Mavzu : Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda Mundarija



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix11.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#128481
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda



Mavzu : Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda 

Mundarija 
Kirish……………………………………………………………………………….5 
I . BOB. Bobil podsholigining tashkil topishidagi tarixiy shart – sharoitlar 
 
1.1. Qadimgi Bobil podsholigida amoriylar sulolasi (miloddan avvalgi 1518-1894 ) 
……………………………………………………………………………………...8
1.2.
Mesopotamiyadagi shahar-davlatlarning rivojlanish bosqichlari…………….12 
II . Qadimgi Bobil podsholigining yuksalishi 
2.1. Podshoh Xamurapi qonunlarining yaratilishi va bobil shaharlari bo'ylab 
yoyilishi…………………………………………..……………………………….19 
2.2. Yangi Bobil podsholigi va shaharning forslar tomonidan zabt etilishi……...24 
Xulosa……………………………………………………………………………..31 
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...33 



Kirish 
Qadimgi Sharq jamiyatlari uzoq davom etgan notekis tarixiy taraqqiyot 
yo`lini bosib o`tdilar. Ba'zi Qadimgi Sharq mamlakatlari yuksak ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy 
va madaniy taraqqiyot 
darajasiga 
erishdilar. (Qadimgi Misr, 
Mesopotamiya, Finikiya, Kichik Osiyo, Qadimgi Hindiston va Xitoy, Eron hamda 
O’rta Osiyo) Bu hududlarda yuksak rivojlangan madaniy, iqtisodiy va siyosiy 
markazlar shakllandi va qo`shni mamlakatlarga o`z ta'sirini o`tkazdi. Er. avv. IV-III 
ming yilliklarda Qadimgi Sharqning turli sivilizasiya markazlari (Misr, 
Mesopotamiya, Hindiston) nisbatan yopiq rivojlandi. Er. avv. II ming yillikning 
o`rtalaridan Yaqin Sharqning turli hududlari o`rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
aloqalar o`rnatildi. Er.avv. I ming yillikda esa bu aloqalar yanada kuchaydi va 
madaniyatlarning o`zaro ta'siri natijasida sharq madaniyatlari boyidi. Shu tarzda 
Qadimgi Sharq dunyosining yaxlitligi amalga oshdi. 
Qadimgi Sharq tarixini o`rganishda yozma manbalarning ayrim, uzuq-yuluq 
parchalar shaklida yetib kelishi va ularni tarixiy sharhlashning murakkabligi katta 
qiyinchilik tug'dirdi. Yirik sharqshunos olimlar G.Maspero, Ed.Meyer, B.A.Turayev 
va Kembrij qadimgi tarixi mualliflari, qadimgi Sharq mamlakatlarining siyosiy, 
madaniy va diniy tarixi bo`yicha noyob asarlar yaratdilar. G`arbning ba'zi 
sharqshunoslari Qadimgi Sharq jamiyatini feodal tuzumga ega ekanligi 
tushunchasini ilgari surdilar. 
Qadimgi Sharq jamiyatining o’ziga xos xususiyati to`g'risidagi 
munozaralarda ko`pincha u yoki bu mamlakatda qullar sonining ozligi ko`rsatib 
o`tilgan edi. Ularning sonini taxminan belgilashga to`g'ri kelar edi. Bir qancha 
xollarda tegishli statistika ma'lumotlari topilmagan, boshqa manbalardan keltirilgan 
qo`shimcha dalillar esa qullar mehnatining salmog'ini kutilgandan kamroq ko`rsatar 
edi. Bizga sharqdagi ijtimoiy munosabatlarni o`rganish uchun manbalar ham 
yetarlicha emas. 
Bobil podshosi Xammurapining XX asr boshlarida kashf etilgan qonunlar 
to`plamida va yanada ozroq topilgan xett qonunlarida aholi birinchi navbatda erkin 



odamlarga va qullarga bo`linadi. 
Qullarning erkin odamlardan son jihatidan ustunligini quldorlikning asosiy 
belgisi deb hisoblash aslo mumkin emas. Qadimgi Sharq podsholarining, 
shuningdek ibodatxonalar va akobir-a'yonlarining yer- mulklarida qullardan 
foydalanish hamma vaqt yetakchi o`rin tutgan. Ammo butun boshli mamlakat 
miqyosida qishloq xo`jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarining eng ko`p qismi 
erkin mayda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirilgan. 
Sharqda quldorlik tuzumi Yevropadagiga qaraganda oldinroq vujudga 
kelgani sababli, u yerda bu tuzum o`ziga xos shakl kasb etgan, xuddi shu xususiyat 
sharqshunos olimlarining Osiyo ishlab chiqarish usuli xaqida gapirishlariga asos 
bo`ldi; Mazkur ishlab chiqarish usulining o`ziga xos xususiyati yerga jamoaning 
egaligidir. Shubhasiz, Osiyo ishlab chiqarish usuli haqidagi masala murakkab 
va munozarali masaladir, bu mavzudagi munozarani hali 
tugagan 
deb 
hisoblab 
bo`lmaydi. Lekin Osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan o`ziga 
xos jamiyat (ba'zan uni hatto mahalliy emas, balki universal jamiyat deb e'tirof 
qiladilar) bo`lmaganligi borgan sari ko`proq
ma'lum bo`lib qolmoqda. Barcha 
ma'lumotlarga ko`ra Osiyo ishlab chiqarish usulini 
quldorlik 
jamiyatining 
mahalliy ko`rinishi deb tushunmoq kerak, chunki bu yerda Sharqda quldorlik 
sekin-astalik bilan rivojlana borgan. Qadimgi 
Sharq 
davlatchiligi 
harbiy 
demokratik an'analarini sekin-asta tugatgan holda uzoq davom etgan jarayonda 
shakllandi. Ibtidoiy monarxiyaning ilk shakllari sekin-asta u yoki bu shakldagi 
mutloq hokimiyatga 
aylandi. Qadimgi Sharq mutloq hokimiyatining o`ziga xos 
xususiyati davlat boshlig'i hukmdor despotning alohida mavqei edi. Podsho sud, 
ijroiya va qonunchilik hokimiyatini o`z qo`lida to`plagan 
bo`lib, shu bilan 
birga u eng oliy odam, xudolarning noibi, ularning avlodi yoki xudolardan biri 
hisoblangan. Mutloq hokimiyat turli mamlakatlarda turli darajada edi, uning to`liq 
ko`rinishini Qadimgi Misrda, Eron va Xitoyda cheklangan ko`rinishini esa, Xett 
davlati podshosi misolida ko`rish mumkin. Qadimgi Sharqda o`ziga xos oligarxik 
respublikalarni Hindiston va Finikiya shahar- davlatlari misolida ko`rish mumkin. 
Qadimgi Sharq davlat hokimiyatini g`arb tarixchilari deb tushuncha 



beradilar despotiya («despotes» yunoncha «xo`jayin») va g`arb davlatchiligidan 
keskin farq qiladi. Sharqda davlat hokimiyati, podsho qo`lida turlanib barcha Sharq 
mamlakatlarida podsho hokimiyati ilohiy darajada, mutloq, ya'ni cheksiz edi. 
Sharqdan farqli, g'arbda podsho hokimiyati ayrim hududlarda (misol uchun qadimgi 
Rim, Makedoniya ) cheksiz bo`lib, ular ham ilohiylashtirilgan. Umuman olganda
Sharq davlatchiligi o`ziga xos va betakror bo`lgan, buni biz qadimgi Misr misolida 
yaqqol ko`rishimiz mumkin. 
Qadimgi Sharqda davlat hokimiyati shakllanishi jarayonida yer egaligida 
jamoa yer egaligidan tashqari davlat yerlari, ibodatxonalarga qarashli yerlar, xususiy 
va jamoa yerlari mavjud bo`lgan. Yaylov, o`tloq, daryo va o`rmonlar jamoa mulki 
hisoblangan. Ko`p hollarda bunday toifalardagi yerlar davlat hokimiyati tomonidan 
tasarruf qilingan. Ayrim hollarda davlat hokimiyati tomonidan jamoa yoki xususiy 
kishilarga foydalanishga berilgan. 
Qadimgi dunyoda qulchilik doimo turli manbalardan to`ldirib borilgan. Shu 
bilan birga o`z mulkiga ega bo`lmagan yersiz kishilar davlat va ibodatxonalarda 
majburan ishlab, evaziga oziq-ovqat olganlar. Ular rasman erkin bo`lsalar-da, oilali 
bo`lib, qullarga yaqin qaram ahvolda bo`lganlar. 
Qadimgi Sharq mamlakatlarida sekin-asta uch qatlam: qullar va ularga yaqin 
qaram kishilar, mayda ishlab chiqaruvchilar va tarkibida yirik yer egalari, saroy 
amaldorlari, harbiy boshliqlar, urug` zodagonlarini birlashtirgan hukmron tabaqa 
shakllangan. Har bir ijtimoiy tabaqa yaxlit va bir xil bulmay, huquqiy ahvoli, 
turmush tarzi, boyligi miqdori bo`yicha bir-biridan farq qiladigan bir necha 
qatlamdan iborat bo`lgan. Qullar qatlami h`am ajnabiy qul, qarzi uchun qul qilingan, 
sotib olingan qullar, oilaning kichik a'zosidan qul qilinganlardan tashkil topgan. 
Mayda ishlab chiqaruvchilar erkin va qaram yer egalari, turli mulkiy darajadagi 
hunarmandlardan iborat edi.
Xufiya (yashirincha) qullikning eng qadimgi shakli 
patriarxal oila hali o`sha vaqtda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Patriarxal oilada ota 
yer mulkni egasi hisoblangan va oilaning barcha a'zolari bu xo`jayinga so`zsiz itoat 
qilishga majbur bo`lganlar.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin