Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.
Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
matematikaga oid terminlarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy oladi;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay oladi;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;
matematikaga oid audiomatnni tinglab, videotasvirlarniko‘rib tushinadi,tegishli munosabat bildira oladi;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera oladi, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta oladi.
A2+
mavzudan kelib chiqqan holda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda tushuntirishda o‘zaro muloqotga kirisha oladi, muloqotda muomala madaniyatiga amal qila oladi; matematik muammoni hamkorlikda yechgandajamoada samarali ishlay oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
tavsiya etilgan mediamanbalardan axborotni izlab topa oladi, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza oladi;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay oladi;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza oladi;
berilgan sonli ma’lumotlarning o‘rta arifmetigini, modani va medianani topa oladi.
A2+
mustaqil ravishda turli mediamanbalardan axborotni izlabtopa oladi, tizimga sola oladi, tahlil qila oladi, matematik muammoni yechish uchun zarurlarini tanlay oladi.
Dostları ilə paylaş: |