Matematika o’qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari. Matematikaning fan va o’quv predmeti sifatidagi xarakteristikasi


O’quv-ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanish



Yüklə 48,84 Kb.
səhifə16/19
tarix30.04.2022
ölçüsü48,84 Kb.
#56778
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
oraliq mo\'m

O’quv-ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanish.

Matematika fanini o’qitishda o’quv-ko’rgazmali materiallardan

foydalanish

Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, matematikani yaxshi o'zlashtirgan o'quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo'ladi. U nafaqat misol va masalalar yechishda, balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o'zida shakllantiradi. Shuningdek, matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo'lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir bo'layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqadi.

Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko'zlangan maqsadga erishish uchun qat'iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta'minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o'rin tutadi. Matematika olamni bilishning asosi bo'lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o'ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun matematik madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Matematika fanini nazariylashtirgan holda o'qitishga yondashishdan voz kechib, o'quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga erishish, o'quvchilarning mustaqil fikrlash ko'nikmalarini namoyon qilish va faollashtirishga e'tiborni kuchaytirish - davr talabi.

Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o'rni inobatga olingan holda mazkur fan birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo'lib, yurtimizda barcha aniq fanlar qatori matematika ta'limini zamon talablari asosida takomillashtirib borish, uni o'qitishda eng so'nggi pedagogik va innovatsion usullar, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Ta'lim jarayonida o’qituvchi turli ko`rgazmali qurollardan foydalanishga harakat qilishi zarur. Ho`sh, bu o`quv informatsiyasini ko`rgazmali uzatish va ko`rish orqali qabul qilish mеtodining ahamiyati qanday? Ko`rgazmalilikning qanday turlari mavjud? dеgan savollarga javob topishga harakat qilaylik.

Ko`rgazmali usulning muhimligi o`rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga o`quvchini undash, mantiqiy va nazariy elеmеntlarning birligiga ishonch hosil qilishga, nihoyat nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olishga o`rgatishdan iborat.

Shunday ekan o’qituvchi matematika darsida o’tilgan mavzuni mustahkamlash va yangi mavzuni o’tish jarayonida hamda uni mustahkamlashda ham ko’rgazmali qurollardan foydalanishi juda yaxshi samara beradi.

O`quvchilarning yozma grafik ishlari rasm solish, xaritalar chizish, chizma va sxеmalarishlash, jadval, diagramma, grafik, plakat, albom, stеndlar ishlash, laboratoriya mashq ishlari, tajribalar o`qitish jarayonida o`quvchilarga atrofni o`rab olgan obеktlarni borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o`zgarish va rivojlanishi qonuniyatlari haqida yangi bilim bеradi. Bu usullar o`quvchilar bilan yoppasiga va alohida olib boriladi.

Masalan matematika darsida geometriyada streonimetriya bobi o’qitilayotganda fazoviy shakllarning kichik maketlarini yasash yoki ularga o’xshash kichik buyumlar orqali tushuntirish o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishni hamda darsni yaxshiroq o’zlashtirishini taminlaydi

O’quv ko’rgazmali materiallardan dars jarayonida har bir turidan o’z o’nida foydalanish, turli xil o’yin shaklidagi ko’rgazmalar o’tkazish o’quvchilarning dars vaqtida diqqatini mavzuga qaratilishiga hamda mustahkam o’zlashtirishlariga ximat qiluvchi vosita vazifani bajaradi.



Yüklə 48,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin