Oddiy silumin strukturasi Modifikatsiyalangan silumin. Modifikatsiyalangan silumin deb suyultirilgan xolatida tarkibiga 0, 01-0, 1 % natriy qo’shilgan qotishmaga aytiladi. Siluminning modifikatsiyalash natijasida kremniyning plastinkalari maydalashadi va qotishmaning mexanik xossalari yaxshilanadi.
δv = 180 MPa, δ=8%
Modifikatsiyalangan siluminning strukturasi kremniyning alyuminiydagi qattiq eritmasi bo’lgan α - kristallaridan va mayda donali evtektik aralashma (α + Si) dan iborat.
BOSIM OSTIDA ISHLOV BERILADIGAN QOTISHMALAR Bu qotishmalar o’z navbatida ikki turga bo’linadi:
a) Bosim ostida ishlov beriladigan. Termik ishlov natijasida mustaxkamligi o’zgarmaydigan qotishmalar.
b) Bosim ostida ishlov beriladigan, termik ishlanganda puxtalanadigan qotishmalar.
Duralyumin. Duralyumin deb Al-Cu-Mg qotishmasiga aytiladi. Ulardan tashqari qotishmaning tarkibida Mn, Fe va Si ham bor. SHunday qilib duralyumin olti elementdan tashkil topgan murakkab qotishma.
Duralyumin “D” harfi bilan va qotishmaning nomerini bildiradigan sonlar bilan belgilanadi. Masalan, D 16.
Yumshatilgan duralyuminning (D16) strukturasi Su, Mg va Mn larning alyuminiydagi qattiq eritmasi α - kristallardan, hamda V faza (Cu Al2) va S faza (Al2 Cu, Mg) larning donachalaridan iborat (8-rasm).
Duralyumin toblash uchun qizdirilganda (485-903°S) 0 va Si fazalar α - qattiq eritmada eriydi. Toblangan va tabiiy eskirtirilgan duralyuminning strukturasi o’ta to’yingan qattiq eritma α - kristallaridan va alyuminiyda erimaydigan Fe va Si ning birikmalaridan iborat
D16-ning strukturasining sxemalari a) Yumshatilgan xolatda. b) Toblangan va tabiiy eskirgan holatda.