Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə59/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   157
6,20 mavzulr slayd

Beton

Beton

Beton bu yirik armaturalovchi zaralardan tashkil topgan kompozitsion material bo’lib, undagi matritsa va to’ldirgichlar keramika sinfiga taalluqli. “Beton” va “tsement”terminlari har doim ham to’g’riqo’llanimagani, ayrim hollarda bir birini o’zaro almashtiruvchi xisoblanganligisababli ular orasidagi farqnitaьkidlamoќ zarur.

Umumiy ma’noda beton qattiq zarralar agregatidan tashkil topgan, o’zaro qandaydir bog’lovchi muhit yordamida, ya’ni tsement bilan birla shtirilgan kompozitsion materialdir.Betonni ikkita turi eng ko’p ma’lum – bu portlandtsement asosida va asfalьtobeton, undagi qattiq agregatlangan zarralar – qum va shag’al.Asfalьtobeton avvalam bor yo’llarni qoplash uchun keng qo’llaniladi, portlandtsement asosidagi beton keng tarqalgan qurilish materiali sifatida qo’llaniladi. Quyida betonni so’ngi turi ko’riladi.




Portlandtsement asosidagi beton
Portlandtsement asosidagi betonni ishlab chiqarishda homashyo sifatida - tsementni o’zi, to’ldirgichlardan mayda dispersli fraktsiya (qum) va yirik dispersli fraktsiya (shag’al). Portlandtsementni mustaxkamligini ortishiga va qotishga olib keladigan jarayonlar bo’limda qisqacha ko’rib chiqilgan. Qattiq zarralar to’ldirgich ro’lini bajaradi, chunki juda arzon bo’lib materialni umumiy narhini pasaytiradi, tsement esa nisbatan qimmatdir. Beton aralashmasini optimal mustaxkamligi va ishlov berishga qulayligini mujassamlash uchun tashkil etuvchilarni (ingradientlar) nisbatini juda qat’yyan bajarish zarur. Qattiq zarralarni zich joylashtirish va yaxshi fazalar aro kontakt aralashmada ikki hil o’lchamli qattiq zarralarni qo’llanilishi ta’minlaydi; shu bilan birga qumning mayda dispers zarralari yirik shag’al orasidagi bo’shliqni to’ldirishi kerak. Odatda to’ldirgichlar miqdori hajmning 60-80% ni tashkil etadi.
Suv-tsement pastasining miqdori barcha qum va shag’alning qattiq zarralarini qoplash uchun yetarli bo’lishi zarur. Aks holda tsement xosil qiladigan bog’lanishlar yetarli bo’lmaydi. Beton arashmasini tayyorlashda barcha tashkil etuvchi komponentlar sinchiklab aralashtirilishi zarur. TSement va agregatlarni qattiq zarralarini to’liq bog’lanishi suv miqdorini to’g’ri qo’shilishida. Agar suv kam bo’lsa bog’lanish to’liq bo’lmaydi. Agar suv ortiqcha bo’lsa g’ovaklar xosil bo’ladi. Bu xollarda mahsulot mustaxkamligi optimal qiymatdandan past bo’ladi.
Agregatlanuvchi zarralarni xarakteri muhim mohiyatga ega. Zarralarni o’lchami bo’yicha taqsimlani ayniqsa muhimdir, chunki tsement pastani tayyorlashda zarur bo’lgan suv miqdoriga ta’sir etadi. Mustaxkam bog’lanishni xosil bo’lishiga to’siq bo’ladigan zarralar yuzasida loy va ifloslar bo’lishi kerak emas, ular toza bo’lishi kerak.
Portlandtsement – bu qurilishda qo’llaniladigan asosiy material, chunki uni joylarda qoliplarga quyish va keyin xona haroratida qotirish mumkin, agar to’liq suv ostida bo’lsa ham. Lekin konstruktsion material sifatida qo’llanilishda ma’lum cheklash va kamchiliklarga ega. Ko’pchilik keramikadan tayyorlangan materiallar kabi portlandtsementdan tayyorlangan beton, nisbatan mustaxkam emas va mo’rt. Uning cho’zilishdagi mustaxkamlik chegarasi siqilishdagiga nisbatan 10-15 barobar kam. Undan tashqaribetondan shakllantirilgan yirik strukturalar harorat o’zgarishiga juda sezgir. Va nihoyat suv, g’ovaklarga kirib past haroratlarda darzlar xosil qiladi va ayniqsa yaxlash-erish tsikllarida. Aytib o’tilgan kamchiliklarni ko’pini bartaraf etish yoki deyarli ahamiyatsiz qilish mumkin betonga mustaxkamlashda turli qo’shimchalarni ishlatib.



Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin