I. Jadvallar- qator va ustunlarga bo’lingan kataklardan iborat. Bu kataklarga matn yoki grafik axborotlarni joylashtirish mumkin. Jadvalning har bir katagi bo’ylab matn va grafiklarni ko’chirish mumkin. Katakka joylashgan matnga karab, qator yoki ustunlarning o’lchamlarini o’zgartirish mumkin. Masalan, qator yoki ustunlarga qo’shimcha qilish, kataklarni qo’shimcha ramkalash yoki yangi kataklar qo’shish. SHuningdek, jadvalda arifmetik amallarni ham bajarish mumkin (masalan, ustunni ustunga). YAna jadvaldagi ma’lumotlarga ko’ra diagrammalar ham yasash mumkin. Jadvallarni joylashtirish usullari (qo’lda):
a) Uskunalar panelidagi «o’rnatish» tugmasidan foydalanib:
kursorni Siz jadval hosil kilmokchi bo’lgan joyga qo’ying;
jadvalning «o’rnatish» tutmasini bosing, tugma tagida chiziqlar to’ri hosil bo’ladi;
«sichqoncha» yordamida zarur sondagi qator va ustunlarni ajrating.
b) «Jadvalni qo’ying» buyrug’idan foydalanib (Jadval menyusi), kerakli sondagi qator va ustunlar qo’yiladi (jadvalda 31 tadan ortiq ustun bo’lmaydi):
kursor jadval hosil qilish kerak bo’lgan joyga qo’yiladi;
jadvalni qo’yish - muloqot oynasidan kerakli sondagi ustun va qatorlar ko’rsatiladi, qatorlar soniga kerakli qator soni va ustunlar kengligi kiritiladi. Agar aytilmasa, ular hammasining o’lchovi bir xil bo’ladi, lekin hujjat ramkasidan chiqib ketmaydi.
v) OFFICE da CHizing tugmasi hohlagan o’lchamdagi jadvalni chizadi (ushbu uskuna bilan ishlash xuddi to’rtburchakli chizish uskunasi bilan ishlashga o’xshash). qator va ustunlar, jadvalning ramkasi «sichqoncha» tugmasini bosib turib cho’ziladi (tortiladi). Umuman, jadvaldagi harakat «sichqoncha» yoki klaviatura tugmalari orqali amalga oshiriladi. Klaviatura orqali harakatlanish:
Agar yacheykada matn bo’lsa, u holda TAV tugmasi bosilsa, uni ajratib beradi. Agar kursor jadvalning oxirgi katagida turgan bo’lsa, u holda TAV jadvalga yangi qatorlarni qo’shib beradi. Jadvalga matnni kiritish va yukotish:
a) Jadvalga matnni kiritish: Jadval o’rnatilgach, kursor birinchi katakka joylashtiriladi. SHu erdan matnni kiritish mumkin. Xat boshidan boshlash uchun ENTER ni bosing. Jadval oldiga qatorni joylashtirish uchun kursorni birinchi qatorga qo’yib, ENTER bosiladi.
b) Matnni jadvaldan yo’qotish; «sichqoncha» bilan qator yoki ustundagi matnni ajratib olib, DELETE bosiladi.
v) Jadvalni formatlash. Qator va ustunlar kengligini o’zgartirish: «sichqoncha»dan foydalanib, kursor bilan:
«chegara» muloqot oynasidan ramka nushasini tanlang (jadval uchun to’r ko’proq ishlatiladi);
«Usul» menyusidan chiziq turlari tanlanib, kataklarni bo’yash ham tanlanadi («ko’yma»);
OK bosiladi.
d) Ikki yoki undan ortiq jadvalni bo’lish uchun:
yangi jadvalda birinchi qatorda turishi zarur bo’lgan joyga kursor o’rnatiladi, so’ng Jadval menyusidan «Bo’ling» buyrug’i beriladi.
e) Jadvalni kataklarga bo’lish va birlashtirish: Oldindan birlashtirlishi lozim bo’lgan ustun va qatorlar ajratib olinadi. Kataklarni birlashtirish: «Jadval» menyusidan «Kataklarni birlashtiring» buyrug’i tanlanadi.
Kursor to’r chiziqlariga olib kelinadi. «Sichqoncha» yordamida, ya’ni uni chap tugmasini bosib turgan xodda chiziqlarni vertikal yoki gorizontal cho’zish mumkin. «Balandlik» buyrug’i va Jadval menyusidagi katak kengligidan foydalanib, jadval ajratib olinadi:
«Balandlik» va «Jadval» menyusidan «Katak kengligi» buyrug’i ajratiladi;
kataklarni o’zgartirish uchun «Ustun»va «qator»dan foydalaniladi;
qatorlararo yoki ustunlararo o’tish yoki ularning o’lchovini o’zgartirish uchun «Avvalgisi» yoki «Navbatdagi» tugmalaridan foydalaniladi;
g) Jadval hosil qilinayotgandagi chiziqlar chop etilmaydi. Jadvalni ramkalash jarayoni quyidagicha: Avvaldan ramkalash lozim bo’lgan hamma jadval yoki jadvalning bir qismi ajratiladi. CHegara va «qo’shish kerak qism» buyruqlari tanlanadi;
j) Ustun va qatorlarni joylashtirish:
yangi qator yoki ustunlar qo’yilishi lozim bo’lgan joy ajratib olinadi va yangi qator yoki ustun qo’yiladi;
«Jadval» menyusidan qator yoki ustunni «qo’ying» buyrug’i tanlanadi.
II. «Jadvallar ustasi» yordamida jadvallarni joylashtirish.