Engil eruvchi podshipnikning qotishmalari. Bu qotishmalar o’tgan asrning o’rtalarida ularni kashf etgan ingliz injeneri I.Babit nomi bilan ataladi va “B” xarfi bilan belgilanadi.
Babitlar uch turga bo’linadi:
Qalay-surmali babitlar (Sn-sb-Cu) Ularga B83, B88 qotishmalari kiradi. Sonlar qotishmadagi qalayning miqdorini bildiradi.
Qo’rg’oshin-qalay-surmali babitlar (pb-Sn-Sb-Cu) ularga B6, B16, BN, Bt qotishmalari kiradi. “N” va “T” - legirlovchi elementlarning (Niva Fe) bosh xarflari.
3. Qo’rg’oshin babitlar (Pb-Ca, pb-sb-Cu) Ularga BK va BS qotishmalari kiradi.
Babitlar juda yumshoq (Nv 13-35) mustaxkamligi kam (bg = 60-100 Mpa), erish temperaturasi past 380-410°S, tez yumshaydigan (1000°S ga qiziganda ularning qattiqligi NV 10-20), lekin sirpanishga qarshiligi juda kam va po’lat bilan ishqalanish koeffitsenti eng kam (0, 005-0, 009) bo’lgan qotishmalardir.
Babitlar juda tez aylanadigan, katta kuchlanish ta’sirida ishlaydigan mexanizmlarning ishlash jarayonida 100°S dan ortiq qizimaydigan sirpanma podshipniklarining ichki qismiga qo’yish uchun yoki shtampovka yo’li bilan ikki, uch qatlamli (bimetall, tri metall) podshipniklar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Qalay-surmali babitlar (B-83, B88). Bu qotishmalar emirilishga chidamliligi va po’lat bilan ishqalanish koeffitsenti kamligi jihatidan boshqa podshipnik qotishmalarga nisbatan ustun turadi.
B83 qotishmasini ichki tuzilishi (strukturasi) surma va misning kalaydagi α qattik eritmasini (qotishmasi asosi, qora rangda), Sn Sbbirikmasi asosida tuzilgan β- qattik eritmasining, yirik, ko’k shaklidagi kristallarida (oq rangda) va Su3Sn – kimyoviy birikmasining mayda yulduzcha yoki ninasimon kristallaridan iborat
Qalayli B83 babitning struktura sxemasi Ishni bajarishdan maqsad. Rangli metall va qotishmasining strukturalarini (ichki tuzilishini) mikroskop ostida ko’rilishini kuzatish va ularni bir-biridan farq qila olishini o’rganish.
Rangli metall va qotishmalarni strukturalarini daftarga sxema ravshda yozish.
Rangli metall va qotishmalarning markalanishini o’rganish va ularni qo’llanish joylari bilan tanishish.