Matematika va infarmatika



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix17.02.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#84740
1   2   3
farida

1. Abdulla Avloniy
ning oʻzbek teatriga qo`shgan 
hissalari 
Avloniy oʻzbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913 
yilda “Turkiston” teatr truppasini tuzdi. “Turkiston” oʻzining 
qatiy nizomini ham eʼlon qilgan edi. Uning tashkilotchisi 
ham, gʻoyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa 
“Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov (A. Qodiriy) kabi 
XX asr boshlari oʻzbek dramaturgiyasining eng yaxshi 
namunalarini 
sahnalashtirgan, 
teatr 
ozarbayjon 
dramaturgla
ri asarlari (“Badbaxt kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, 
“Jaholat”, “Uliklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man 
oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”) ni 
oʻzbekchaga tarjima qilib sahnaga qoʻygan. Avloniyning 


oʻzi Mallu (“Layli va Majnun”), Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), 
Aliboy (“Toʻy”), Boy (“Padarkush”) rollarini ijro etgan. 
Avloniy “Advokatlik osonmi?” (1914), “Pinak” (1915) 
komediyalari, 1914
–17 yillarda yozgan “Biz va Siz”, 
“Portugaliya inkilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeaviy asarlari 
bilan oʻzbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va 
teatrchilikning xalq orasigatomir otishiga muhim hissa 
qoʻshdi. Advokat Davronbek orqali Turkistondagi 
huquqsizlik, dunyodan xabarsizlikni fosh etdi. “Advokatlik 
osonmi?” degan asarida bir qator koʻknori va qimorbozlar 
obrazini yara
tib, maʼnaviy turmushning tuban bir holga 
kelib qolganlini koʻrsatdi. Monarxiyaga qarshi kurash
bayrogʻi ostida kechgan 1910 yilgi Portugaliya inqilobi, 
1909 yili Turkiyada yuz bergan “Yosh turklar” inqilobi 
(“Ikki sevgi”) haqida yozib, adabiyotimizda mavzu va 
gʻoyalar koʻlamini kengaytirdi. “Biz va Siz”da esa XX asr 
boshidagi Turkistonning eskilik va yangilik borasidagi 
kurashini aniq taqdirlar misolida yoritib berdi. 
Avloniy asosiy ijodiy faoliyatining eng sermahsul yillari 
1917 yildagi Oktyabr toʻntarishiga kadar boʻlgan davrga 
toʻgʻri keladi. 
Avloniy ijodi 60-
yillarning oxiridan oʻrganila boshlandi. 
Hozirda uning turli janrlardagi asarlaridan namunalar 
alohida kitoblar holida chop etilgan. 


Foydalangan adabiyotlar 
1. Aim. Uz sayitari internet tarmoqlari 
2. Qosimov B. Abdulla avloniy T.1979 
3. QosimovB. Inqilobiy sheriyat sahifalari T,1977 
4. Oripov Q Alangali yillar adabiyoti T .1972 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin