Matematika o’qitishning dasturiy o’qitish usuli. Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta`lim tizimlarida turli o`rgatuvchi dasturiy vositalardan keng foydalanilmoqda. O’qituvchi ko`rgazmali dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta`minotlari yordamida yaratiladi. Ta`lim jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, sababi auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabul qilish va vazifalarni bajarishda o`quvchi bir vaqtning o`zida eshitib, ko`rib, o`zlashtiradi. Mualliflik dasturiy ta`minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida qo`llaniladi.
Mualliflik dasturiy ta`minotlar yordamida elektron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi.