va uslubi xalq qoʻshiqlariga gʻoyat yaqin boʻlib, ular
xalqimizning milliy uygʻonishida muhim oʻrin tutdi.
Avloniy 1917 yil fevral inqilobini xursandchilik bilan kutib
oldi (“Qutuldik”, “Yotma” sheʼrlari). Oktyabrga bagʻishlab
“Hurriyat marshi” (1919), “Ishchilar qulogʻiga” kabi
sheʼrlar yozdi, yangi sotsialistik tuzumni ulugʻladi. Lekin
koʻp oʻtmay, rus sovet tuzumi eski chor tuzumining
oldingidan battarroq shakli ekanligini,
sovet siyosati
riyokorlik
asosiga
qurilganligini
anglay
boshladi.
Jumladan, tantanavor vaʼda qilingan erkinlikning
berilmagan
ligi shoir ijodida gʻamgin tushkun ohanglarning
paydo boʻlishiga olib keldi (“Haftalik soatda” 1919).
Shularga qaramasdan Avloniy turli mavzularda sheʼrlar
yozdi. 1919
–20 yilgi Afgʻoniston safariga doir “Afgʻon
sayohati” kundaliklari esa mamlakatimizning yon
qoʻshnimiz bilan oʻzaro doʻstlik,
totuvlik aloqalarining
oʻrnatilishi tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: