xos falsafasi dastlabki ta’limotlar yozma manba — “Veda’’larda o‘z aksini topgan. “Veda”lar
eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo‘lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas
ilm va bashorat kitobidir. Hindular “Veda:’ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so‘zlar deb
biladi. “Veda”da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid
fikrlari aks etgan. “ Veda”lar bizgacha to‘rtta to‘plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular —
“Rigveda”, “Samaveda”, “Yajurveda”, “Adxarvaveda”dir. ^H ind falsafasi asoslari
“Upanishadalar” nomi bilan mashhur bo‘lgan manbalarda ham o‘z aksini topgan. “Upanishadalar”
sirli bilim degan ma’noni anglatib, “ Veda”larning falsafiy qismini tashkil etadi. “Upanishadalar”
yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo‘lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma’lum
mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy
qarashlar mahsulidir. “Upanishadalar”dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o‘rab turgan borlik,
uning hayotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining
mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari haqidadi£?Falsafiy muammolar
2
asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan. Qadimgi hind falsafiy maktablari ikki
guruhga bo‘linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta,
sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar.
Ushbu maktablarning tarafdorlari “ Veda”ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat
undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga
kiradi. Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun “ Veda”ning
muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, “Veda” haqiqiy
bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniyfalsafiy maktablar bo‘lishiga
qaramay, ular ham “Veda’!ning muqaddasligini tan olmagan. Sankxya qadimgi Hindistondagi
dualistik falsafiy maktab bo‘lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va ruh (purusha)
yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo‘nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng
mikdorda (proporsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat www.ziyouz.com
kutubxonasi orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular kuyidagilardir: moddiy
sabab, yaratuvchi sabab, aloqador bulmagan sabab. Bu falsafiy maktab haqida buyuk
bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy “Hindiston” asarida atroflicha fikr yuritgan.
Dostları ilə paylaş: