Ishni bajarish tartibi: 1. Ishni bajarish uchun talabalarga rangli metall va qotishmalardan tayyorlangan bir necha to’plam (komplekt) namunalar beriladi. Xar bir to’plamda qotishmalarning nomlari va markalari ko’rsatilgan bulishi kerak.
To’plamlarga quyidagi namunalar kiradi:
mis
α latun
α + β latun
qalayli quyma bronza
bosim ostida ishlov berilgan va yumshatilgan qalayli bronza
oddiy silumin
modifikesiyalangan silumin
yumshatilgan duralyumin
toblangan va tabiiy eskirgan duralyumin
babbit
2. Berilgan namunalarning strukturalari mikroskop ostida kuzatiladi va ularning rasmi (sxemasi) jadvalning 2-ustuniga chizib olinadi.
Eslatma: rasmlar diametri 35 mm bo’lgan aylana yoki 35x35 mm li to’rtburchak shaklida qalamda chiziladi.
3. Qotishmalardagi faza va boshqa birikmalar chizg’ich bilan ko’rsatiladi va ularning nomlari jadvalning 3-ustuniga yoziladi.
4. Qotishmaning strukturasiga qarab (albomdagi va qo’lingizdagi qo’llanmadagi rasmlar bilan solishtirib) ularning turlari aniqlanadi va nomlari hamda markalari jadvalning 4-ustuniga yoziladi.
5. Jadvalning 5-ustuniga qotishmalarning kimyoviy tarkibi ko’rsatiladi (spravochniklardan va qo’lingizdagi qo’llanmadan olinadi).
6. Jadvalning 6-ustuniga qotishmalarning mexanik yoki boshqa muxim xossalari (spravochniklardan olib) yoziladi.
7. Jadvalning 7-ustuniga qotishmalarning qo’llanilish joylaridan misollar yoziladi.