A
b
D
100
21-DARS:
KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH NATIJALARINI TEKSHIRISH
Maqsad:
ko‘paytirishni bo‘lish bilan, bo‘lishni ko‘paytirish bilan tekshiradi.
1.
Mavzu bo‘yicha bo‘lish va ko‘paytirish natijalarini
tekshirish haqida
tushunchalar beriladi. Nurda berilgan sonlarni
sanaymiz va ularni guruhlar-
ga ajratamiz. Har 5 tasini 1 guruh qilamiz. Bunday guruhdan 3 ta hosil bo‘ladi.
3 ta 5 talik guruhlarga ajratiladi.
15 ÷ 5 = 3
3 × 5 = 15.
2.
Berilgan masalani hisoblaymiz va har bir natijani tushuntiramiz.
1) 56 kg kartoshka omborga olib kelindi. Ular 8 ta qopchaga qadoqlandi.
Qopchalarning har biriga necha kg dan kartoshka solindi?
56 ÷ 8 = 7.
Demak, jami 56 kg kartoshka 8 ta qopchalarga 7 kg dan solingan.
2) Omborda 8 ta qopchaga 7 kg dan kartoshka solindi. Jami necha kg
kartoshka qadoqlandi?
8 × 7 = 56.
Demak, jami 56 kg kartoshka qadoqlangan.
3.
Quyidagi savollar beriladi.
Qutilar soni nechta? Ular qanday shakllar? Ularni qanday guruhlarga aj
-
ratamiz? Nechta guruhga bo‘linadi?
O‘qituvchi o‘quvchilar topshiriqni
bajarayotganda, quyidagilarga e’ti
-
bor qaratadi: shakllar nomi to‘g‘ri
aytilishi va yozilishiga.
4.
Berilgan amallarni namuna
asosida hisoblaymiz. Ko‘paytirish va
bo‘lish amallarini
tekshiramiz va yo-
zamiz.
Dostları ilə paylaş: