Matematika o’qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari. Matematikaning fan va o’quv predmeti sifatidagi xarakteristikasi


Matematika o’qitishdagi ilmiy usullar. Ilmiy tadqiqot uslublarining umumiy xarakteristikasi: kuzatish va tajriba, eksperiment, taqqoslash



Yüklə 48,84 Kb.
səhifə2/19
tarix30.04.2022
ölçüsü48,84 Kb.
#56778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
oraliq mo\'m

Matematika o’qitishdagi ilmiy usullar. Ilmiy tadqiqot uslublarining umumiy xarakteristikasi: kuzatish va tajriba, eksperiment, taqqoslash.

Metod so'zi grekcha so‘z bo‘lib, «yo‘l ko‘rsatish» demakdir. «Ta’lim inetodi» tushunchasi esa hozirgi zamon metodika va didaktika fanlaridagi asosiy tushunchalardan biridir, ammo bu tushuncha yaqin vaqtlarga qadar har xilmetodik adabiyotlarda turli mazmunda qo‘llanib kelinar cdi. XIX asrga qadar bo'lgan metodik adabiyotlarda «metod» tushunchasi matematika kursining asosiy mazmunini bayon qiluvchi mavzuning tavsifi sifatida ishlatiladi. Masalan, «Sonlarni o'rganish metodi», «Geometrik figuralarni o'rganish metodi» va hokazo.

Hozirgi zamon didaktikasida, jumladan, matematika o'qitish metodikasi fanida ta’lim metodining muammolari umumiy holda hal qilingan bo'lib, u o'zining quyidagi ikki tomoni bilan xarakterlanadi: a) o'qitish (o'qituvchining faoliyati); b) o'rganish (o'quvchilarning ongli bilish faoliyati).

Matematikadagi izlanishning ilmiy metodlari bir vaqtning o‘zida matematikani o‘qitishdagi ilmiy izlanish metodlari vazifasini ham bajaradi. O‘qitishdagi ilmiy izlanish metodlari quyidagilardan iboratdir:



Ta’rif.'>Ta’rif. Matematik obyektdagi narsalarning xossalari va ularning о‘zaro munosabatlarini belgilovchi metod kuzatish deyiladi.

Ta’rif. Matematik obyektdagi narsalarning xossalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni sun’iy ravishda bo‘lak (qism)larga ajratish yoki ularni birlashtirish tajriba metodi deyiladi.

O'quvchilarda ixtiyoriy natural sonlarni misolda ko'rsatilganidek, tub ko'paytuvchilarga ajratish jarayonida tajriba hosil bo'lib, ular natural sonlar to'plamida tub va murakkab sonlar mavjud ekanligini tushunib yetadilar. Murakkab natural sonlarni ham tub ko'paytuvchilarga ajralishini, ammo ularning ko'paytuvchilari kamida uchta va undan ortiq bo'lishini tajriba orqali tekshirib ko'radilar.

Masalan: 4=2*2-l; 6 = 3-2-1; 25 = 5-5-1; 36 = 3-3-2-21.

Kuzatish va tajriba natijasida tub hamda murakkab sonlarni qonun va qoidalari o'quvchilarga tushuntiriladi.


Ta’rif. О‘rganilayotgan matematik obyektdagi narsalarning o'xshash va farqli tomonlarini aniqlovchi metod taqqoslash metodi deyiladi. Taqqoslash metodi ham ilmiy izlanish metodlaridan biridir. Taqqoslash metodini matematika darslarida o‘rganilayotgan mavzu material- lariga tatbiq qilishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:
1) taqqoslanayotgan matematik tushunchalar bir jinsli bo‘lishi kerak;
2) taqqoslash o‘rganilayotgan matematik obyektdagi narsalarning asosiy xossalariga nisbatan bo‘lishi kerak.
1- misol. Uchburchak figurasi bilan to'rtburchak figurasi taqqoslanganda ularning o‘xshash tomonlari: uchlari, burchaklari; ularning o'zaro farqli tomonlari:
a) uchburchakda uchta uch va uchta tomon;
b) to‘rtburchak to'rtta uch va to‘rtta tomondan iboratligi aniqlanadi.
Bu misolda taqqoslashning ikkala prinsipi ham bajarildi, ya’ni uchburchak va to'rtburchak figuralari bir jinsli tushunchalar bo‘lib, ikkalasi ham ko‘pburchakning xususiy hollaridir hamda taqqoslash metodi ikkala figuraning asosiy xossalariga nisbatan amalga oshirildi.




Yüklə 48,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin