Matematika o’qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari. Matematikaning fan va o’quv predmeti sifatidagi xarakteristikasi


Matematika o’qitishning eviristik usuli



Yüklə 48,84 Kb.
səhifə13/19
tarix30.04.2022
ölçüsü48,84 Kb.
#56778
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
oraliq mo\'m

Matematika o’qitishning eviristik usuli

“Eviristika” so’zining ma’nosi “savol-javobga asosan topaman” demakdir.

Evristik metod bilan o’qitish maktablarda asosan, XIX asr boshlaridan boshlab qo’llanila boshlandi.

Atoqli pedagog-matematik S.I.Shoxor-Trotskiy o’zining “Геометрия на задачах” nomli kitobida bunday yozadi: “ Geometrik mashg’ulotlar o’quvchilarga qiziqarli bo’lishi uchun, bu mashg’ulotlardagi har bir masala yoki topshiriq so’zma-so’z quruq yodlash uchun emas, balki ularning aqliy faoliyatlarini ishga soladigan xarakterda bo’lishi kerak”

Amerikalik olim D. Poya o’zining “ Как решат задачу” nomli kitobida evristik ta’lim metodini bunday tushuntiradi: “ Evristikaning maqsadi-yangiliklarga olib boruvchi metod va qoidalarni izlash demakdir”.

U evristik metod mohiyatini quyidagidek izchillikda tuzilgan reja orqali amalga oshirishni tavsiya qiladi:



  1. Masalaning qo’yilishini tushuntirish;

  2. Masalani yechish rejasini tuzish;

  3. Tuzilgan rejani amalga oshirish;

  4. Orqaga nazar tashlash ( hosil qilingan yechimni tekshirish).

Bu rejani amalga oshirish jarayonida o’quvchilar quyidagi savollarga javob topadilar:

Masalada nimalar noma’lum? Masalada nimalar ma’lum? Masalaning sharti nimalardan iborat? Ilgari shunga o’xshagan masala yechilganmi? Agar shunga o’xshash masala yechilgan bo’lsa, undan foydalanib qo’yilayotgan masalani yecha olamizmi?


Matematika o’qitishning usul va formalari: dasturiy o’qitish usuli, individual o’qitish usuli.

Matematika o’qitishning individual o’qitish usuli .O`qitishni individuallashtirish o'quv jarayonini tashkil etish bo`lib, unda o'qitish usullari, suratini tanlash o’quvchining individual xususiyatlari bilan bog`lanadigan individual yondashuvni ta ’minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik pedagogik va tashkiliy-ma ’muriy tadbirlardir.




Yüklə 48,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin