaridan biri bo’lib, u o’quvchilarning chuqur va puxta bilim olishlari uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashga
xizmat kiladi. Ko’rgazmalilik matematika o’qitishda quyi sinflarda keng qo’llanilishi bilan
birga ayniksa geometriya o’qitishda keng foydalaniladi. Bu prinsipni chex pedagogi
Ya.A.Komenskiy asoslagan, rus pedagogi K.D.Ushinskiy esa ko’rgazmalilik bolalar ruxiy
xususiyatlariga javob beradi deb xisoblagan. U o’quvchilar tasavvurlar doirasini
kengaytiradi, ta’limda konkretlilik, qiziquvchanlik va fikrlashni rivojlantiradi.