Boshqa bir yaxshi ma’lum yirik zarrali to’ldirgichli kompozitsion material – tsement (matritsa), qum va shag’aldan (to’ldirgich zarralari) tashkil topgap beton. Armaturalash yetarli samarali bo’lishi uchun zarralar o’lchami nisbatan kichik bo’lishi va matritsa hajmida bir tekis taqsimlanishi kerak.
Kompozitni holati ikkala fazaning undagi hajmiy nisbatiga bog’liq. Kompozitdagi to’ldirgichni miqdori ortishiga qarab aralashmani mexanik xarakteristikalari ortadi. Ikki fazali sistemada elastiklik modulini disperslangan fazaning hajmiy miqdoriga bog’liqligini ko’rsatish uchun ikkita formula taklif etilgan.Siljish qoidasiga binoan elastiklik moduli ikki chegara o’rtasida joylashgan – yuqori chegara, quyidagi formula bilan ifodalangan:
Es(u) = EmVm+ EpVp(16.1)
va quyidagi formula bilan ifodalangan – quyi chegara:
Es(l) = (16.2)
Bu tenglamalarda V vaE – hajmiy miqdor va elastiklik moduli, c, m, p satr osti indekslar bo’lib kompozit, matritsa va disperslangan zarralarga tegishli.16.3. rasmda volfram zarralari tashkil qilgan dispers fazaning elastiklik modulining Vp ga mis-volfram sistemasi uchun yuqori va quyi chegaralar uchun kontsentratsion bog’lanish grafigi keltirilgan. Tajriba nuqtalari chegaralar orasida joylashgan. Tolalar bilan armaturalangan kompozitsion materiallar uchun (16.1) va (16.2) tenglamalar analogi 16.5 bo’limda keltirilgan.
Yirik zarralardan tashkil topgan kompozitlar turli materiallar uchun olinishi mumkin – metallar, keramika va polimerlar. Metall va keramika asosidagi kompozitsiyaga metallokeramika misol bo’lishi mumkin.
Rasm 12.3. Mis-volfram sistemasi uchun elastiklik modulini volframni hajmiy miqdoriga bog’likligi, unda dispers faza volfram zarralaridan tashkil topgan. Yuqori va quyi chegaralar (15.1) va (15.2) tenglamalarga mos: tajriba nuqtalari belgilangan. (R.H. Rrock, ASTM Procedings, Vol.63. 1963. ASTM, 1916 Race Street, Philadelphia. PA,19103. dan keltirilgan. Ruxsat bilan chop etilgan).