Mavz: oliy ta’lim muassasasini bitirib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shUG‘ullanuvchilarning psixologik muammolari


Biznes munosabatining ikkita asosiy talabi bor



Yüklə 373,5 Kb.
səhifə22/46
tarix10.05.2022
ölçüsü373,5 Kb.
#57136
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
BMI Maxmudova

Biznes munosabatining ikkita asosiy talabi bor.

Birinchidan, biznes ishtirokchilari suverenitetga, mustaqillik, erkinlikka ega bo‘lishlari shart. Ammo bu biznes sub’ektlarining mustaqilligi bilan cheklanmaydi, balki har bir sub’ektning boshqa sub’ekt, ya’ni o‘zi aloqa qiladigan sub’ekt manfaatlari bilan hisoblashish, uning niyatlarini va xatti - harakatlarini bilish va to‘g‘ri tushunishni ham talab qiladi..

Ikkinchidan, biznes aloqlaridagi sub’ektlar manfaatlarining murosali munosabatda bo‘lishi talab qilinadi. Murosa ish yuzasidan bir-biri bilan aloqa qiluvchilar o‘zaro majburiyatlarini kanda qilmay bajarishlarini, xatti-harakatlari har ikki tomonga zarar keltirmasligini, ularning suvereniteti buzilmasligini taqozo etadi. Garchi nazariy jihatdan biznes va tadbirkorlik tushunchalari o‘rtasida farq bo‘lsada, biroq kundalik xayotda biznes bilan shug‘ullanuvchi barcha kishilarni tadbirkor deb hisoblanadi.

Bu tushunchalar sinonim sifatida ishlatiladi. Ayrim xollarda ular o‘rtasida farq ajratilmaydi, ba’zi xolatlarda xam ikkala so‘z ham ishlatiladi.

Shunday qilib, tadbirkor o‘zining shaxsiy vazifalarini boshqarish bilan bir vaqtda boshqa birovlarning ishlarini, vazifalarini ham ya’ni mayda tovar ishlab chiqaruvchilik, korxona boshqaruvchisi va x.k. vazifalarni ham bajaradi.

Lekin o‘z shaxsiy faoliyatining rivojlanishi, ishlab chiqarish xajmini ko‘payib borishi bilan, ish xajmini o‘sishi va kapitalini ko‘payishi, boshqarish ishlarni qiyinlashuvi sababli biznesmen va menejerlarni ishga qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda ko‘ramizki, bozor iqtisodiyoti ishtirochilari orasidagi farq yaqqol ko‘rinadi.

Demak, biznes - pul topish yo‘lidagi harakat, boylikni, mulkni oshirishga intilish bo‘lsa, tadbirkorlik - bu ixtiro etish, ishlab chiqarish omillaridan oqilana foydalanish yordamida unga o‘xshash bo‘lmagan yangilikni yaratish va amalga oshirish yoki eskisini yo‘qotib, takomillashtirib ishlab chiqarishni qayta qurish, ya’ni novatorlik.



Korxona faoliyatini muvoffaqiyatli olib borishi uchun biznesmen ko‘pgina sifatlarga ega bo‘lishi kerak:

  • Uz soxasini bilimdoni bo‘lishi;

  • Iqtisodiyot asoslarini bilishi;

  • Huquqiy tarbiyachi bo‘lishi;

  • Psixolog;

  • Kompyuter texnikasini bilishi;

  • Chet tilini bilishi va x.k.lar.

Biznes soxasida hech kim o‘zini yirik mutaxassis deb aytmaydi. Biznesda mutloq tamoyilli, keskin tushunchalarni ajratish qiyin. Biznes olamida mashxur nazoratchi va amaliyotchi Gerbert Nyuton Kesonning «Puldorlik san’ati» kitobidagi pul topish va asrash xaqida nutqidagi qoidalar berilgan.

  1. Aniq maqsadni ko‘ring.

  2. Qilinadigan ishlarni rejalashtiring.

  3. Shartnomalarni doimiyligini ta’minlang va uni saqlab qoling.

  4. Mulk hisobiga pul qiling.

  5. Tanish bilishlardan foydalaning, ular bilan doimiy aloqa o‘rnating.

  6. Sotish mumkin bo‘lgan narsagagina pul sarflang.

  7. O‘z foydangizni oling.

  8. Narxlar arzonligida sotib oling, qimmatlashganda soting.

9. O‘z bankirlaringizning so‘zlarini tinglang.

10.Pulingizni har doim aylanib turishini ta’minlang.

11.Qancha pul qo‘yish mumkin bo‘lsa shuncha qarz oling.

12.Xech qachon qarz bermang.

13.Qarzni ishni rivojlantirish uchun oling.



14.Narxning tebranishini kuzatib boring.

Biznesning maqsadi, odatda foyda olish va uni barqaror xolga keltirish, foydani muttasil oshirib borish va boyib ketish, foyda hisobiga kapitali kupaytirishdir. Bunday foyda biznesning keyingi rivojini va ijtimoiy talablarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Buni quyidagi chizmadan ko‘ramiz.

Foyda
Biznesning maqsadi


Tovar ishlab chiqarish va xizmatlarni bajarish

Biznes rivojlantirish

Ijtimoiy maqsadlar

Tadbirkorning maqsadi esa yangi fikr va g‘oyalarni izlash, tahlil qilish, o‘zining tashabusskorlik, yaratuvchilik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, o‘z ishni rivojlanishida muvofaqiyatga erishishdir.

Biznesning eng asosiy jihati - bu tadbirkorlikdir. Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, (14.04.1999.):

«Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) qonun xujjatlariga muvofiq daromad (foyda) olishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) yo‘li bilan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyatdir» deb ko‘rsatilgan.

"Tadbirkor" - yuridik shaxs bo‘lsa ham bo‘lmasa ham doimiy ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxsdir (yakka tartibdagi tadbirkor)» Bunday iboralar ham tadbirkorlik va tadbirkor to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bermaydi, ularning mohiyatini yetarli darajada yoritmaydi.



Tadbirkorlik faoliyati o‘zi nima, uning o‘ziga xos belgilari va uni amalga oshirishdagi muhim tamoyillar qaysilar. Bu masalani V.Dolyaning lug‘at kitobidagi tushuncha orqali bir muncha oydinlashtirish mumkin. «Tadbirkor degani yangi bir ishga qo‘l urish, uni bajarishga kirishish, qandaydir kattaroq ishlarni amalga oshirishdir».

Tadbirkor, ya’ni o‘ylab ish ko‘ruvchi kishi - korxona ishini yurgizishga moyil, qobiliyatli, katta xajmdagi ishlarga qo‘l uraoladigan, jasur, cho‘rt kesar va bunday ishlarga botir bo‘lgan kishidir».

II BOB. YOSH MUTAXASISNI KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK BILAN SHUG‘ULLANISHIDAGI MUAMMOLAR YECHIMI


Yüklə 373,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin