D 4 larni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish o‘quvchilarni har qanday vazifaga
ishonch, yil davomida ishtiyoq bilan o‘qishlari uchun zarur bo‘lgan tushun-
chalar bilan ta’minlaydi.
Hammamiz farzandlarimizning matematikada muvaffaqiyat qozonishi
-
ni xohlaymiz. Ko‘pincha matematikadan sinovga tayyorgarlik materiallariga
haddan tashqari ishonish o‘quv vaqtini o‘g‘irlaydi, shu bilan birga, o‘rganish
va motivatsiyaga zarar yetkazadi.
Darslik hamda o‘quv metodik qo‘llanmani yaratishda xalqaro davlatlar-
ning ilg‘or tajribalari o‘rganildi. Xalqaro tashkilotlar ekspertlarining tavsiyalari
inobatga olindi. Darslikda mavzular sodda, tushunarli tilda, hayotiy masala-
lar yordamida yoritilgan va rang-barang rasmlar bilan bezatilgan. Fanlararo
integrasiya ta’minlangan. Darslik asosan o‘quvchilarda matematik bilim, ta-
savvur, tafakkur, mantiqiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan
bo‘lib, ularning imkoniyatlari, yoshi, individual xususiyatlari, XXI asr ko‘nikma-
lariga ega bo‘lishlarini inobatga olgan holda yozilgan. Topshiriqlar soddadan
murakkabga tomon spiralsimon tarzda rivojlanib boradi.
Darslikda 7 ta shartli belgi keltirilgan:
– o‘quvchilar tomonidan og‘zaki bajariladi (o‘qituvchi tomonidan
qo‘shimcha savollar berilishi mumkin). Ularning ijodiy, mantiqiy,
mustaqil fikrlash qobiliyatlari shakllantiriladi hamda og‘zaki nutqi ri
-
vojlantiriladi;
– o‘quvchilar tomonidan daftar va doskada yozma ravishda bajariladi.
Topshiriq mustaqil bajariladi va natijalar o‘zaro taqqoslanadi, rag‘bat
-
lantiriladi;
– o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
Bunda o‘qituvchiga ijodiy ishlashi uchun imkoniyat yaratiladi, ya’ni
bunday topshiriqlar turli o‘yinlar, tarqatma materiallar, metodlardan
foydalangan holda bajariladi. Muammoni yozma yoki og‘zaki tarzda
bajarish o‘qituvchining ixtiyoriga havola etiladi;
– o‘quvchilar mustaqil ravishda bajarishlari uchun imkoniyat yarati
-
ladi. Dastlab o‘quvchilarning fikrlari asosida muammo tahlil qilinadi,
yechimga yaqinlashishda qiyinchilikka duch kelgan paytda o‘quvchi-
lar uchun “aqliy hujum” tarzida yo‘naltiruvchi savollar beriladi;
– sonlar, shakllar, ifodalarning qiymatlari, rasmlarda berilgan narsalar
-
ni taqqoslash, farqlash, solishtirish, tartiblash amalga oshiriladi;
– o‘quvchilar tomonidan topshiriqlar amaliy bajariladi: chizadi, yasay
-
di, qirqadi, bo‘yaydi, yelimlaydi. Bajarilgan ish taqdimot qilinadi va
o‘qituvchi hamda tengdoshlari tomonidan rag‘batlantiriladi;
– uyga beriladigan topshiriq mazmuni o‘qituvchi tomonidan tu-
shuntiriladi, yo‘llanma, ko‘rsatma beriladi.
@edurtm_uz