2.1. Yosh mutaxasisni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish faoliyatini tashkil qilishdagi ilg‘or tajribalar.
Yuqoridagi sifatlarga ega bo’lgan tadbirkorlar faoliyatini ularning ish tajribalarini o’rganib chiqdik. Masalan Andijon shaxar Navoiy shox ko’chasi T.Qodirov MFY 11 uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Zulfiyahon Halimova ADUni bitirib tadbirkorlik bilan shug’ullanadi. U o’z qiziqishlari va intilishlari asosida qo’shimcha tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadi. U o’zidagi chevarchilikka bo’lgan qiziqishi (hobbysi) kuchli bo’lganligi sababli shu sohani mukammal o’rganib hozirda o’z honadonida chevarchilik sexini ochgan va atrofiga o’ziga o’xshagan chevarchilikka qiziqqan yoshlarni to’plab ularni kasb xunarga o’rgatish bila
n birga ham o’z honadoniga ham jamiyatga foyda keltirmoqda. Biz BMIni ob’ekti sifatida anashu xususiy tadbirkor faoliyatini o’rgandik.
Bu sivilizatsiyada mehnat qilib o‘zining ustida tinmay ishlaydigan, uzluksiz ta’lim oladigan, doimiy ravishda o‘z bilim ehtiyojlarini qondirib, olgan bilimini oilasi, xalqi va davlati rivojlanishiga sarf qila oladigan shaxsgina munosib o‘rinni egallashi mumkin. Shuning uchun ham milliy modelimizda uzluksiz ta’limga katta ahamiyat berilgan. Bu sifatni Zulfiyahon Halimova faoliyatida kuzatdik.
Andijon shaxirdagi “Sanoat” maxalla xududida Biokimyo zavodi, yog’ moy OAJ, beton buyumlar zavodi kabi yirik mebel ishlab chiqarish, ishchi kiyimlar tikish-bichish, tuz yodlab qadoqlash sexlari singari 19 ta kichik xususiy korxonalar da tajriba o’tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Demokratik va huquqiy davlat qurishdan maqsadi mamlakatda yashovchi har bir kishini Z.Halimova kabi tadbirkorlarni huquq va erkinliklarini to‘la ta’minlandi. Buning uchun avvalo O‘zbekiston Respublikasi huquqiy asosda yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlar inson huquq va erkinliklari belgilab qo‘yilgan tadbirkor talab qilinadi.
Xozirgi vaqtda tadbirkorlar biznesni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan soXalar toboro kengayib bormoqda. Ular: «Bozor iqtisodiyoti asoslari», «Biznes asoslari», «Biznesni boshqarish», «Xalqaro biznes», «Biznes etikasi», «Mikroiqtisodiyot», «Makroiqtisodiyot», «Iqtisodiy nazariya», «Mikroiqtisodiy statistika» «Makroiqtisodiy statistika», «Bank statistikasi», «Korxona iqtisodiyoti» «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» soxasidagi bilimlarni egallash, kichik biznes va tadbirkorlik fanini chuqur egallashga xizmat qiladi. Mustaqil O’zbekistonda rivojlanishning dastlabki davrlaridanoq hukumat va Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ilgari surilgan muammolardan biri shu ediki, yoshlarni murakkab bozor munosabatlariga tayyorlash, ularda yangicha tafakkurni shakllantirish bo’lib, bu aynan mulkchilikning yangi shakllari barqarorlashishi jarayoniga yangi avlodni psixologik nuqtai nazardan tayyorlashni nazarda tutar edi.
Bu va boshqa hayot taqozosi bilan paydo bo’layotgan masalalar ishlab chiqarish, sanoat va korxonalar, xususiy va kichik korxonalar faoliyatini takomillashtirish, ular faoliyati samaradorligini oshirishga taalluqli bo’lgan qator dolzarb muammolarni yuzaga keltirdi-ki, ularga quyidagilar kiradi:
(a) iqtisodiyotning tarkibiy tizimlari va bo’g’inlarida (korxona, tashkilot va muassasalarda) odamlarning guruh va jamoalarga birlashtirishga aloqador muammolar. Bunda samaradorlik nuqtai nazaridan odamlar soni masalasi muhim bo’lib, hozirda mavjud jamoalarda tadbirkorlar soni 5-6 tadan tortib 100 va undan ortiq kishilar guruhi bo’lib, bu borada aniq bir tavsiyalar ishlab chiqish masalasi izlanuvchilar oldida turgan vazifalarni anglashni qiyinlashtiradi. Demak, ishlab chiqarish va sanoatning o’ziga xosligini inobatga olgan holda, odamlarning birlashib, jamoa bo’lib ishlashida ularni guruhlashtirishning eng maqbul shartlari qandayligini o’rganish, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish “kalit”ini topishga yordam beradi. Lekin shuni nazarda tutish lozimki, har Xil guruhlarda taqqoslash yo’li bilan izlanishlar olib borish va birining natijasini ikkinchisiga yoyish mumkin emasligini yoddan chiqarmaslik kerak. Shaxsga individual yondashgan singari, har bir ishlab chiqarish bo’g’inining o’ziga xos tabiati va shart-sharoitini hisobga olgan holda boshqaruv ishlarini tashkil etish kerak;
(b) birlamchi ishlab chiqarish guruhlaridagi rahbarlar ijtimoiy-psixologik mavqeining turlicha ekanligi, ya’ni smena ustasidan tortib, korxonaning rahbarigacha bo’lgan boshqaruv tizimi o’rganiladigan bo’lsa, ularning haq-huquqlari, imkoniyatlari, lavozimidan kelib chiqadigan huquqlari va burchlari har xil bo’lgani uchun ham, ularning real jamoa va guruhlardagi mavqelari, ta’sir kuchlari har xil bo’ladi. Bu narsa rahbarlarga turlicha talablar tizimini ishlab chiqishni taqazo etadi;
(c) ko’p hollarda birlamchi ishlab chiqarish guruhlarida bittadan ortiq rahbar bo’lib qoladi. Masalan, smena muhandisi va sex boshlig’i. Agar ularning rahbarlik usullari turlicha bo’lsa, bu ham muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida korxona va ishlab chiqarishning samarasiga o’zining ta’sirini o’tkazadi;
(d) hozirgi bozor sharoitida ishlab chiqarishni tashkil qilish va xo’jalik yuritishning turlicha shakllari, turli jamiyatlar (hissadorlik, jamoa, davlat xo’jaligi, xususiy mulkchilik yakka tadbirkorlik va boshqalar) shaklida ish yuritayotganligi, har turli korxonalarni boshqarishni takomillashtirish maqsadida, ulardagi psiXologik muhitni mo’tadillashtirish va ijtimoiy faoliyatni takomillashtirishning o’ziga xos psixologik mexanizmlarini o’z o’rnida o’rganishni talab qilmoqda;
(e) ayni bozor talablaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni takomillashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni muvofiqlashtiruvchi xizmatlar tizimi, xususan, marketing xizmati, amaliy psixologik xizmatni joylarda keng ko’lamda joriy etish, bunga malakali mutaxassislarni jalb etish, ma’rifiy ishlar, tashkiliy tadbirlarning samaradorligini oshirish borasida keng qamrovli ilmiy-amaliy ishlarni yo’lga qo’yishni taqozo etadi.
Mutaxassislarni bo’lg’usi kasb-korga psixologik jihatdan tayyorlash, rahbarlar va rahbar zaxirasini o’qitish, muammoni yechishning bir tomoni bo’lsa, uning muhim ikkinchi tomoni – korxona va tashkilotlarda ijtimoiy xizmatni ta’minlovchi psixolog va sotsiolog kadrlarni tayyorlash va bu boradagi jamiyat ehtiyojini qondirishdir.
Hozirgacha iqtisodiyot, ishlab chiqarish va tadbirkorlikka aloqador yo’nalishda o’tkazilgan psixologik tadqiqotlar sanoat birlashmalaridagi alohida ishlab chiqarish guruhlaridagi ijtimoiy-psixologik muhitni o’rganishga qaratilgan bo’lib, ularda ishlab chiqarishning samaradorligi, ishchilarning ishni idrok qilishlari hamda ularning kasb va lavozimlariga aloqador kutishlari kabi jarayonlar o’rganilgan. Ko’plab tadqiqotlarda jamoadagi psixologik muhitga rasmiy va norasmiy rahbarlik – liderlikning ta’siri, liderlik sifatlarining shakllanishi, faoliyat samaradorligini ta’minlaydi;
(f) yangicha bozor munosabatlari sharoitlarida oilalarning pul, jamg’arma, foyda, qimmatbaho qog’ozlar, boylik va kambag’allik tushunchalarini qay darajada idrok qilishlari ham ularning raqobatli bozor munosabatlariga chidamliliklari va ijtimoiy adaptasiyalarini ta’minlaydi. Jamiyatimiz a’zolarining ma’naviy barqarorligini ta’minlash borasida juda yaxshi xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday sharoitda odamlarning moddiy va ma’naviy boyliklari, shaxsiy va ijtimoiy foyda xususidagi fikrlarini to’g’ri tarbiyalash, iqtisodiy tafakkur yoki parokandachilik psixologiyasi, bu boradagi ijtimoiy ustanovkalarning shakllanganlik darajasi va xarakteri ko’plab holatlarda iqtisodiy inqirozlarni bartaraf etishga yordam beradi. Shuning uchun ham O’zbekiston sharoitida “pul psixologiyasi” va unga munosabat, yoshlarda moddiy va ma’naviy boyliklarga to’g’ri, oqilona munosabatlarni shakllantirishda ham iqtisodiy psixologiya o’z ulushini qo’shishi mumkin;
(g) iqtisodiy psixologik adaptasiya masalasi ham yangicha bozor munosabatlari sharoitida paydo bo’lgan muammolardan bo’lib, u bevosita jamiyat a’zolarining turmush tarzi, turmush darajasi va moliyaviy nazorat sifatlari bilan bog’liqdir. Odamlarni o’zgaruvchan iqtisodiy barqarorlik sharoitlaridagi xulq-atvorlari, ularni nazorat qilish va turli stress holatlariga tayyorlash, inqirozdan chiqish yo’l-yo’riqlari haqida tasavvurlar tizimini shakllantirish, ayniqsa, korxona yoki tashkilotlar faoliyati barbod bo’lgan yoki ishchi- tadbirkorlar soni keskin qisqartirilgan sharoitlarda odamlar bilan muomala qilish va ular manfaatini himoya qilish mexanizmlarini ilmiy asoslangan tarzda ishga solish ham o’ta dolzarb yo’nalishlarda hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |