II. Hujjatlarni to’g’rilash-yo’qotish, nushalash yoki hujjat matnini kuchirish.
Matnni nushalash va yo’qotishda uni ajratib olish kerakligini albatta ta’kidlab o’ting. a) Matnni ajratish usullari:
SHIFT + boshqarish ko’rsatkichi (, , , ) to’g’rilash kerak bo’lgan matnni yorqinroq rangga bo’yalishi matn ajratilganligidan dalol beradi.
«Tamirilash»menyusidan qirkish buyrug’i tanlansin (almashtirish buferiga ajratilgan matn joylashadi).
d) Qirqilgan yoki nushalangan matnni o’rnatish uchun:
kursorni hujjatning kerakli joyiga qo’ying (qaerga matn qo’yilishi kerak bo’lsa);
«To’g’rilash» menyusidan «o’rnating» buyrug’ini tanlang. Agar biron-bir harakatni bir necha marta takrorlash lozim bo’lsa, «qaytarish» («To’g’rilash» menyusi) buyrug’ini tanlash yoki «Standart» uskunalar panelidan «qaytarish» tugmasini yoki CTRL+Y ni bosish kerak. YUqoridagi amallarni bekor qilish uchun «Bekor qilish» («To’g’rilash» menyusi), yoki uskunalar panelidan «Bekor qilish» tugmasi yoki CTRL+Z tugmalarini qo’shib bosish kerak.
e) Matnni yo’qotish (BACKSPASE, DELETE belgilarni chapdan o’ngga kursor bilan o’chiradi. Har bir bosishda bittadan belgi o’chadi):
CTRL +BACKSPASE - kursordan chapda turgan so’zni yo’qotadi;
CTRL +DELETE - kursordan o’ngda turgan so’zni yo’qotadi;
qatorlarni yo’qotish uchun matn qatorlari ajratilib («sichqoncha» yoki tugmalar bilan), keyin DELETE bosiladi.
To’satdan o’chirib yuborilgan matnni «Bekor qilish» buyrug’i bilan tiklanadi. Imlo xatolarni tuzatish uchun – «Imlo» buyrug’ini tanlash (Сервис menyusi) yoki uskunalar panelidan Imlo tugmasini bosish kerak. Noto’g’ri kiritilgan matnlar bo’lsa, to’lqinsimon chiziqlar paydo bo’ladi.
f) «Samarali» to’g’rilash matnni to’g’rilash va kiritish vaqtini qisqartiradi. Nushalash uchun - CTRL+C; qirqish uchun - CTRL+X; qirqilgan yoki nushalangan matnni o’rnatish uchun CTRL+U bajariladi. (Ta’kidlang, matnni oldindan ajratib olish kerak). Matnni izlash jarayoni:
«To’g’rilash» menyusidan topish buyrug’ini tanlang:
«Nima» qatoriga izlanayotgan so’zni yozing;
«qaerga» menyusi hujjatning qaysi qismidan bu so’zni izlash kerakligini ko’rsatadi (aytilmasa, hujjatning hamma qismidan qidiriladi);
Izlashni boshlash uchun navbatdagi tugmasi bosiladi (bekor qilish uchun «Bekor qilish» tugmasi bosiladi). Buyruqlarni tez chaqirish uchun CTRL+F bosiladi. Matnni izlash va almashtirish: