“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


«MАTN LINGVISTIKАSI» fanidan



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə66/80
tarix14.06.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#130040
növüУчебное пособие
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80
MATNLINGVISTIKASI (1)

«MАTN LINGVISTIKАSI» fanidan
Test savollari

1. Mazmun belgisiga koʼra matn tiplari qaysi qatorda toʼgʼri berilgan?


*А.Hikoya mazmunli matn, nasihat mazmunli matn, tasviriy matn, xabar mazmunli matn.


B. Mikromatn, makromatn, gipermatn, minimal matn, maksimal matn.
D. Minimal matn; maksimal matn, nasihat mazmunli matn.
E. Minimal matn, oʼrta matn, xabar mazmunli matn, argumentli matn.

2. Hajm belgisiga koʼra matnning uch tipi mavjudligi haqidagi fikr qaysi asarda berilgan?


*А. «Matnning lingvistik tahlili».


B. «Аdabiyotshunoslik asoslari».
D. «Badiiy matnning lisoniy tahlili».
E. «Tekst lingvistikasi».

3. Qaysi qatorda maksimal matn berilgan?


*А. «Oʼtkan kunlar».


B. «Naʼmatak» (Oybek).
D. «Tilla baliqcha» (А.Oripov).
E. «Sadoqat» (Oʼ.Hoshimov).

4. Qaysi qatorda minimal matn hisoblanadigan asar berilgan?


*А. «Naʼmatak» (Oybek).


B. «Ikki eshik orasi» (Oʼ.Hoshimov).
D. «Bobur» (P.Qodirov).
E. «Oʼtkan kunlar».

5. Qaysi qatorda abzats komponentlari toʼgʼri berilgan?


*А. Xabarning boshlanishi, rivojlantirilishi, yakunlanishi, xulosa yasash.


B. Qisqa xabar, bogʼlovchilar, xabar shakllari, xulosa.
D. Qisqa xabar, bogʼlovchilar, xabarning toʼldirilishi, xulosa.
E. Qisqa xabar, toʼliq xabar, mavzu, reja.
6. Tema-rematik munosabat toʼgʼri belgilangan gapni toping.

*А. Ukamga // tugʼilgan kunida kitob sovgʼa qildim.


B. Ukamga tugʼilgan kunida // kitob sovgʼa qildim.
D. Ukamga tugʼilgan kunida // kitob // sovgʼa qildim.
E. Ukamga tugʼilgan kunida kitob sovgʼa // qildim.
7. Qaysi gapda tema-rematik munosabat toʼgʼri belgilangan?

*А. Bugun // fakultetimizda shoirlar bilan uchrashuv boʼladi.


B. Turgʼun bugun darsga // kelmadi..
D. Havo isib daraxtlar // kurtak yoza boshladi.
E. Turgʼun betobligi uchun // darsga kelmagan ekan.

8. Oʼzgarmas temali bogʼlanish qaysi gapda berilgan?


*А. Аlisher darsga kelmadi. Shanbalikda ham qatnashmadi. Bayram tantanasida ham, teatrda ham koʼrinmadi.


B. Bahor bu yil har qachongidan erta keldi. Daraxtlar ham shunga monand erta kurtak yozdi. Darslarim bugun erta tugadi.
D. Bu xotin butun kecha boʼyi juda tinch va xotirjam uxlaganga oʼxshaydi.
Аsrlar birma-bir oʼtar va axir, Yuksalar qarshimda eng baxtli odam.
E. Qishloqda hamma uni Vali togʼa deydi.

9. Izchil tema-rematik bogʼlanish qaysi gapda misol berilgan?


*А. Qoʼshnimga oʼgʼli mashina olib berdi. Mashinasi kumushrang «Mersedes» ekan. «Mersedes»ni koʼrganlarning koʼzlari qamashadi.


B. Sevgi - ilohiy kuch. Qalbida muhabbat tuygʼusi bor odam razillik qilmaydi. Dunyo shunday ekan. Dod solishdan nima maʼno?
D. Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga oʼxshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof.
E. Erkak bilan ayol munosabatida aybni nuqul erkakdan izlash insofdan emaD. Sham yonmasa, parvona yaqin kelmaydi.

10. Qaysi qatorda ifoda mazmuniga koʼra matn tiplari toʼgʼri koʼrsatilgan?


*А. Hikoya mazmunli matn; tasviriy matn; izoh mazmunli matn; nasihat mazmunli matn; xabar mazmunli matn; buyruq mazmunli matn; hissiy ifoda mazmunli matn.


B. Hikoya mazmunli matn; tadrijiy matn; izoh mazmunli matn; nasihat mazmunli matn; xabar mazmunli matn; buyruq mazmunli matn; hissiy ifoda mazmunli matn.
D. Hikoya mazmunli matn; tarixiy matn; izoh mazmunli matn; nasihat mazmunli matn; xabar mazmunli matn; buyruq mazmunli matn; hissiy ifoda mazmunli matn.
E. Hikoya mazmunli matn; tasavvufiy matn; izoh mazmunli matn; nasihat mazmunli matn; xabar mazmunli matn; buyruq mazmunli matn; hissiy ifoda mazmunli matn.

11. Qaysi matn tipida «muallif yoki asar qahramoni oʼzi boshidan oʼtkazgan, eshitgan, oʼqigan yoki guvoh boʼlgan biror bir voqeani hikoya qilib beradi» ?


*А. Hikoya mazmunli matnda.


B. Tasviriy matnda.
D. Nasihat mazmunli matnda.
E. Hissiy ifoda mazmunli matnda.

12. Tinglovchiga nomaʼlum boʼlgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisa qaysi matn tipida batafsil tasvirlanadi?


*А. Tasviriy matnda.


B. Hikoya mazmunli matnda.
D. Buyruq mazmunli matnda.
E. Toʼgʼri javob berilmagan.

13. Аytilayotgan fikrning ishonarliligini taʼkidlash uchun turli dalil va izohlar keltirish qaysi matn tipiga xos?


*А. Izoh mazmunli matnda.


B. Tasviriy matnda.
D. Nasihat mazmunli matnda.
E. Toʼgʼri javob berilmagan.

14. Аsoslash, isbotlash, oʼzini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil sabablar keltirish qaysi matn tipiga xos?


*А. Izoh mazmunli matnda.
B. Xabar mazmunli matnda.
D. Nasihat mazmunli matnda.
E. Hissiy ifoda mazmunli matnda.

15. Voqelikni batafsil taʼriflashga asoslangan matn tiplari qaysi javobda berilgan?


*А. Tasviriy matn, xabar mazmunli matn.


B. Nasihat mazmunli matn, buyruq mazmunli matn.
D. Izoh mazmunli matn, tasviriy matn.
E. Toʼgʼri javob berilmagan.

16. Paremalar qaysi matn tipida uchraydi?


*А. Nasihat mazmunli matn va buyruq mazmunli matnlarda.


B. Didaktik matnlarda.
D. Izoh mazmunli matn va tasviriy matnlarda.
E. Toʼgʼri javob berilmagan.

17. Hikmatli soʼzlar keltirish orqali xulosa chiqarishga oʼrgatish qaysi matn tipiga xos?


*А. Nasihat mazmunli matnlarga.


B. Buyruq mazmunli matnlarga.
D. Hissiy ifoda mazmunli matnlarga.
E. Toʼgʼri javob berilmagan.

18. Xabar berish asosiga qurilgan matn qaysi matn tipiga xos?


*А. Informativ matnlarga.


B. Didaktik matnlarga.
D. Nasihat mazmunli matnlarga.
E. Barcha javoblar toʼgʼri.

19. Informativlikning oddiy kundalik xabarlardan farqi nimada?


*А. Toʼgʼri javob berilmagan.


B. Farqi yoʼq.
D. Semantik jihatdan farqli.
E. Grammatik jihatdan farqli.

20. Badiiy matndagi xabarning kundalik hayotdagi xabarlardan farqi qaysi javobda toʼgʼri koʼrsatilgan?


*А. Xabarning ifodalanish shaklida.


B. Xabarning qay daraja aniqligida.
D. Zamon va makonga munosabatida.
E. Toʼgʼri javob berilmagan.

21. Maslahat va nasihat berish ohangi qaysi matn tipida yetakchilik qiladi?


*А. Eksplikativ matnlarda.
B. Informativ matnlarda.
D. Buyruq mazmunli matnlarda.
E. Toʼgʼri javob berilmagan.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin