Mavzu : Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda Mundarija


I . BOB. Bobil podsholigining tashkil topishidagi tarixiy shart – sharoitlar



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix11.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#128481
1   2   3   4   5   6   7   8
Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda

I . BOB. Bobil podsholigining tashkil topishidagi tarixiy shart – sharoitlar 



1.1.Qadimgi Bobil podsholigida amoriylar sulolasi (miloddan avvalgi 1518-1894
Bobil (Vavilon) — Mesopotamiyaning jan. qismi (hozirgi Iroq hududi)da 
miloddan avvalgi 2-ming yillikning boshidan miloddan avvalgi 538 yilgacha mavjud 
boʻlgan qad. davlat. Markaziy shahri Bobil nomidan olingan. Miloddan avvalgi 3-
ming yillikda Mesopotamiyada shahar-davlatlar (Uruk, Kish, Ur, Lagash va 
boshqalar) paydo boʻlgan edi. Bobil shahri vujudga kelmasdan oldin Dajla va Furot 
daryolari orasida — Shumer va Akkad davlatlari mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi 
21-asr oxirida koʻchmanchi semit (somiy) qabilalaridan biri amoriylar Akkadning 
katta bir qismini bosib olgach, qudratli davlat barpo etib, Bobil shahrini markaz 
qilganlar. Shu davrda elamliklar ham Shumerda oʻrnashib olgan. Mesopotamiyada 
hukmron boʻlish uchun amoriylar bilan elam qabilalari oʻrtasidagi kurashda 
amoriylar gʻolib chiqqan. Qad. B. podsholigida amoriylar sulolasi (miloddan avvalgi 
1894—1518) mustahkamlanib olgan. Bu sulola podsholaridan Hammurapi 
(miloddan avvalgi 1792—1750) Shumerni ham oʻz davlatiga qoʻshib olgan. 
Mustabid davlatni mustahkamlash maqsadida Hammurapi buyrugʻi bilan yuqori 
tabaqalarning manfaatini qoʻriqlashga qaratilgan qonunlar majmuasi tuzilgan. Bu 
qonunlar yerga egalik, savdo-sotiq, qulchilik, iqtisodiyijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solgan. 247 moddadan iborat qonunlar toʻplami bazalt ustuniga arxaik 
mixxat bilan yozilgan. B. davlatining eng ravnaq topgan davri — Hammurapi 
hukmronligi davridir. Hammurapidan keyin B. davlati tushkunlikka yuz tuta 
boshlagan. 
Miloddan avvalgi 1518-yilda kassitlar Mesopotamiyaga bostirib kirib, B.da 
oʻz hukmronligini oʻrnatgan. Kassitlar sulolasi davrida (miloddan avvalgi 1518—
1204) chorvachilik rivojlangan, qoʻshni Misr davlati bilan savdo va diplomatik 
munosabatlar oʻrnatilgan. Bu davrda ossuriyaliklar va elamliklar bir necha marta 
B.ga hujum qilgan. Shundan keyin B. siyosiy jihatdangina emas, balki madaniy 
jihatdan ham tushkunlikka uchray boshlagan. 
Miloddan avvalgi 7-asrda B. ossuriyaliklar tomonidan ikki marta (689 va 
648 yillar) vayron etilgan. Miloddan avvalgi 626 yil Ossuriyaning B.dagi noibi, 
xaldeylar qavmidan boʻlgan Nabopalasar Ossuriyadan ajrab chiqib oʻzini B. 



podshosi deb atagan. Shu vaqtdan Yangi B. podsholigi yoki Xaldey davri (miloddan 
avvalgi 626— 538) boshlanadi. Nabopalasar Midiya podshosi Kiaksarga Ossuriya 
bilan urushida yordam berib Ossuriya davlati xududini u bilan boʻlishib olgan. 
Nabopalasarning oʻgʻli Navuxodonosor II (Sharq adabiyotida "Buxtunnasr") 
(miloddan avvalgi 604— 562) misrliklarni Old Osiyodan batamom siqib chiqargan. 
Miloddan avvalgi 586 yil Kuddusni vayron qilgan, Yahudiya B. viloyatiga aylangan, 
574 yil Tirni egallagan. Yangi B. podsholigi davrida Bobil shahri ijtimoiyiktisodiy 
jihatdan taraqqiy etgan, savdo, xunarmandchilik, binokorlik rivojlangan eng yirik 
shaharlardan biriga aylangan. Navuxodonosor kurgan dabdabali binolarning 
harobalari hozirgacha sakdanib kelgan. "Bobil" deb yuritiladigan tepalik 
kazilganida, katta bir saroy harobasi, "qasr" tepachasi qazilganda Navuxodonosor 
zamonidan qolgan ajoyib binolar topildi. Ularning devorlari gullar solingan sirli 
koshinlar bilan bezatilgan. Diniy marosimlarda yuriladigan muqaddas yoʻl ham shu 
saroy yonidan oʻtgan. Bu yoʻlga toshdan yoʻnilgan plitalar yotqizilgan, plitalarda 
mixxatlar saqlangan. Navuxodonosor davrida B. podsholigi oʻz taraqqiyotining 
ikkinchi yuksalish davriga chiqqan. 555 yildagi davlat oʻzgarishidan soʻng B. taxtiga 
oʻtqazilgan Nabonid (miloddan avvalgi 555—538) mamlakatning bir butunligini 
saqlash uchun harakat qiddi, lekin axomaniylar podshosi Kir //miloddan avvalgi 538 
yilda B.ni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. B. podsholigi shu tariqa kuladi. 
Qadimgi Sharq aholisi turli Irq va Irqiy guruhlarga : yevroosiyo, yevropoid, 
ekvatorial yoki negroavstroid xalqlar, osiyo-amerika yoki mongoloid Irqi, (Uzoq 
Sharqda), negroid Irqi (Napate va Meroye xozirgi Sudan) janubiy Hindiston 
kabilarga bo`lingan. Irq etnologiyasi ko`p sonli xalqlar, qabila va etnik guruhlarga 
bo`linadi. U ba'zi hududlarga turli irqiy guruh va guruhchalarga bo`lingan. Qadimgi 
Sharqda qadimda sekin-asta barqaror yirik til oilalari paydo bo`ldi. Old Osiyoda 
ko`p sonli somiy-homiy yoki afro-osiyo til oilasiga kirgan somiy shoxchasi, Misr 
yoki homiy, berber-liviya, kushit va boshqalar kirgan turli xalq va qabilalar yashar 
edi. Somiy tillarida so`zlashuvchi xalqlarga akkadlar, amoriylar, oromiylar, 
osuriylar, xanaanlar, yahudiy, arab va boshqalar kirgan edi. Somiy tilli xalqlar 
asosan Mesopotamiya cho`llari va Arabiston yarim orolida yashar edilar. Misr yoki


10 
homiy shoxobchasiga qadimgi Misr aholisi, berber-liviya tillarida so`zlashuvchi Nil 
vodiysidan g'arbdagi qabilalar, kushit tillarida Nil yuqori oqimidagi xalqlar 
so`zlashar edilar. Xett-luviya va xind-eronlar hind- yevropa tillari oilasining 
shoxobchalaridan edi. Xett- luviya tillarida xettlar, liviyaliklar, koreyslar va Kichik 
Osiyoning boshqa kichik qabilalari so`zlashar edi. 
Mesopotamiyaning shimolida er.avv. III ming yilliklardan boshlab sharqiy 
semit chorvador qabilalari yashagan. Ularning tili akkad tili deb atalgan. Er.avv. III 
ming yillik oxirida g`arbdan, Suriya cho`llaridan Mesopotamiyaga g`arbiy semit 
chorvador qabilalari qirib kelgan. Akkadlar ularni amoriylar deb atashgan.
(Akkadcha «Amurri», «Suriya» yoki «Garb» deyilgan.) Er. avv. III-II ming 
yilliklarning birinchi yarmida amoriylar Mesopotamiyada bir necha podsho 
sulolalarga asos solganlar. Qadimgi shimoliy Mesopotamiya, shimoliy Suriya va 
Arman tog`larida xurrit qabilalari yashagan. Shumer va akkadlar ularni va 
mamlakatni Subarti deb atashgan. 
Er. avv. III ming yillikdan Shimoliy-sharqiy Mesopotamiyada Diyali 
daryosidan Urmiya ko`ligacha yarim ko`chmanchi kutiy (gutiy) qabilalari yashagan. 
Kassit qabilalari shimoliy-g`arbiy Eronda, elamlardan shimolda yashagan. Ular er. 
avv. XVI asrda Bobilni bosib olib, o’z sulolariga asos soldilar: Kassitlar mahalliy 
madaniyat, tilni qabul qilib mahalliy aholini assimilyasiya qildilar. Er. avv. II ming 
yillikning ikkinchi yarmida shimoliy Armaniston va Suriya cho`lidan shimoliy 
Mesopotamiyagacha g`arbiy semit guruhiga mansub kassit qabilalari kirib keldi. 
Ular er. avv. XII asr oxirida shimoliy Suriya va janubiy-g`arbiy Mesopotamiyada 
kichik davlatlar barpo qildilar. Ular er. avv. I ming yillik boshlarida xurrit va amoriy 
aholisi bilan qo’shilib ketdilar. Oromiy tili bu yerda keng tarqaldi. Er. avv. X asrda 
janubiy Mesopotamiyaga oromiylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o`rnashdi. 
Mesopotamiya hududida er. avv. IV ming yillikdan III ming yillikgacha 
ibtidoiy jamoa tuzumini yemirilish jarayoni bordi. Shumerlarning er. avv. IV ming 
yillikni boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati 
boshlandi. 
Er. avv. III ming yillikdan boshlab mamlakatni janubiy qismida 


11 
shumerlarning kichik shahar- davlatlari paydo bo’ldi. Er. avv. III ming yilliklar ilk 
sulola davri deb ataldi. Keyingi davr er. avv. III ming yillikning oxirgi davri kuchli 
mutlaq monarxiyalar tashkil topish davri hisoblanadi. Er. avv. XXI-XXIII asrlar 
siyosiy markaz Mesopotamiyaning markaziga ko`chib bu yerda Akkad davlati 
tashkil topadi va uning tarkibiga Shumer janubiy va shimoliy Mesopotamiya kiradi. 
Kutiylar hujumi sababli Akkad podsholigi yemirilib, yetakchilik Shumer-Akkad 
podsholigiga o’tadi. 
Er. avv. II ming yillikning boshlarida Ikki daryo oralig`ida Bobil podsholigi 
yuksalib, Bobil boshchiligida butun mamlakat birlashtirildi. Uning tarixi quyidagi 
davrlarga bo’linadi: Qadimgi Bobil yoki amoriy davri er. avv. XIX-XVI asrlar, o’rta 
Bobil yoki kassit (er. avv.XV-XII asrlar) davri, Bobilning siyosiy tushkunlik 
davri (er. avv.XII-VII asrlar ), yangi Bobil qisqa qayta uyg`onish (er. avv. VII-VI 
asrlar ) davri va Eron tomonidan malakatni bosib olinishi. 
Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo`yicha asosiy manbalar bu moddiy 
madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari 
hisoblanadi. 
Er. avv. III-I ming yilliklarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari 
Mesopotamiyaning qadimgi shaharlari Eredu, Uruk, Lagash, Larsa, Nippur, 
Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil xarobalarini qazish natijasida ma'lum. 
Shaharlarda zinapoyasimon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar, 
xo`jalik inshootlari, san'at asarlari va uy anjomlari topilgan. Mesopotamiyadan, 
Misr, Baxrayn va Hindistondan er. avv. III-II ming yilliklarga oid silindrsimon 
stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muxrlar ko’plab topilgan. 
Eng qadimgi hujjatlar (er.avv. III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat-
Nasrdan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik belgilar bilan 
yozilib hali oxirigacha o`qilmagan. Lagashdan er.avv. III ming yillikka oid xo’jalik 
hujjatlari topilgan. Ayniqsa, er.avv. II ming yillikka oid ko’pgina xo`jalik hujjatlari 
saqlanib qolgan, ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib
qolgan. Hozirgi Turkiya hududidagi Qultepadan er.avv. II ming yillikka oid 
Osuriya va amoriy savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan 


12 
10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv; er. avv. II ming yillikka oid qadimgi 
Arrapxadan topilgan 4000 loy taxtacha; er. avv. XII- XI asrlarga oid Ashshur shahri 
arxivi, er. avv. I ming yillika oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari 
kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa, Nippurda «Murashu uyi»dan topilgan 
er.avv. V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovordir. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin