7.3–rasm. Bolg’alanuvchan cho’yanning struktura tashkil etuvchilari:
a–perlit–grafit; b–perlit–ferrit–grafit; d–ferrit–grafit
Ferritli KCH37–12, KCH35–10 bolg’alanuvchan cho’yanlari yuqori statik va dinamik kuchlar ta’sirida ishlaydigan detallar (karter, reduktor, skoba va b.) ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Perlitli KCH50–5, KCH55–4 bolg’alanuvchan cho’yanlari mufta, rolik, tormoz kolodkasi, kardan vallari ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Markada KCH–bolg’alanuvchan cho’yan, birinchi ikkita son cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasini va oxirgi son esa nisbiy uzayishini bildiradi. Bolg’alanuvchan cho’yanlarning kimyoviy tarkibi, mexanik xossalari va faza tashkil etuvchilari 7.4–jadvalda berilgan.
Juda puxta cho’yanlar. Juda puxta cho’yanlar suyuq cho’yanni qolipga quyish oldidan unga kam miqdorda (0,03–0,07%) Mg qo’shish orqali olinadi. Grafit shar shakliga ega bo’lgani uchun metall asosning mustahkamligini kam pasaytiradi. SHar shaklidagi grafitli cho’yan yuqori mexanik xossalarga ega bo’ladi. Juda puxta cho’yanlar metall asosiga ko’ra ferritli VCH38–17, VCH 42–12 (7.4–rasm, a), ferrit-perlitli VCH 45–5 (7.4–rasm, b) va perlitli VCH50–2, VCH60–2, VCH70–3, VCH80–3, VCH100–4, VCH120–4 bo’ladi.
Markada VCH–juda puxta cho’yanni, birinchi ikkita son cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasini va oxirgi son nisbiy uzayishini bildiradi. CHo’yanlardan dastgoh detallari, podshipnik, yuqori bosimda va ishqalanib ishlaydigan tirsakli vallar, detallar ishlab chiqariladi.
7.4–jadval
Bolg’alanuvchan cho’yanlarning kimyoviy tarkibi, mexanik
xossalari va faza tashkil etuvchilari
CHo’yan markasi
|
Mexanik xossalar
|
Kimyoviy tarqibi, %
|
b
kG/m2
|
,
%
|
NV,
kG/m2
|
C
|
Si
|
Mn
|
P
|
S
|
KCH30–6
|
30
|
6
|
163
|
2.7–3,1
|
0,7–1,1
|
0,3–0,6
|
0,2
|
0.18
|
KCH33–8
|
33
|
8
|
163
|
2,5–3
|
0,8–1,2
|
0,3–0,6
|
0,2
|
0,18
|
KCH35–10
|
35
|
10
|
163
|
2,4–2,8
|
0,9–-1,4
|
0.3–0,5
|
0,2
|
0,12
|
KCH37–12
|
37
|
12
|
163
|
2,2–2,5
|
1–1,5
|
0,3–0,5
|
0,2
|
0,12
|
KCH45–6
|
45
|
6
|
241
|
2,2–2,8
|
0,9–1,5
|
0.3–1
|
0,2
|
0,12
|
KCH50–4
|
50
|
4
|
241
|
2,2–2.8
|
0,9–1,5
|
0,4–1
|
0,2
|
0.12
|
KCH56–4
|
56
|
4
|
241
|
2,2–2,8
|
0.7–1,1
|
0,4–1
|
0,2
|
0.12
|
KCH60–3
|
60
|
3
|
241
|
2,2–2,6
|
0,7–1,1
|
0.4–1
|
0,2
|
0,12
|
KCH63–2
|
63
|
2
|
241
|
2,2–2,6
|
0,7–1,1
|
0.4–1
|
0,2
|
0,12
|
a b d
7.4–rasm. Juda puxta cho’yanning struktura tashkil etuvchilari:
a –ferrit; b – ferrit–perlit; d–perlit
Juda puxta cho’yanlar yaxshi quymakorlik xossasiga–suyuq oquvchanlikka ega. Ularni kesib mexanik ishlov berish oson.
Termik ishlov berish orqali juda puxta cho’yanlarning mustahkamligini yanada oshirish mumkin. Buning uchun cho’yan toblanadi va yuqori (500–600°C) haroratda bo’shatiladi. Ba’zi hollarda gafit shaklini mukammallashtirish maqsadida juda puxta cho’yanlar yumshatiladi. Juda puxta cho’yanlarning nisbiy uzayishi 2–7 % ni va Brinell bo’yicha qattiqligi 150–360 NVni tashkil etadi. Juda puxta cho’yanlarning mexanik xossalari, kimyoviy tarkibi 7.5–jadvalda berilgan.
7.5–jadval
Juda puxta cho’yanlarning mexanik xossalari
Juda puxta
cho’yan markasi
|
b
kG/mm2
|
oq
kG/mm2
|
NV
|
, %
|
VCH45–0
|
45
|
36
|
187–255
|
–
|
VCH 50–1.5
|
50
|
38
|
187–255
|
1,5
|
VCH 60–2
|
60
|
42
|
197–269
|
2,0
|
VCH 45–5
|
45
|
33
|
5,0
|
2,5
|
VCH 40–10
|
40
|
30
|
156–197
|
10.0
|
Juda puxta cho’yanlar mexanik xossalari bo’yicha po’latlarga yaqin turadi. Ulardan tirsakli vallar, iskanalar, metallurgiya sanoati uchun jo’valash uskunalarining vallarini tayyorlashda foydalaniladi.
Maxsus legirlangan cho’yanlar. Legirlovchi elementlar cho’yan strukturasiga, undagi grafit shakliga va o’lchamlariga ta’sir ko’rsatadi. CHo’yan tarkibiga legirlovchi elementlar qo’shish orqali ishqalanishga chidamli, korroziyabardosh va olovbardosh qotishmalar olish mumkin.
Abraziv muhitda ishlaydigan ishqalanishga chidamli cho’yanlar olish uchun ular nikel (3,5–5%) va xrom (0,8%), titan, mis, vanadiy, molibden kabi elementlar bilan qo’shimcha ravishda legirlanadi. Bunday materiallar ishqalanish juftliklarida moysiz ishlay oladi. Ulardan tormoz kolodkalari, harakatni uzatish vositalari va tsilindr gilzasi kabi avtomobil detallari yasaladi. ACHS1, ACHS5, ACHV1, ACHK2 markali tarkibida xrom miqdori ko’p bo’lgan cho’yanlardan qattiq materiallarni maydalaydigan uskunalar, ACHS2 cho’yanidan abraziv muhitda katta kuchlanish ostida ishlaydigan tegirmon uskunalari tayyorlanadi.
Legirlangan olovbardosh JCHX2, JCHX3 cho’yanlaridan metallurgiya, sanoatida ishlatiladigan aglomerat mashinalarining kolosniklari, kimyoviy muhitda ishlaydigan korroziyabardosh uskunalar detallari va quvurlari ishlab chiqariladi. JCHX2 600°C, JCHX3 700°C, JCHX, JCHYu2XSH 750°C, JCHX16 900°C va JCHYu22SH cho’yanlari 1100°C haroratda ham o’z xossalarini yo’qotmasdan ishlay oladi. Bunday cho’yanlar metallurgiya sanoatida pech armaturalari, metallni yupqa jo’valaydigan uskunalarning detallari, shisha ishlab chiqarish sanoati uskunalari tayyorlashda ishlatiladi.
Nazorat savollari
Temirning qotishmalariga nimalar kiradi?
CHo’yanlar deb nimaga aytiladi?
Kulrang cho’yanlar haqida ma’lumot bering.
Bolg’alanuvchan cho’yanlar qanday bo’ladi?
Juda puxta cho’yanlar haqida ma’lumot bering.
Maxsus legirlangan cho’yanlar haqida nimalarni bilasiz.
8- mavzu. Po’latlar va ularning qo’llanilishi
Reja:
Temir asosli qotishmalar
Po’latlar
Oddiy sifatli po’latlar.
Sifatli po’latlar.
Avtomat po’latlar.
Uglerodli asbobsozlik po’latlari.
Tayanch iboralar: po’lat, cho’yan. yuqori uglerodli po’lat, o’rta uglerodli, kam uglerodli, yuqori legirlangan, o’rta legirlangan, kam legirlangan, oddiy sifatli po’lat, sifatli po’lat, o’ta yuqori sifatli po’lat, avtomat po’latlar, uglerodli asbobsozlik po’latlari..
Tarkibida uglerod miqdori ko’p bo’lmagan po’latlar sanoatda katta miqdorda ishlab chiqariladi. Po’lat tarkibida uglerod miqdori 1,7 foizdan oshganda uning qattiqligi yuqori darajada oshib, oqibatda u mo’rt bo’lib qoladi.
Sanoatda ishlatiladigan po’latlar kimyoviy tarkibi jihatidan murakkab bo’lgan qotishmalardir. Ularning tarkibida temir bilan ugleroddan tashqari, marganets, kremniy, oltingugurt, fosfor, kislorod, azot, vodorod, xrom, nikel, mis va boshqa elementlar ham mavjud bo’ladi. Uglerodli po’latlar ishlatilishiga ko’ra ikki guruhga: konstruktsion va asbobsozlik po’latlariga bo’linadi. Konstruktsion po’latlar tarkibida 0,02 dan 0,8 % gacha uglerod bo’ladi. Bunday po’latlar mashina va agregat detallari, qurilish konstruktsiyalari, temiryul transporti vositalari, rels, quvur, sim va boshqa buyumlar ishlab chiqarish uchun asosiy material hisoblanadi. Uglerodli po’latlarga qo’yiladigan umumiy talablar shuki, ular mustahkam plastik hamda texnologik xossalari yaxshi bo’lmog’i lozim. Har bir po’lat markasiga ham ma’lum talablar qo’yiladi. Bu talablar buyum ishlab chiqarish texnologiyasiga va uning ishlash sharoitiga bog’liq bo’ladi. SHunga ko’ra uglerodli po’latlar uchta asosiy gruppaga bo’linadi: oddiy sifatli uglerodli po’latlar, sifatli uglerodli po’latlar, maxsus vazifali uglerodli po’latlar (avtomat, kozon po’latlari va boshqalar).
Oddiy sifatli uglerodli po’latlar (GOST 380–71). Bunday po’latlar keng tarqalgan bo’lib, normallashtirilgan holatda prokat ko’rinishida yetkazib beriladi hamda mashinasozlik, qurilish va iqtisodiyotning boshqa sohalarida ishlatiladi. Oddiy sifatli uglerodli po’latlar St harflari va 0 dan 6 gacha bo’lgan raqamlar bilan belgilanadi. Raqamlar po’lat markasining shartli nomerini bildiradi. Raqam qancha katta bo’lsa, uglerod miqdori shuncha ko’p, po’latning mustahkamligi yuqori, plastikligi esa past bo’ladi.
Oddiy sifatli po’latlar uch guruhga bo’linadi :
A guruh po’latlarining mexanik xossalari kafolatlanadi. Bu guruh po’latlari kimyoviy tarkibining ahamiyati bo’lmagan, faqat mexanik xossalari ahamiyatga ega bo’lgan, ya’ni qizdirib ishlov berilmaydigan buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Bu guruh po’latlari Ct harfi va 0,1,… 6 raqamlar bilan belgilanadi. Raqam qanchalik katta bo’lsa, po’latning mustahkamligi shunchalik yuqori, plastikligi kichik bo’ladi.
B guruh po’latlarining qimyoviy tarkibi kafolatlanadi. Bu po’latlarning qimyoviy tarkibi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib, ulardan qizdirish yo’li bilan turli buyumlar tayyorlash mumkin. CHunki qizdirib ishlash rejimlari va po’lat buyumning mexanik xossalari po’latning tarkibiga bog’liq bo’ladi. Bu guruh po’latlari MCt0, KSt1kp, MCt1, MCt2, MCt3, KSt4ps, MCt4, MCt6, MCt7sp kabi markalanadi. Marka boshidagi M harfi po’lat marten, K harfi konvertor usulida olinganligini bildiradi. Marka oxiridagi «kp» harflari po’lat qaytarilmayganligi, «ps» harflari–chala qaytarilganligi, «sp» harflari–to’la qaytarilganligi anglatadi.
V guruh po’latlarining mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi kafolatlanadi. Bu po’latlar sifati oshirilgan bo’lib, ular mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi ahamiyatli bo’lgan buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Bunday po’latlardan payvandlash yo’li bilan konstruktsiyalar yasaladi. Bu guruh po’latlari faqat marten usulida olinadi va BMCt1, BMCt2 kabi markalanadi. BMCt markasi po’latning mexanik xossalari Ct1. po’latniki kabi, kimyoviy tarkibi esa MCt po’latniki kabiligini bildiradi. Oddiy sifatli po’latlarning kimyoviy tarkibi, mexanik xossalari va ishlatilish sohalari 8.1. – jadvalda keltirilgan.
Sifatli po’latlarning kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari kafolatlanadi. Tarkibidagi marganets miqdoriga ko’ra sifatli po’latlar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruh po’latlarida marganets miqdori 0,8% dan oshmaydi. Bu guruh po’latlari raqamlar va tegishli sonlar bilan markalanadi. Masalan, 05, 05kp, 08, 08kp, 20, 30, 40, 85 va h.k.
Ikkinchi guruh po’latlari sonlar va G harfi bilan 15G, 20G, 70G va hokazo ko’rinishlarda markalanadi. Sonlar yuzga bo’linsa, po’lat tarkibidagi o’rtacha uglerod miqdorini, G harfi esa po’lat tarkibida margenets miqdori oshirilganini bildiradi. Masalan, 10kp markasi po’lat tarkibida 0,1 % uglerod bo’lib, u qaytarilmagan ekanligini bildiradi. Sifatli po’latlarda oltingugurt va fosfor miqdori 0,04% dan oshmaydi. SHu po’latlardan o’q, gayka, quvur, biriktirish muftasi, tross, prujina, ressor, prujina va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
8.1–jadval
Dostları ilə paylaş: |