14.9-rasm. GP-3 goniometr pristavkasi: 1-shkiv aylanmasi; 2,3- oq o‘qlari; 4,5-kichkina aylanma shkivlar; 6-remen
uzatmasi; 7-sonlar shkalasi; 8-aylantiruvchi os; 9-mahkamlovchi halqa.
Apparatning kollimator yustirovkasida asosiy uchta vint mavjuddir. Vintlar rentgenokollimator shellarini vertikal va gorizontal tomonlarga aylantiradi (14.10–rasm).
14.10-rasm. Rentgenokollimatorning vertikal va gorizontal ko‘rinishi: 1-kollimator trubkasi; 2,3,4-vintlar; 5-hel vinti;
6-1,2 va 4 mm kenglikdagi gorizontal sheli.
Ko‘rish masofa trubkasi monokristallari va ularni chetki burchaklarini markazga olish uchun qo‘llaniladi va u teleskopik sistemadan iborat bo‘ladi (14.11–rasm).
14.11-rasm. Apparatning teleskopik sistemasining ko‘rish trubkasi: 1-teleskop sistemasining kollimator qismi; 2-ko‘rish trubkasi; 3-yustirovka vinti;
4-maxsus yo‘naltirgich; 5-mahkamlovchi ushlagich; 6-linzalar.
Apparatning yustirovka shellari har xil halqalar bilan alohida mahkamlanadi (14.12–rasm, a). Pribor shellarini simmetriyasini to‘g‘ri joylashishi uchun namunalar (14.12–rasm, b, c) stolini 180 aylantirish kerak bo‘ladi. Shellar yustirovkasi mikrometrik vintlar yordamida bajariladi. Kalibr bilan yustirovka shelini almashtirish, bajarilayotgan ishlarni o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi.