14.5. Hisobotni yozish tartibi: Ishning mavzusi, maqsadi va qisqacha nazariy qismi. Rentgen apparati va trubkasining sxemasi. Dron-2,0 rentgen apparatida olingan kvarts rentgenogrammasi va rentgenooptik sxemasi hamda xulosa beriladi.
14.6. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar:
qanday razmerdagi namunalar va diagramma lentalaridan foydalaniladi.
15-AMALIY MASHG’ULOT Materialshunoslikda qo’llaniladigan pechlar bilan tanishish. Uglerodli po’latlarning termik ishlashining ular tuzilishiga va mexanik xossalariga ta’siri Ishdan maqsad: Bir necha xil markali po’latlarga termik ishlov beri ko’nikmalariga ega bo’lish. Masalaning qo’yilishi:Termik ishlashda sovish tezligining po’latning qattiqligiga ta’sirini aniqlash. Kerakli jihozlar:Bir necha xil markali po’latlar, qizdirish pechlari, dag’al qumqog’ozlar, qattiqlikni o’lchovchi Brinell va Rokvell uskunalari. Ishni bajarish uchun namuna: Ma’lumki, po’lat zagotovkalarni termik ishlashda ularni zarur haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma’lum vaqt saqlangach, turli tezlikda sovitiladi. Bunda ularning kimyoviy tarkibi o’zgarmasa ham tuzilishi o’zgarishi hisobiga mexanik va texnologik xossalari o’zgaradi. A. A. Bochvar tasnifiga ko’ra termik ishlash 1-xil yumshatish, 2-xil yumshatish, toblash va bo’shatishlarga ajratiladi. 1-xil yumshatishda fazada o’zgarishlar bormaydi. Bu xil yumshatishlarga diffuzion, qayta kristallanish va ichki zo’riqish kuchlanishlarini kamaytirish uchun olib boriladigan yumshatishlar kiradi. 2- xil yumshatish faza o’zgarishlar bilan boradi. Bu xil yumshatishlarga to’la va chala yumshatishlar, normallashlar kiradi. Tubanda uglerodli po’latlarni termik ishlashda tuzilish o’zgarishlarini Fe—Fe3S holat diagrammasining tegishli sohalarini kuzataylik. Ma’lumki, perlit tuzilishli evtektoid po’lat zagotovkani uy haroratida asta-sekin qizdirib borsak, u Ac1 kritik harorat (727°S) da austenitga o’tadi. Ferrit bilan perlit tuzilishli evtektoidgacha bo’lgan po’latlarni asta-sekin qizdirib borsak, perlit faza Ac1 kritik haroratda austenitga o’tadi, haroratning yanada ko’tarilishida ferrit faza austenitda eriy boshlab, As3 kritik haroratda esa batamom eriydi.
Agar perlit bilan ikkilamchi tsementit tuzilishli evtektoiddan keyingi po’latlarni asta-sekin qizdirib borsak, perlit faza Asx kritik haroratda austenitga o’tadi. Haroratning yanada ko’tarilishida ikkilamchi tsementit austenitda eriy boshlab, u Ast kritik haroratda batamom eriydi.19 Yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lumki, Fe—Fe3C holat diagrammasidagi GSE chizig’i kritik haroratdan yuqoriroq haroratda po’latlar austenit tuzilishli bo’ladi. Savol tug’iladiki, nima uchun po’latlarni to’la yumshatishda, toblashda, normallashda ularni Asz kritik haroratdan 30-50°S gradus yuqoriroq qizdirish zarur? Ko’zatishlar ko’rsatadiki, po’latlarni qizdirishda ularning donalar o’lchami qaytarilganlik darajasiga ko’ra turli tezlikda yiriklashadi. Masalan, yaxshi qaytarilmagan evtektoid po’latlarning donalar o’lchami As1+ 30/50°S haroratgacha o’zgarmasa-da bu haroratdan yuqoriroq haroratda keskin yiriklashadi. Yaxshi qaytarilgan po’latlarda esa donlar o’lchamining keskin o’zgarishi 900-950°S haroratga to’g’ri keladi. Buning boisi shundaki, donalar aro joylashgan oksidlar, nitridlar, sulьfidlar va boshqa birikmalar shu haroratga qadar donlar o’sishiga qarshilik ko’rsatadi, lekin harorat 900-950°S ga yetganda ularning austenitda erishi yuz beradi. Binobarin, ular donlar o’sishiga qarshilik ko’rsata olmaydilar. Po’latlarning bu xususiyatini qizdirish haroratlarini belgilashda e’tiborga olish kerak. Agar po’latlarni bu kritik haroratdan o’ta qizdirilsa masalan, 1000-1100°S gacha austenit donlar yiriklashib ketadi. Ma’lumki, donlar qancha yirik bo’lsa, ular shuncha mo’rt bo’ladi. Agar po’latlarni AE chizig’ida (Fe—Fe3C diagrammasiga qarang) yaqin haroratga qizdirilsa, yirik donli po’lat havo kislorodi hisobiga kuyib, zagotovka ishga yaroqsiz holga keladi. Demak, po’latlarni termik ishlashda qizdirish haroratini po’lat markasiga ko’ra to’g’ri belgilashning ishlash sifatiga va ish unumdorligiga ahamiyati g’oyat katta. Termik ishlashda pechlar termojuftli potentsiometr bilan jihozlangan bo’lib, pechni zarur haroratda sao’laydi. (SHu bilan birga ba’zan amalda metallarni qizdirishda ularning cho’g’lanish ranglaridan ham foydalanish mumkin.20 Ikkinchi tomondan, masalan, evtektoid po’latni austenit holatidan, sekin sovutishda austenitda uglerodning erish qobiliyati kamayishi sababli undan uglerod ajralib, tsementit hosil bo’ladigan markazlarni yuzaga keltiradi. Austenitlarning sovish tezligini rostlash ila perlit donalari o’lchamini o’zgartirish mumkin. Quyida po’latlarni termik ishlash usullar va ularni qanday bajarish xaqida ma’lumotlar keltiriladi.